toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.03.2025
O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining
buyrug‘i
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQARO AVIATSIYASI GUVOHNOMALARINI BERISH VA AVIATSIYA XODIMLARINING TURLARI” O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AVIATSIYA QOIDALARIGA (O‘R AQ-61) O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 26-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1349-5]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2025-yil 7-yanvardagi 1-N-sonli ““Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” O‘zbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalarini (O‘ZR AQ-61) tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3609, 24.02.2025-y.) asosan 2025-yil 25-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni IKAO standartlar va tavsiyalarini inobatga olgan holda takomillashtirish maqsadida buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2004-yil 26-martdagi 49-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi guvohnomalarini berish va aviatsiya xodimlarining turlari” O‘zbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga (O‘R AQ-61) (ro‘yxat raqami 1349, 2004-yil 7-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 18-son, 212-modda) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Boshliq T. O‘LJAYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 24-iyun,
69-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 30-son, 254-modda)