toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.09.2021
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI “OʻZARXIV” AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
buyrugʻi
VAZIRLIK, DAVLAT QOʻMITASI, IDORA, YuRIDIK ShAXSLAR BIRLAShMASINING DOIMIY HARAKATDAGI MARKAZIY EKSPERT KOMISSIYASI (MEK) TOʻGʻRISIDAGI NAMUNAVIY NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 2-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 898-2]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi direktorining 2021-yil 6-sentabrdagi 317-sonli “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, yuridik shaxslar birlashmalarining doimiy harakatdagi Markaziy ekspert komissiya (MEK)si toʻgʻrisida namunaviy nizom, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 898-3, 11.09.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 24-25-son, 192-modda) muvofiq buyuraman:
1. Vazirlik, davlat qoʻmitasi, idora, yuridik shaxslar birlashmasining doimiy harakatdagi Markaziy ekspert komissiyasi (MEK) toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga (roʻyxat raqami 898, 2000-yil 21-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi 2000-y., 4-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Bosh direktor A. ABDULLAYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 16-iyul,
44-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 31-son, 265-modda)