1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.01 Umumiy qoidalar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi;
3.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.06.00 Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish (shuningdek, 03.08.05.00ga qarang)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat;
3.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
UY-JOYLAR XUSUSIYLAShTIRILIShI MUNOSABATI BILAN AHOLINING KAM TAʼMINLANGAN TABAQALARINI IJTIMOIY HIMOYALAShGA OID QOʻShIMChA TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Bozor munosabatlariga oʻtish sharoitida uy-joylarni xususiylashtirish bilan bogʻliq aholining kam taʼminlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalashni taʼminlash maqsadida:
1. Fuqarolar yashab turgan (doimiy roʻyxatdan oʻtkazilgan) kvartiralar (xonalar) va alohida uylar ular qaysi idoraga qarashli ekanligidan qatʼi nazar ular:
— halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning oilalariga;
— baynalminal jangchi nogironlari boʻlgan oilalarga;
— I guruh koʻzi ojiz nogironlari boʻlgan oilalarga;
— 18 yoshgacha 7 va undan ortiq farzandlari boʻlgan koʻp bolali oilalarga;
— farzand qilib olingan va vasiylikka olingan ota-onasiz yetim bolalarga;
— uch va undan ortiq mehnatga yaroqsiz oila aʼzolari boʻlgan boquvchisini yoʻqotgan oilalarga;
— ishlamaydigan I va II guruh nogironlariga;
— 1930—1950-yillarda qatagʻon qilingan va hozirgi vaqtda oqlangan kishilari boʻlgan oilalarga;
— Chernobil halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan aʼzolari boʻlgan oilalarga bepul shaxsiy (hissador) mulk qilib berilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddat ichida ushbu Farmon roʻyobga chiqarilishini taʼminlovchi qaror qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 19-avgust,
PF-455-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 10-con, 411-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)