Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbek xalqining ulugʻ farzandi Alisher Navoiyning jahon xalqlari maʼnaviyati va madaniyati taraqqiyotiga qoʻshgan ulkan hissasini eʼtiborga olib va uning boy ilmiy-ijodiy merosini chuqur oʻrganish va asrab-avaylash hamda dunyo jamoatchiligi, mamlakatimiz aholisi, ayniqsa, yosh avlod orasida keng targʻib qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Maʼnaviyat va maʼrifat” respublika kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Navoiy viloyati hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining 2001-yilda ulugʻ shoir Alisher Navoiy tavalludining 560 yilligini keng nishonlash haqidagi taklifi qabul qilinsin.
Alisher Navoiy tavalludining 560 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi hamda tadbirlar rejasi
1 va 2- ilovalarga
* muvofiq tasdiqlansin.
Tashkiliy qoʻmita manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda yubiley tantanalariga tayyorgarlik koʻrish va uni joylarda oʻtkazish tadbirlarini ishlab chiqsin hamda amalga oshirishga kirishsin.
2. Navoiy viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Navoiy shahrida 2001-yil may oyida tantanali yubiley tadbirlarini hamda “Alisher Navoiyning ijodiy merosi va uning jahonshumul ahamiyati” mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya oʻtkazsin.
3. Navoiy viloyati hokimligi hamda viloyat ahli, korxona va tashkilotlari jamoalarining Navoiy shahri markazida dam olish bogʻi barpo etish va u yerda Alisher Navoiy haykalini oʻrnatish toʻgʻrisidagi tashabbusi qoʻllab-quvvatlansin.
4. “Oʻzbekkino” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida ilmiy-ommabop filmlar yaratsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga Alisher Navoiy tavalludining 560 yilligi munosabati bilan 2001-yilda 100 soʻm qiymatdagi esdalik tangalarni muomalaga chiqarish tavsiya etilsin.
6. “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligi, respublika va viloyatlar gazetalari muharriyatlari ommaviy axborot vositalarida Alisher Navoiy hayoti va ijodi, uning jahon madaniyati taraqqiyotida tutgan oʻrni va ahamiyatini keng yoritsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.