1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.23.00.00 Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat gerbi. Davlat madhiyasi. Davlat bayrogʻi. Davlat tili. Poytaxt. Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
BUYuK MUSAVVIR KAMOLIDDIN BEHZOD TAVALLUDINING 545 YILLIGINI NIShONLASh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Turkiston miniatyura maktabining asoschisi, buyuk musavvir Kamoliddin Behzod betakror ijodiy merosini xalqimizga toʻla yetkazish, yosh avlodni xalqimiz madaniyati tarixi bilan gʻururlanish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga zarur shart-sharoit yaratish hamda buyuk musavvir tavalludining 545 yilligini keng nishonlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat ishlari vazirligi, respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi va ijodiy ziyolilarning 2000-yilda buyuk musavvir Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligini keng nishonlash hamda Toshkent shahrida Kamoliddin Behzod nomida Memorial bogʻ barpo etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
2. Kamoliddin Behzod Memorial bogʻi Toshkent shahri, Sharof Rashidov koʻchasi, 40-binoga tutash xiyobonda barpo etilsin.
3. Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika tashkiliy qoʻmitasining tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Tashkiliy qoʻmita bir oy muddatda yubileyga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tadbirlarini ishlab chiqib tasdiqlasin va uning ijrosini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Kamoliddin Behzod Memorial bogʻini barpo etish uchun loyihalashtirish va qurilish boʻyicha buyurtmachi etib tayinlansin.
Loyihalovchi va bosh pudratchi tanlov (tender) asosida tanlab olinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi Kamoliddin Behzod Memorial bogʻini barpo etishni 1999-2000-yillar investitsiya davlat dasturiga kiritsinlar hamda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasiga 1998-yilda tanlov va loyihalashtirish ishlari uchun markazlashtirilgan mablagʻ ajratsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Kamoliddin Behzod va uning izdoshlari ijodini oʻrganish, meroslariga oid ashyolarni toʻplash maqsadida chet ellarga boruvchi ilmiy ekspeditsiyalarni tashkil etishga amaliy yordam koʻrsatsin.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Kamoliddin Behzod yubileyini keng nishonlash yuzasidan tadbirlar ishlab chiqib, amalga oshirsinlar.
7. Ommaviy axborot vositalariga Kamoliddnn Behzod yubileyiga tayyorgarlik koʻrish ishlarining borishini keng yoritish tavsiya etilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 23-dekabr,
559-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 23-dekabrdagi 559-son qaroriga ILOVA
Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika tashkiliy qoʻmitasining
TARKIBI
Joʻrabekov I.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisi
Azizxoʻjayev A.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari
Rahmatov Oʻ.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv asosida)
Qoʻziyev T.
—
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining raisi, tashkiliy qoʻmitaning masʼul kotibi
Abdullayev Sh.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari
Aminov N.
—
Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazining rahbari
Ashrafiy F.
—
Oʻzbekiston meʼmorlari uyushmasining raisi
Baratov F.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirining oʻrinbosari
Joʻrayev X.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri
Joʻrayev T.
—
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining prezidenti
Zokirov T.
—
“Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasi raisi
Komilov A.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri
Koʻchimov A.
�
Oʻzteleradiokompaniya raisi
Rasulov M.
—
Toshkent shahar Bosh meʼmori
Salimov O.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri
Toʻlaganov K.
—
Toshkent shahar hokimi
Toʻxtaboyev X.
—
“Oltin meros” jamgʻarmasining raisi
Mirmahmudov Sh.
—
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi
Shogʻulomov R.
—
Oʻzbekiston Respublikasi davlat matbuot qoʻmitasi raisi