Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Xalq xoʻjaligini gidrometeorologik taʼminlashni yaxshilash, gidrometeorologiya xizmatining ilmiy-texnika bazasini mustahkamlash, tabiat hodisalari tufayli kelib chiqqan favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha oʻz vaqtida chora-tadbirlar koʻrish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Boshgidromet” boshqarmasi:
Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha agrometeorologik postlarni oqilona joylashtirish, ularni priborlar va asbob-uskunalar bilan jihozlash, ular ishiga uslubiy rahbarlik qilishni taʼminlash, texnik xodimlarni oʻrgatish ishlarini amalga oshirsin;
Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda tezkor gidrometeorologik axborotning birlashgan tizimini yaratish haqidagi taklifni ishlab chiqsin va 1995-yil 1-iyulgacha Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
“Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi hamda Fan va texnika davlat qoʻmitasi bilan birgalikda gidrometeorologik kuzatishlarni amalga oshirish uchun zamonaviy priborlar va asbob-uskunalar yaratish va ularni respublikada ishlab chiqarish dasturi loyihasini tayyorlasin hamda 1995-yil 1-avgustgacha Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
“Boshgidromet” boshqarmasiga 1995-yilda
1 va
2-ilovalarga muvofiq priborlar va asbob-uskunalar xarid qilish maqsadida Oʻzbekiston respublika valyuta birjasi orqali sotib olinadigan 844 mln Rossiya rubli va 108 ming AQSh dollarini soʻm bilan qoplash uchun respublika budjetidan mablagʻ ajratsin;
har yili respublika budjetida “Boshgidromet” boshqarmasi tomonidan taqdim etiladigan hisob-kitoblarni hisobga olgan holda koʻrsatib oʻtilgan maqsadlarga mablagʻlarni nazarda tutsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi:
“Boshgidromet” boshqarmasini uning buyurtmanomalari boʻyicha gidrometeorologik jarayonlarga faol taʼsir koʻrsatish uchun zarur boʻlgan moddalar bilan taʼminlasin;
“Boshgidromet” boshqarmasi bilan birgalikda bu moddalarni transportda tashish, saqlash va ulardan foydalanish tartibini ishlab chiqsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining dehqonchilik sanoati majmui boʻlimiga yuklansin.