TOShKENT ShAHRIDA XALQARO ISLOM TADQIQOT MARKAZINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Islom taʼlimoti va falsafasini keng oʻrganish, oʻzbek xalqining diniy, tarixiy va madaniy merosini chuqur ilmiy tadqiq etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Movarounnahr musulmonlar idorasining Toshkent shahrida Xalqaro islom tadqiqot markazini tashkil etish va uning maqomini Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalariga tenglashtirish haqidagi taklifi qabul qilinsin. Markazning Nizomi 1-ilovaga, tuzilmasi 2-ilovaga hamda Markaz xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari va tarif koeffitsiyentlari, xodimlarning soni va ularga toʻlanadigan mablagʻ hisob-kitobi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 6-maydagi 224-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
3. “Toshshaharyoʻlovchitrans” uyushmasi ajratilgan limitga muvofiq markazga avtotransport xizmati koʻrsatsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi 1996-yildan boshlab Xalqaro islom tadqiqot markazining ilmiy izlanishlar mavzularini tanlov orqali mablagʻ bilan taʼminlanuvchi ishlar roʻyxatiga kiritsin.
5. Aloqa vazirligi belgilangan tartibda Xalqaro islom tadqiqot markaziga zarur miqdorda shahar telefonlari, shu jumladan, hukumat ATSdan telefon va boshqa aloqa vositalari oʻrnatib bersin.
6. Toshkent shahar hokimligi (K. Toʻlaganov):
Xalqaro islom tadqiqot markazi binolarini qurish uchun bir oy muddatda zarur yer maydoni ajratsin.
7. Xalqaro islom tadqiqot markazi uning yangi binolari majmui ishga tushgunga qadar Movarounnahr musulmonlari idorasiga qarashli Zarqaynar koʻchasining 18-berk koʻchasidagi 47-uyga joylashtirilishi;
Movarounnahr musulmonlari idorasining Xalqaro islom tadqiqot markazi binolari loyihalarini tayyorlashga va ularni qurishga sarflanadigan barcha xarajatlarni oʻz zimmasiga olishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S. Saidqosimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 19-may,
175-son
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 19-maydagi 175-son qaroriga 1-ILOVA
Toshkent Xalqaro islom tadqiqot markazining
NIZOMI
I. Umumiy qoidalar
1.1. Toshkent Xalqaro islom tadqiqot Markazi (bundan keyin matnda “Markaz” deb ataladi) Movarounnahr musulmonlari idorasining taklifiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Toshkent shahrida Xalqaro islom tadqiqot Markazini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori asosida tashkil etilgan, oʻz-oʻzini boshqaradigan mustaqil tashkilot boʻlib, oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va amaldagi boshqa qonunlari, hukumat qarorlari hamda ushbu Nizom asosida olib boradi.
1.2. Markaz Movarounnahr musulmonlari idorasi huzurida islom dini va madaniyatini, Vatanimiz tarixi va milliy merosini, qadimiy anʼanalarini har tomonlama oʻrganish, ularga oid mavjud manbalarni ilmiy talablar asosida tadqiq va nashr qilish maqsadini koʻzlab ish tutadi.
Markaz Oʻzbekiston Respublikasida islom tarixi va islomshunoslik boʻyicha olib borilayotgan tadqiqotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari qoʻmitasi bilan hamkorlikda muvofiqlashtiradi va zarur ilmiy-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqadi.
1.3. Markazning asosiy vazifalari:
islom tarixi va madaniyati boʻyicha konseptual tadqiqotlar yaratish va ularni chop etish;
mamlakatimizda mavjud boʻlgan boy diniy, milliy va maʼnaviy merosni oʻrganish, diyorimizdan yetishib chiqqan allomalarning asarlarini tadqiq etish, ilmiy-tanqidiy matnlarni tayyorlash va nashr etish;
Qurʼon va hadislarning oʻzbek tilidagi akademik tarjimalarini tayyorlash, ularga tegishli sharhlarni nashr etish;
mamlakat axborot organlariga amalga oshirayotgan ilmiy izlanishlari haqida maʼlumot va axborotlar berib turish;
xalqaro musulmon tashkilotlari bilan aloqa bogʻlash, mahalliy va xalqaro ilmiy anjumanlar tashkil qilish;
oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tekshirish institutlari bilan hamkorlikda islomiy ilmlar boʻyicha qoʻllanmalar tayyorlash;
boshqa joylarda yozilgan shunday ishlarni ilmiy ekspertizadan oʻtkazish va ulardan foydalanish yuzasidan xulosalar tayyorlashdan iboratdir.
1.4. Markaz yuridik shaxs maqomiga, mustaqil balansga, dumaloq shakldagi muhrga, shtampga, hisob raqamlari, oʻzbek, ingliz va arab tillarida nomi koʻrsatilgan rasmiy ish qogʻozlariga ega boʻladi.
II. Markazning boshqaruv asoslari va tizimi
2.1. Markazni boshqarish Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Movarounnahr musulmonlari idorasi tomonidan tasdiqlangan direktor va uning oʻrinbosarlari zimmasiga tushadi.
Direktor oʻz vakolatlari doirasida Markazning barcha xodimlari uchun bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi, amaldagi qonunlarga muvofiq xodimlarni ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi.
2.2. Markazda boʻlimlar, shuʼbalar, laboratoriyalar, kutubxona va boshqa ilmiy tadqiqotlar uchun kerakli ish joylari tashkil etiladi.
2.3. Markazda asosiy faoliyat bilan bogʻliq masalalarni hal qilish uchun Movarounnahr musulmonlari idorasi tasdiqlagan Markaz direktori rahbarligida ilmiy hayʼat tuziladi. Ilmiy hayʼat tarkibi, vakolatlari va ish jarayoni respublika ilmiy-tadqiqot institutlari uchun qabul qilingan tartib asosida tuziladi va amalga oshiriladi.
III. Markazning ilmiy va boshqa xodimlari
3.1. Markazga islom dini asoslari va taʼlimotini yaxshi bilgan, yuqori saviyadagi diniy va zamonaviy bilimlarga ega boʻlgan mutaxassislar, iqtidorli ilmiy kadrlar jalb etiladi. Barcha vazifalar Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga koʻra mehnat shartnomasi asosida taqsimlanadi.
3.2. Markaz ilmiy xodimlari ilmiy hayʼat aʼzoligiga saylash va saylanish, Markaz faoliyatiga taalluqli muhim masalalarning muhokamasida qatnashish, Markaz tasarrufidagi xonalar va texnik vositalardan foydalanish huquqiga egadirlar.
3.3. Markaz ilmiy xodimlari ichki tartib-intizomning saqlanishi, tadqiqotlarning yuqori saviyada bajarilishi va oʻz malakalarini muntazam ravishda oshirib borish uchun masʼuldirlar.
3.4. Markazda turli siyosiy partiyalar, ijtimoiy-siyosiy va diniy harakatlar faoliyatiga yoʻl qoʻyilmaydi.
3.5. Markaz xodimlarining huquq va majburiyatlari amaldagi qonunchilik, ichki tartib-qoidalar va rahbariyatning koʻrsatmalari bilan belgilanadi.
IV. Markazning moliyaviy mablagʻlari
4.1. Markazning moliya-xoʻjalik faoliyati:
Movarounnahr musulmonlari idorasidan ajratiladigan mablagʻlar;
budjetdan ajratiladigan mablagʻlar;
turli tashkilot va fuqarolarning, shu jumladan, chet ellik fuqarolar va tashkilotlarning xayr-ehsonlari asosida shakllantiriladi.
4.2. Markaz turli davlat va jamoat tashkilotlari, tijorat tizimlari va korxonalar, shu jumladan, chet el firmalari bilan oʻz faoliyati doirasida shartnomalar tuzishi mumkin.
4.3. Markaz pul mablagʻlarini saqlash, turli shakldagi hisob-kitob, kredit, kassa muomalalarini olib borish uchun bank va boshqa kredit muassasalarida soʻm va valyuta hisoblarini oladi.
4.4. Markazning ilmiy va boshqa xodimlariga yagona tarif setkasiga muvofiq budjet hisobidan haq toʻlanadi. Markaz oʻz imkoniyatlari doirasida mustaqil ravishda turli ragʻbatlantirish shakllaridan foydalanishi mumkin.
Har yil yakunida Oʻzbekiston Moliya vazirligi va Movarounnahr musulmonlari idorasiga moliyaviy hisobot berib boradi.
V. Markazning xalqaro faoliyati
5.1. Markaz ilmiy xodimlarning malakasini oshirish, chet ellarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, oʻzaro tajriba almashish hamda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish maqsadida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish huquqiga egadir.
5.2. Markaz ilmiy xodimlarining xorijga ilmiy-xizmat safariga borishi va shuningdek, xorijdan Markazga mutaxassislar jalb qilish davlatlararo tuzilgan shartnomalar, respublika ijro etuvchi organlarining xorijiy davlatlar idoralari bilan bitimlari va Markazning chet ellik fuqarolar va idoralar bilan tuzilgan shartnomalari Respublika Vazirlar Mahkamasining tegishli boʻlimi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
VI. Markazning tugatilishi
Markaz va uning boʻlimlarini tugatish yoki qayta tashkil etish Movarounnahr musulmonlari idorasi tavsiyasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 19-maydagi 175-son qaroriga 2-ILOVA
Xalqaro islom tadqiqot markazining tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 19-maydagi 175-son qaroriga 3-ILOVA
Toshkent Xalqaro islom tadqiqot markazi xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari va tarif koeffitsiyentlari
T/r
Lavozimlar
Mehnatga haq toʻlash razryadlari
Tarif koeffitsiyentlari
1.
Direktor: professor yoki fan doktori dotsent yoki fan nomzodi
21
3,73
20
3,51
ilmiy darajasi yoki unvoni boʻlmasa
18
3,13
2.
Ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosar: professor yoki fan doktori dotsent yoki fan nomzodi
19
3,31
18
3,13
ilmiy darajasi yoki unvoni boʻlmasa
17
2,96
3.
Umumiy ishlar boʻyicha oʻrinbosar
16
2,80
4.
Ilmiy-tadqiqot boʻlimi mudirlari, ilmiy kotib
17
2,96
5.
Bosh buxgalter, bosh muhandis
14-17
2,54-2,96
6.
Kadrlar va xoʻjalik boʻlimi mudirlari, bosh ilmiy xodimlar
14-16
2,54-2,80
7.
Kabinet va laboratoriya mudirlari, yetakchi ilmiy-xodimlar
14-15
2,54-2,66
8.
Referent-tarjimon, yuriskonsult, katta ilmiy xodimlar