Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Qishloqqa yetkazib beriladigan “Keys Korporeyshn” kompaniyasi ishtirokidagi qoʻshma korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan paxta terish mashinalari va traktorlar uchun oʻz vaqtida hisob-kitob qilishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi korxonalarining 1999-yil 1-oktabrdagi holatiga koʻra budjetga — 1100 mln soʻm, Pensiya jamgʻarmasiga — 505 mln soʻm va Yoʻl jamgʻarmasiga — 75 mln soʻm miqdoridagi muddati oʻtkazib yuborilgan toʻlovlarining toʻlash muddati, boʻshab qolgan mablagʻlarni “OʻzKeysMash” qoʻshma korxonasidan “Keys-2022” paxta terish mashinalari sotib olishga yoʻnaltirgan holda, 2001-yil 1-oktabrgacha uzaytirilsin.
2. “Paxta-bank” “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi korxonalarining 1080 mln soʻm miqdoridagi debitorlik qarzi boʻyicha oʻz mablagʻlari hisobiga faktoring operatsiyalarini amalga oshirsin, mablagʻlarni “Keys-2022” paxta terish mashinalari uchun haq toʻlashga yoʻnaltirsin, keyinchalik “Paxta-bank”ka qarzlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi tomonidan, 2-kartoteka holatidan qatʼi nazar, paxta xomashyosi, don, sholi uchun avans va hisob-kitob qilishga transhlar boʻyicha yoʻnaltiriladigan mablagʻlar hisobidan toʻlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va “Paxta-bank”ning “Keys Korporeyshn” kompaniyasi bilan tuzilgan kontrakt boʻyicha 920 mln soʻm miqdoridagi 15 foizli avans toʻlovni toʻlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-avgustdagi 410-son
qaroriga muvofiq “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi korxonalariga ilgari berilgan kreditlarni toʻlash muddatini 2002-yilgacha uzaytirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi koʻrsatib oʻtilgan kredit boʻyicha “Paxta-bank”ka berilgan kafolatlarni belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirsin.
4. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi korxonalarining 1999-yil oktyabr—dekabrdagi budjetga toʻlovlari muddati, mablagʻlarni “Keys-2022” paxta terish mashinalari hamda “MX-135” va “SX-100” traktorlari uchun haq toʻlashga maqsadli yoʻnaltirgan holda, uzaytirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi 1999-yilning oktyabr — dekabri uchun hisoblangan soliqlar summasining teng ulushlarda 2000-yilning birinchi yarim yilligida undirilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va “Paxta-bank” “Kamminz” dvigatellari bilan jihozlangan texnikadan foydalanuvchilarning hisob-kitoblarini, koʻrsatib oʻtilgan dvigatellarga texnika xizmati koʻrsatish va ularni tuzatish uchun tushadigan mablagʻlarni “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasining maqsadli hisobvaraqlariga oʻtkazib, keyinchalik ulardan “Kamminz” firmasi bilan hisob-kitob qilishda foydalangan holda, amalga oshirishni taʼminlasinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari B.S. Hamidov va B.M. Olimjonov zimmasiga yuklansin.