1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.01 Umumiy qoidalar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi;
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat;
3.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
UY-JOYLAR XUSUSIYLAShTIRILIShI MUNOSABATI BILAN AHOLINING KAM TA’MINLANGAN TABAQALARINI IJTIMOIY HIMOYALAShGA OID QO‘ShIMChA TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida uy-joylarni xususiylashtirish bilan bog‘liq aholining kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalashni ta’minlash maqsadida:
1. Fuqarolar yashab turgan (doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan) kvartiralar (xonalar) va alohida uylar ular qaysi idoraga qarashli ekanligidan qat’i nazar ular:
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
— halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oilalariga;
— baynalminal jangchi nogironlari bo‘lgan oilalarga;
— I guruh ko‘zi ojiz nogironlari bo‘lgan oilalarga;
— 18 yoshgacha 7 va undan ortiq farzandlari bo‘lgan ko‘p bolali oilalarga;
— farzand qilib olingan va vasiylikka olingan ota-onasiz yetim bolalarga;
— uch va undan ortiq mehnatga yaroqsiz oila a’zolari bo‘lgan boquvchisini yo‘qotgan oilalarga;
— ishlamaydigan I va II guruh nogironlariga;
— 1930—1950-yillarda qatag‘on qilingan va hozirgi vaqtda oqlangan kishilari bo‘lgan oilalarga;
— Chernobil halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan a’zolari bo‘lgan oilalarga bepul shaxsiy (hissador) mulk qilib berilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddat ichida ushbu Farmon ro‘yobga chiqarilishini ta’minlovchi qaror qabul qilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 19-avgust,
PF-455-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 10-con, 411-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)