toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.01.2019
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
buyrugʻi
NOTARIUSLAR TOMONIDAN NOTARIAL HARAKATLARNI AMALGA OShIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 19-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2090-2]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-sonli “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3113, 04.01.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 12-iyuldagi 145-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori va 2003-yil 27-avgustdagi 370-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 15-16-son, 138-modda) muvofiq buyuraman:
1. Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 2090, 2010-yil 30-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 13-son, 99-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) va Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiritilsin.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Vazir R. MUHITDINOV
Toshkent sh.,
2010-yil 19-iyul,
148-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 19-iyuldagi 148-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 58-banddagi “Toshkent shahar hududida”, “Toshkent shahar hokimiyati” va “Toshkent shahrida” degan soʻzlar tegishlicha “Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida”, “Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari” va “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 80-bandning oʻn uchinchi xatboshisidagi “Toshkent shahar hududida”, “Toshkent shahar hokimiyati” va “Toshkent shahrida” degan soʻzlar tegishlicha “Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida”, “Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari” va “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 86 va 92-bandlardagi “Toshkent shahar” degan soʻzlar “Toshkent shahri va Toshkent viloyati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 245-modda)