Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi taqdim etgan:
“Oʻzbekiston Respublikasi davlat muzeylarida saqlanayotgan, koʻrgazma uchun chet ellarga olib chiqilmaydigan noyob osori-atiqalar roʻyxati” 3-ilovaga
* muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi bir oy muddatda Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Fanlar akademiyasi, Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishgan xolda ushbu qarordan kelib chiquvchi ichki yoʻriqnomalar va qoʻllanmalarni tayyorlasin va tasdiqlasin.
3. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1983-yil 8-apreldagi 199-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.