|
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
|
| T/r |
Tadbirlar |
Bajarish muddatlari |
Bajarish uchun masʼul idoralar |
| 1. | Yaponiya Bosh vazirining Oʻzbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifini tashkil etish masalalarini ishlab chiqish | 2000-yil | Tashqi ishlar vazirligi (Komilov) |
| 2. | Yaponiyaning tashqi ishlar, moliya, tashqi savdo va sanoat, transport, fan, sport, taʼlim va madaniyat vazirlarining Oʻzbekistonga tashriflarini tashkil etish masalalarini ishlab chiqish | 2000-2001-yillar | Tashqi ishlar vazirligi (Komilov), Moliya vazirligi (Azimov), Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (Gʻaniyev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Gʻulomov) |
| 3. | Imzolangan Kommyunikega muvofiq Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi bilan muntazam siyosiy maslahatlashuvlar oʻtkazish | Muntazamlilik asosida | Tashqi ishlar vazirligi (Komilov) |
| 4. | Makroiqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va valyuta rejimini erkinlashtirish masalalari boʻyicha Yaponiya ekspertlari bilan hamkorlik qilish dasturini ishlab chiqish | 2000-yil | Moliya vazirligi (Azimov), Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi (Gʻofurov), Markaziy bank (Mullajonov) |
| 5. | Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish uchun imtiyozli iyena kreditlarini jalb etish va ulardan foydalanish boʻyicha hamkorlikning oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli dasturlarini birgalikda ishlab chiqish boʻyicha takliflar tayyorlash | 2000-yil | Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi (Gʻofurov), Moliya vazirligi (Azimov), Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (Gʻaniyev) |
| 6. | Yaponiya Moliya vazirligi ekspertlarini jalb qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimini institutsional rivojlantirish masalalari boʻyicha hamkorlik dasturini ishlab chiqish | 2000-yil | Moliya vazirligi (Azimov) |
| 7. | Ikkala mamlakat oʻrtasidagi moliyaviy va texnikaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari boʻyicha Yaponiyaning tegishli vazirliklari va idoralari bilan idoralararo maslahatlashuvlar oʻtkazish amaliyotini davom ettirish | Muntazamlilik asosida | Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (Gʻaniyev) |
| 8. | Sanoat siyosatini oʻtkazish, eksportga koʻmaklashish, kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek mazkur tarmoqlarda Yaponiya tomoni grantlari hisobiga kadrlar tayyorlashga texnikaviy yordam koʻrsatish dasturi borasida Yaponiya Tashqi savdo va sanoat vazirligi bilan erishilgan ahdlashuvlarni amalga oshirish | 2000-yil | Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (Gʻaniyev) |
| 9. | Yaponiya tomoni bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi doirasida kollejlar va litseylarni texnikaviy jihozlash boʻyicha zarur tadqiqot ishlari bajarilishini hamda uzoq muddatli imtiyozli iyena kreditini jalb qilish tartibotlari tugallanishini taʼminlash | 2000-yilning birinchi yarim yilligi | Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (Gʻaniyev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Gʻulomov), Moliya vazirligi (Azimov), “Oʻzmilliybank” (Mirxoʻjayev) |
| 10. | 2020-yilgacha taʼlim va sogʻliqni saqlash tizimlarini rivojlantirish va Yaponiyada Oʻzbekiston mutaxassislarini tayyorlashning bosh rejalarini ishlab chiqish boʻyicha texnikaviy yordam koʻrsatish doirasida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan hamkorlikni rivojlantirish | 2000-2001-yillar | Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (Gʻaniyev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Gʻulomov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Nazirov) |
| 11. | Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) orqali Yaponiya xalqaro hamkorlik banki tomonidan beriladigan uzoq muddatli iyena bilan moliyaviy taʼminlagan holda loyihalarni texnik-iqtisodiy asoslashlarni ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish uchun Yaponiya ekspertlarini doimiy jalb etish | 2000-yilning birinchi yarim yilligi | Moliya vazirligi (Azimov), Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (Gʻaniyev) |
| 12. | Tashqi ishlar vazirligi huzurida Yaponiya tashqi savdo tashkiloti (JETRO) vakolatxonasini ochish va akkreditatsiya qilish | 2000-yil | Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (Gʻaniyev), Tashqi ishlar vazirligi (Komilov) |
| 13. | Yaponiyada Oʻzbekiston Respublikasi savdo-sanoat koʻrgazmasi tashkil etilishi va oʻtkazilishini taʼminlash | 2000-yil dekabr | Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (Gʻaniyev), Tashqi ishlar vazirligi (Komilov) |
| 14. | Taʼlim sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi shartnoma loyihasini tayyorlash va Yaponiya tomoniga taqdim etish | 2000-yil | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Gʻulomov), Tashqi ishlar vazirligi (Komilov) |
| 15. | Yaponiya Hukumati grantlari hisobiga Yaponiya universitetlarida respublikaning 20 vakilini oʻqitish, shu jumladan tadqiqotchilarni tanlash va Yaponiyaga yuborish loyihasini amalga oshirish boʻyicha Yaponiya tomoni bilan birgalikda zarur tartibotlarni amalga oshirish | 2000-yil | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Gʻulomov), Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (Gʻaniyev), “Umid” jamgʻarmasi (Azimov) |
| 16. | Yaponiyaning yetakchi oliy oʻquv yurtlari va kollejlari bilan toʻgʻridan toʻgʻri hamkorlikni faollashtirish | Doimiy ravishda | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Gʻulomov) |
| 17. | 2000-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi bilan Yaponiya oʻrtasida muntazam havo yoʻlini ochish yuzasidan Ya�oniya tomoni bilan amaliy muzokaralar olib borish | 2000-yil | “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi (Roʻzmetov) |