Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Mustaqillik” pul-buyum lotereyasi boʻyicha yutuqqa chiqadigan tovarlar assortimentini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “1995-yilda “Mustaqillik” pul-buyum lotereyasini chiqarish toʻgʻrisida” 1995-yil 14-apreldagi 133-son
qaroriga quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
qarorning
3-bandida “naqd pulga” soʻzlaridan soʻng “yoki hisob-kitob cheklariga” soʻzlari qoʻshilsin;
1-ilova 5-bandining
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Lotereyaning 40 razryadi boʻyicha tirajda umumiy miqdori 187500000 (bir yuz sakson yetti million besh yuz ming) soʻmlik 2972000 (ikki million toʻqqiz yuz yetmish ikki ming) yutuq, shu jumladan, 158869200 (bir yuz ellik sakkiz million sakkiz yuz oltmish toʻqqiz ming ikki yuz) soʻmlik 108920 (bir yuz sakkiz ming toʻqqiz yuz yigirma) buyum yutuqlari va 28630800 (yigirma sakkiz million olti yuz oʻttiz ming sakkiz yuz) soʻmlik 2863080 (ikki million sakkiz yuz oltmish uch ming sakson) pul yutuqlari oʻynaladi”;
3-ilova
* yangi tahrirda bayon qilinsin (ilova qilinadi);
“Mustaqillik” pul-buyum lotereyasini oʻtkazish shartlari va tartibiga ilova
* yangi tahrirda bayon qilinsin (ilova qilinadi).
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari B.S. Hamidov va M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.