1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.03 Gʻallachilik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.12.00 Agronomlik tadbirlari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2000-YILGI BOShOQLI DON EKINLARI HOSILINI YIGʻIShTIRIB OLIShNI UYuShQOQLIK BILAN OʻTKAZISh MASALALARI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Boshoqli don ekinlarini oʻz vaqtida va sifatli oʻrib-yigʻib olishni taʼminlash hamda davlat resurslariga don sotish yuzasidan kontraktatsiya shartnomalarini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari:
joriy yilning 20-mayigacha gʻalla oʻrish kombaynlarini tayyorlash va ularni tayyorgarlik chizigʻiga chiqarib qoʻyish, shuningdek don tozalash mashinalari va don tashish transport vositalarini tuzatish tugallanishini taʼminlasinlar, 25-maydan 1-iyungacha esa kombaynlar komissiyalar tomonidan dalolatnomalar boʻyicha qabul qilinishini tugallasinlar;
oʻrim-yigʻim ishlari davrida texnikaning uzluksiz ishlashi uchun ehtiyot qismlar va tuzatish materiallarining zarur zaxiralarini yaratsinlar;
xoʻjaliklar va mashina-traktor parklari ustaxonalari va texnika xizmati koʻrsatish punktlarining, koʻchma servis xizmati koʻrsatish hamda yonilgʻi-moylash materiallari quyish vositalarining bir maromda ishlashini tashkil etsinlar;
hosilni yigʻishtirib olishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha 1-ilovaga muvofiq kombaynlar, shu jumladan “Keys”, “Klaas” va “Nyu-Xolland” kombaynlari ishlashini taʼminlasinlar.
Don hosili oʻrim-yigʻimining tashkil etilishi hamda oʻz vaqtida va sifatli yigʻishtirib olinishi uchun masʼuliyat shaxsan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi rahbarlari zimmasiga yuklansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi, “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
kombaynchilar, transport vositalari haydovchilari, oʻrim-yigʻimda va don tashishda, texnikaga xizmat koʻrsatishda band boʻlgan boshqa xodimlar mehnatiga kombaynning ish unumiga, hosil oʻrim-yigʻimi sifatiga qarab haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirishga oid tavsiyalarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda bir hafta muddatda ishlab chiqsinlar va xoʻjaliklarga yetkazsinlar. Mehnatga mahsulot bilan haq toʻlash hisobiga don berishni faqat don qabul qilish korxonalariga don sotish boʻyicha shartnoma majburiyatlari bajarilgandan, urugʻlik fondi gʻamlangandan va mahsulot kirim qilingandan keyin amalga oshirsinlar;
hamma joyda kombaynlarning guruh boʻlib ishlashini tashkil etsinlar, guruhlarning har biriga texnika xizmati koʻrsatish va transport vositalarini, yonilgʻi quyish mashinalarini biriktirib qoʻysinlar. Gʻallaning pishishiga qarab guruhlarning harakatlanish yoʻnalishlarini ishlab chiqsinlar;
ozuqa yetishtirishni koʻpaytirish va sugʻoriladigan yerlardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida 2-ilovaga muvofiq maydonlarga takroriy ekinlar, sabzavot va kartoshka eksinlar.
3. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 18-apreldagi 201-F-son farmoyishiga muvofiq “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi va “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasining sanoat korxonalari sanoat korxonalari bilan “MTP” davlat-aksiyadorlik jamiyatlari oʻrtasida tegishli shartnomalar tuzish asosida, don hosilini yigʻishtirib olish davrida yirik gʻallachilik tumanlariga biriktirib qoʻyilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi xoʻjaliklarga ularning buyurtmanomalariga muvofiq donni tashishda foydalanish uchun yuk avtomobillarini 3-ilovaga muvofiq miqdorlarda yuborsinlar.
Zarurat boʻlganda don tashishga Mudofaa vazirligi hamda boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning avtomobil transporti tomonlarning kelishuviga asosan jalb qilinsin.
Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi 2000-yil hosili doni uchun hisob-kitob qilish boʻyicha transhlarni oʻtkazishda don tashish uchun avtotransport xizmatlariga va “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi mashinasozlik korxonalariga haq toʻlashni nazarda tutsin.
Donni don qabul qilish punktlariga yetkazib berish boʻyicha transport xarajatlari “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi avtokorxonalari, qishloq xoʻjaligi korxonalari va don mahsulotlari korxonalari oʻrtasida tuzilgan shartnomalarga muvofiq “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi tomonidan toʻlanishi belgilab qoʻyilsin.
5. “Oʻzdavdoninspeksiya” “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi va “Oʻzdavnazoraturugʻmarkaz” bilan birgalikda tayyorlanayotgan don va boshoqli don ekinlari urugʻligining sifati ustidan qatʼiy kundalik nazorat oʻrnatsin, belgilangan meʼyorlar va qoidalarning buzilishi hollariga qatʼiy barham bersin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda xoʻjaliklarning 2000-yilda oʻzlari yetishtirgan hosildan Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 17-avgustdagi 391-son va 1999-yil 26-oktabrdagi 478-son qarorlarida belgilangan hajmlarda urugʻlik gʻamlashini tashkil etsin.
Urugʻlik donni “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari boʻyicha don sotishning umumiy hajmlari hisobiga topshirish, shuningdek tovarbop dondan urugʻlik sifatida foydalanish qatʼiy taqiqlansin. Urugʻlik fondi yaratishning belgilangan tartibi buzilishiga yoʻl qoʻygan shaxslar respublika qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilsin.
7. Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi va Jamgʻarmaning moliya agentlari bilan birgalikda topshirilgan don uchun Topshirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun yakuniy hisob-kitob qilishda toʻlovlarni amalga oshirish tartibiga muvofiq Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan xoʻjaliklar bilan oʻz vaqtida hisob-kitob qilinishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi tomonidan ajratiladigan mablagʻlar hisobiga “Paxta-bank”, “Gʻalla-bank” va boshqa tijorat banklari orqali don oʻrim-yigʻimi mavsumi qatnashchilariga har 5 kunda haq toʻlash uchun xoʻjaliklar va mashina-traktor parklarining pul mablagʻlariga boʻlgan ehtiyojlarini toʻliq hajmda taʼminlash tavsiya etilsin.
9. “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi tomonidan urugʻchilik xoʻjaliklaridan navli urugʻlarni sifatiga muvofiq — super elita uchun tovarbop donga belgilangan narxdan 300 foizga, elita urugʻ uchun 200 foizga, birinchi reproduksiyali urugʻ uchun 150 foizga, ikkinchi va uchinchi reproduksiyali urugʻ uchun 100 foizga oshirilgan narxlar boʻyicha xarid qilish shartlari saqlab qolinsin va ular davlat resurslariga xarid qilinadigan donning umumiy hajmlariga kiritilmaydi.
10. Don tashiyotgan temir yoʻl va avtomobil transporti xizmatlari uchun oʻz vaqtida hisob-kitob qilinishini taʼminlash maqsadida 2000-yil don hosilini tashish davrida, istisno tariqasida, shu yilning 1-noyabrigacha “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi tizimi korxonalari uchun bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bogʻliq kechiktirib boʻlmaydigan ehtiyojlarga (transport xarajatlarini hisobga olgan holda) tushumdan 15 foizgacha miqdorda mablagʻ ajratish stavkasi belgilansin.
11. “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi boshoqli don ekinlari hosilini yigʻishtirishning butun davrida xoʻjaliklarga, mashina-traktor parklariga hamda hosilni oʻrish-yigʻishda va tashishda band boʻlgan boshqa tashkilotlarga yonilgʻi-moylash materiallarining belgilangan limitlar boʻyicha uzluksiz berilishini taʼminlasin. “Keys”, “Klass”, “Nyu-Xolland” kombaynlari va traktorlari uchun moy yetkazib berilishiga alohida eʼtibor berilsin.
12. “Oʻzagrokimyotaʼminot” birlashmasi elevator va omborxonalarni, shuningdek don mahsulotlarini zararlantirish uchun “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi buyurtmanomalariga muvofiq rumigantlarning oʻz vaqtida (2000-yil iyun oyida) keltirilishini taʼminlasin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari donning nobud boʻlishi va talon-toroj qilinishi hollarining oldini olish maqsadida donni oʻrib-yigʻib olish joylarida, xirmonlarda va don qabul qilish punktlarida kecha-kunduz ishlaydigan nazorat postlari tashkil etsinlar, yongʻindan saqlash boʻyicha zarur tadbirlarning bajarilishini taʼminlasinlar.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi don qabul qilish korxonalari darajasida xoʻjaliklar tomonidan don yetishtirish va sotish toʻgʻrisidagi statistika hisobotining toʻgʻriligini muntazam tekshirib borsin va aniqlangan notoʻgʻri maʼlumotlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasini xabardor qilsin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 19-may,
194-son
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 194-son qaroriga 1-ILOVA
2000-yilda boshoqli don ekinlari oʻrim-yigʻimida gʻalla kombaynlarining qatnashishi
Gʻalla kombaynlari, jami
Shu jumladan, “Keys”, “Klaas”, “Nyu-Xolland” kombaynlari
Ulardan mavsum boshlangungacha keladigani
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
150
150
viloyatlar:
Andijon
332
104
7
Buxoro
224
77
19
Jizzax
592
156
28
Qashqadaryo
1263
182
29
Navoiy
148
40
7
Namangan
448
73
10
Samarqand
809
133
22
Surxondaryo
463
119
23
Sirdaryo
359
124
10
Toshkent
472
135
25
Fargʻona
471
92
20
Xorazm
80
80
Jami
5811
1465
200
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 194-son qaroriga 2-ILOVA
2000-yilda boshoqli don ekinlari yigʻishtirib olingandan keyin sugʻoriladigan yerlarda takroriy qishloq xoʻjaligi ekinlari ekish maydonlari
(ming ga)
Hammasi
Ulardan:
makkajoʻxori
sabzavot
soya
kartoshka
don uchun
silos uchun
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
0,5
—
0,5
viloyatlar:
Andijon
21,7
2
15,1
3
1,5
0,1
Buxoro
13
2
8
3
—
Jizzax
7,5
1
3
3
0,5
Qashqadaryo
9,1
2
4
3
0,1
Navoiy
5,1
1
2
2
0,1
Namangan
22,4
2
15,1
4
1
0,3
Samarqand
15,3
2
10
3
0,3
Surxondaryo
16,1
2
10,1
4
Sirdaryo
9,1
1
5,1
3
Toshkent
26,6
2
15,2
8
1
0,4
Fargʻona
24,2
2
15,1
6
1
0,1
Xorazm
7
—
5,5
1,5
—
Jami
177,6
19
108,2
44
4,5
1,9
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 194-son qaroriga 3-ILOVA
2000-yilgi boshoqli don ekinlari hosilini tashish uchun jalb qilinadigan yuk avtomobillari, tirkamali transport traktorlari
Jami
Shu jumladan
Ulardan
avtomobillar
tirkamali traktorlar
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi xoʻjaliklari va korxonalari
“Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi
“Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat qoʻmitasi
boshqa tashki lotlar
avtomobillar
tirkamali traktorlar
avtomobillar
Avtomobillar
avtomobillar
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
799
245
554
245
554
viloyatlar:
Andijon
2234
1056
1178
606
1178
220
190
40
Buxoro
1414
1052
362
659
362
230
98
65
Jizzax
1820
984
836
468
836
425
29
62
Qashqadaryo
3340
1390
1950
950
1950
320
90
30
Navoiy
523
450
73
159
73
154
75
62
Namangan
2100
1180
920
680
920
100
200
200
Samarqand
3924
1548
2376
990
2376
280
109
169
Surxondaryo
4237
2300
1937
1974
1937
150
125
51
Sirdaryo
2037
1037
1000
450
1000
300
57
230
Toshkent
1844
821
1023
566
1023
150
90
15
Fargʻona
3736
1736
2000
1251
2000
250
135
100
Xorazm
2074
525
1549
525
1549
Jami
30082
14324
15758
9523
15758
2579
1198
1024
Izoh: avtomobil transportiga boʻlgan ehtiyoj viloyatlarning buyurtmanomalaridan kelib chiqqan holda belgilangan.