1995 YILDA “MUSTAQILLIK” PUL-BUYuM LOTEREYaSINI ChIQARISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 4 yilligini nishonlash va respublika aholisining ishlatilmayotgan naqd pul mablagʻlarini jalb etish yoʻli bilan milliy valyutani mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Moliya vazirligi, Markaziy bank, “Oʻzjamgʻarmabank”, Aloqa vazirligi, “Oʻzbeksavdo” uyushmasi va Oʻzbekbirlashuvning 250 mln soʻmlik miqdorda “Mustaqillik” pul-buyum lotereyasini chiqarish va oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Lotereya boʻyicha yutuqlar summasi 187,5 mln soʻmni yoki chiqarilgan lotereya umumiy summasining 75 foizini tashkil qiladi.
2. “Mustaqillik” pul-buyum lotereyasini oʻtkazish shartlari va tartibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, lotereya biletlarini sotish “Oʻzjamgʻarmabank”, Aloqa vazirligi, “Oʻzbeksavdo”, Oʻzbekbirlashuv, “Oʻztayyorlovsavdo” uyushmasi muassasalarida hamda ushbu maqsadlar uchun shartnoma asosida jalb etilgan shaxslar orqali, qatʼiy ixtiyoriylik asosida, naqd pulga amalga oshiriladi.
(3-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 3-avgustdagi 310-sonli qarori tahririda)
“Mustaqillik” pul-buyum lotereyasi respublika hududida 2-ilovaga muvofiq taqsimlansin.
4. Vakillar etib quyidagilar belgilansin:
lotereya biletlarini qabul qilib olish, saqlash va yutuqlarni toʻlash boʻyicha — “Oʻzjamgʻarmabank” muassasalari;
lotereya biletlarini “Oʻzjamgʻarmabank” muassasalariga hamda biletlarni tarqatuvchi tashkilotlarga yetkazib berish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va “Oʻzjamgʻarmabank”;
yutuqqa chiqqan tovarlarni yetkazib berish boʻyicha — Oʻzbekbirlashuv.
5. Belgilab qoʻyilsinki, yutuqlarni berish va joʻnatish Oʻzbekbirlashuvning ulgurji bazalari tomonidan amalga oshirilsin.
6. Davlat konsernlari, uyushmalar, korxonalar, tashkilotlar va boshqa tovar ishlab chiqaruvchilar zarur tovarlarni Oʻzbekbirlashuvning ulgurji bazalariga 3-ilovaga muvofiq narxlarda, miqdorlarda va assortimentda oʻz vaqtida sotishni taʼminlasinlar.
7. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi va “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi yutuqqa chiqqan tovarlarni tashish uchun Oʻzbekbirlashuvning ulgurji bazalari buyurtmalariga koʻra zarur miqdorda transport vositalari ajratishni taʼminlasinlar.
8. Buyum yutuqlarining qiymati 1995-yil 1-apreldagi ulgurji-berish narxlari boʻyicha belgilanadi. Tovarlarni sotib olish vaqtida narxlar oʻzgargan hollarda narxlardagi farq lotereya biletlarini sotishdan tushgan mablagʻlar hisobiga qoplanadi.
9. “Oʻzjamgʻarmabank” Oʻzbekbirlashuvning yutuqqa chiqqan tovarlarni yetkazib berishga oid xarajatlarni Oʻzbekbirlashuvning hisob-kitoblari boʻyicha avans tariqasida toʻlasin. Oʻzbekbirlashuv yutuqqa chiqqan tovarlarni berish muddati tugaganidan soʻng haqiqiy qilingan sarf-xarajatlar toʻgʻrisidagi hujjatlarni taqdim etib “Oʻzjamgʻarmabank” bilan oʻzaro hisob-kitob qiladi.
10. Markaziy bank bir oy muddatda lotereya biletlarini tayyorlashni va yetkazib berishni taʼminlasin.
11. “Oʻzjamgʻarmabank”, “Oʻzbeksavdo”, Oʻzbekbirlashuv, Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi, “Oʻztayyorlovsavdo”, “Oʻzdavteleradio” kompaniyasi, Davlat matbuot qoʻmitasi, OʻzA, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
aholi oʻrtasida lotereya biletlarini sotish yuzasidan keng reklama ishlarini tashkil etsinlar;
lotereya biletlarini sotishning borishi, biletlarni sotishdan tushgan pullarning oʻz vaqtida topshirilishi va yutuqlarning berilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsinlar.
12. Belgilab qoʻyilsinki:
lotereya biletlarini sotishga jalb qilingan shaxslarga sotilgan biletlar summasining ikki foizi miqdorida haq toʻlanadi;
lotereya chiqarishdan olingan mablagʻlar (lotereyani oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlarni chegirgan holda) quyidagicha taqsimlanadi:
20 foizi — respublika budjeti daromadiga;
20 foizi — “Oʻzjamgʻarmabank” hisob-kitob schyotiga;
20 foizi — Oʻzbekbirlashuv hisob-kitob schyotiga;
15 foizi — “Oʻzbeksavdo” hisob-kitob schyotiga;
10 foizi — Markaziy bank hisob-kitob schyotiga;
10 foizi — Aloqa vazirligi hisob-kitob schyotiga;
5 foizi — tegishli hududda sotilgan lotereya biletlari ulushidan kelib chiqqan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining hisob-kitob schyotiga.
13. Lotereya biletlarini sotishdan tushgan mablagʻlar “Oʻzjamgʻarmabank”ning maxsus schyotida toʻplanadi. Lotereya boʻyicha yutuqlarni toʻlash, shuningdek lotereyani chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlar ushbu schyotdan amalga oshiriladi.
14. Moliya vazirligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda 1995-yilning 15-avgustigacha Vazirlar Mahkamasiga “Mustaqillik” lotereyasining yutuqlar tirajini oʻtkazuvchi komissiya tarkibi toʻgʻrisida taklif kiritsin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari B.S. Hamidov va M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1995-yil 14-aprel,
133-son
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 14-apreldagi 133-son qaroriga 1-ILOVA
“Mustaqillik” pul-buyum lotereyasini oʻtkazish shartlari va tartibi
1. “Mustaqillik” pul-buyum lotereyasi (keyingi oʻrinlarda lotereya deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 4 yilligini nishonlash va respublika aholisining ishlatilmayotgan naqd pul mablagʻlarini jalb etish yoʻli bilan milliy valyutani mustahkamlash maqsadida chiqariladi.
2. Moliya vazirligi, Markaziy bank, “Oʻzjamgʻarmabank”, Aloqa vazirligi, “Oʻzbeksavdo” va Oʻzbekbirlashuv lotereyaning taʼsischilari hisoblanadilar.
3. Lotereya 250 000 000 (ikki yuz ellik million) soʻmlik miqdorda chiqariladi. Mana shu miqdordagi summaga nominal qiymati 10 soʻm boʻlgan 25 000 000 (yigirma besh million) dona lotereya bileti chiqariladi.
Lotereya biletlari har biri 6 250 000 (olti million ikki yuz ellik ming) soʻmlik boʻlgan 40 ta alohida razryadlarga boʻlinadi.
Lotereyaning har bir razryadi 000001 dan 006250 gacha tartib raqamiga ega boʻlgan 6250 seriyadan iborat boʻladi.
Har bir seriya 001 dan 100 gacha tartib raqamiga ega boʻlgan 100 biletdan iborat boʻladi.
4. Lotereyaning yutuqlar tiraji 1995-yilning 29-30-avgustidan Toshkent shahrida oʻtkaziladi.
5. Lotereyaning yutuqlar miqdori 187 500 000 (bir yuz sakson yetti million besh yuz ming) soʻmni yoki lotereyani chiqarish umumiy summasining 75 foizini tashkil etadi.
Lotereyaning 40 razryadi boʻyicha tirajda umumiy miqdori 187500000 (bir yuz sakson yetti million besh yuz ming) soʻmlik 2972000 (ikki million toʻqqiz yuz yetmish ikki ming) yutuq, shu jumladan, 158869200 (bir yuz ellik sakkiz million sakkiz yuz oltmish toʻqqiz ming ikki yuz) soʻmlik 108920 (bir yuz sakkiz ming toʻqqiz yuz yigirma) buyum yutuqlari va 28630800 (yigirma sakkiz million olti yuz oʻttiz ming sakkiz yuz) soʻmlik 2863080 (ikki million sakkiz yuz oltmish uch ming sakson) pul yutuqlari oʻynaladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 3-avgustdagi 310-sonli qarori tahririda)
6. Lotereya biletlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida “Oʻzjamgʻarmabank” muassasalari, Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining aloqa boʻlimlari, savdo, matlubot kooperatsiyasi va “Oʻztayyorlovsavdo” uyushmasi korxonalari hamda shu maqsadlar uchun shartnoma asosida jalb etilgan shaxslar tomonidan sotiladi.
7. Lotereya bileti 12x7 santimetr oʻlchamli toʻgʻri burchak shaklida boʻlib, davlat belgisi qoʻyilgan qogʻozdan tayyorlanadi. Lotereya biletining old tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri: “Oʻzbekiston — Kelajagi buyuk davlat”, “1995-yil 1-sentabr — Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 4 yilligi”, “Oʻzbekiston Respublikasining “Mustaqillik” pul-buyum lotereyasi”, “Lotereya bileti”, “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, “Oʻzjamgʻarmabank”, Aloqa vazirligi, “Oʻzbeksavdo”, Oʻzbekbirlashuv degan yozuvlar; “Mustaqillik” maydonining tasviri; “Biletning bahosi 10 soʻm” degan yozuv; razryad, seriya, bilet tartib raqamlari; yutuqlar tiraji oʻtkaziladigan oy va kun hamda joy qayd etilgan boʻladi. Lotereya biletining orqa tomonida lotereyani oʻtkazish shartlari bayon qilinadi hamda “Sizga omad tilaymiz” soʻzlari yozilgan boʻladi. Barcha yozuvlar oʻzbek tilida ifodalanadi.
8. Lotereya biletlarini qabul qilish, saqlash, hisobga olish va pul yutuqlarini toʻlash “Oʻzjamgʻarmabank” tomonidan amalga oshiriladi.
9. Buyum yutuqlarini berish va joʻnatish Oʻzbekbirlashuvning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi ulgurji bazalari tomonidan amalga oshiriladi.
10. Buyum yutuqlari qiymati 1995-yil 1-apreldagi ulgurji-berish narxlari boʻyicha belgilangan. Tovarlarni sotib olish vaqtida narxlar oʻzgargan hollarda, narxlardagi farq lotereya biletlarini sotishdan tushgan mablagʻlar hisobiga qoplanadi.
11. Lotereya biletlari boʻyicha pul yutuqlari yutuqli bilet koʻrsatilgach, “Oʻzjamgʻarmabank”ning barcha muassasalari tomonidan toʻlanadi.
Qiymati 3800 soʻmgacha (bu summa ham kiradi) boʻlgan buyum yutuqlari yutuq chiqqan lotereya biletlari “Oʻzjamgʻarmabank” operatsiya boʻlinmalarida dastlabki tekshiruvdan oʻtkazilgandan keyin Oʻzbekbirlashuv ulgurji bazalari tomonidan beriladi.
Qiymati 3800 soʻmdan ortiq boʻlgan buyum yutuqlari yutuq chiqqan lotereya biletlari “Oʻzjamgʻarmabank” tomonidan ekspertizadan oʻtkazilgandan soʻng “Oʻzjamgʻarmabank” topshiriqnomalari boʻyicha, topshiriqnoma olingandan keyin 15 kun mobaynida Oʻzbekbirlashuvning ulgurji bazalari tomonidan beriladi va joʻnatiladi.
Buyum yutuqlari naqd pul bilan berilmaydi.
12. Yutuq chiqqan lotereya biletlari pul yoki buyum yutugʻini olish uchun 1996-yil 1-fevralgacha (oʻsha kun ham kiradi) taqdim etilishi mumkin. Ana shu muddatdan keyin lotereya biletlari oʻz kuchini yoʻqotadi va yutuqni berish uchun qabul qilinmaydi.
Ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 3-avgustdagi 310-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “1995-yilda “Mustaqillik” pul-buyum lotereyasini chiqarish toʻgʻrisida” 1995-yil 14-apreldagi 133-son qaroriga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qaroriga muvofiq yangi tahrirda bayon etilgan. Mazkur ilovaning rus tilidagi matniga qarang.
Yutuqlar nomi
Qiymati (soʻm)
1 razryadga
40 razryadga
miqdori (dona)
umumiy summasi (soʻm)
miqdori (dona)
umumiy summasi (soʻm)
“TICO” avtomobili
279540
1
279540
40
11181600
“Labo” avtomobili
220830
1
220830
40
8831200
Yumshoq mebel toʻplami
10000��
65
650000
2600
26000000
Devor shkafi toʻplami (korpus mebeli)
9500
15
142500
600
5700000
“Daewoo” rangli televizori
8000
15
120000
600
4800000
Oshxona mebeli toʻplami
6500
50
325000
2000
13000000
“Samo” 5 lampali yoritgichi
5774
5
28870
200
1154800
Chinnidan qoʻlda ishlangan dekorativ buyumlar
5500
2
11000
80
440000
“Semurgʻ” oq-qora tasvirli televizor
4000
50
200000
2000
8000000
Dala hovli mebeli toʻplami
3000
100
300000
4000
12000000
Polda turadigan oyna
2520
50
126000
2000
5040000
“Gulshan” 4 lampali yoritgichi
2455
10
24550
400
982000
“Petrovskiy” shoxmoti
2380
73
173740
2920
6949600
Gilam 2x3 m
2100
300
630000
12000
25200000
“Oygul” kir yuvish mashinasi
1500
4
6000
160
240000
Mayatnikli devor soati
1420
8
11360
320
454400
“Diadema” yoritgichi
1390
11
15290
440
611600
“Versal” vanna toʻplami
1330
100
133000
4000
5320000
“Osiyo” 6 lampali yoritgichi
1250
8
10000
320
400000
Rezina sport qayigʻi
841
3
2523
120
100920
Devor soati
800
100
80000
4000
3200000
Konvektorlar
777
13
10101
520
404040
Artikuli 1228 boʻlgan dekoravtiv stolcha
700
12
8400
480
336000
Olti blokdan iborat mayda narsalarni saqlash uchun toʻplam
660
100
66000
4000
2640000
Artikuli 2729 boʻlgan dekoravtiv stolcha
550
26
14300
1040
572000
Elektr mikser
430
12
5160
480
206400
Stol chirogʻi
386
56
21616
2240
864640
Telefon apparati (trubka)
350
25
8750
1000
350000
“Snejok” 1 lampali yoritgichi
343
25
8575
1000
344000
Suvenir idishli taqinchoq
340
100
34000
4000
1360000
3 litrli termos
300
100
30000
4000
1200000
Elektr dazmol
291
27
7857
1080
314280
“Landish” 1 lampali yoritgichi
260
24
6240
960
249600
“Semurgʻ” radiopriyomnigi
250
80
20000
3200
800000
Oʻramdagi klipsalar
240
3
720
120
28800
Bir kiyimlik xonatlas (5m)
225
1000
225000
9000000
Oshxona toʻplami (zanglamaydigan poʻlatdan ishlangan)
192
49
9408
376320
Pyezozajigalkalar
54
100
5400
216000
10 soʻmlik yutuq
10
71577
71570
2863080
28630800
Jami
74300
4687500
2972000
187500000
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 14-apreldagi 133-son qaroriga 2-ILOVA
“Mustaqillik” pul-buyum lotereyasi summasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari boʻyicha
taqsimlanishi
Hududlar
Summa
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
16.25
viloyatlar:
Andijon
21.25
Buxoro
16.00
Jizzax
10.00
Qashqadaryo
21.50
Navoiy
8.75
Namangan
21.25
Samarqand
22.25
Surxondaryo
15.00
Sirdaryo
7.50
Toshkent
25.00
Fargʻona
25.00
Xorazm
15.00
Toshkent shahri
25.25
JAMI:
250.00
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 14-apreldagi 133-son qaroriga 3-ILOVA
“Mustaqillik” pul-buyum lotereyasini oʻtkazish uchun ajratiladigan xalq isteʼmol tovarlari
LexUZ sharhi
3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 3-avgustdagi 310-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “1995-yilda “Mustaqillik” pul-buyum lotereyasini chiqarish toʻgʻrisida” 1995-yil 14-apreldagi 133-son qaroriga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qaroriga muvofiq yangi tahrirda bayon etilgan. Mazkur ilovaning rus tilidagi matniga qarang.
Tovarlar nomi
Ishlab chiqaruvchilar
Narxi (soʻm)
Miqdori (dona)
Summasi (soʻm)
“TICO” avtomobili
Oʻzavtoprom
279540
40
11181600
“Labo” avtomobili
Oʻzavtoprom
220830
40
8833200
“Daewoo” rangli televizori
Oʻzavtoprom
8000
600
4800000
Yumshoq mebel toʻplami
Oʻzbekmebel
10000
2600
26000000
Devor shkafi toʻplami (korpus mebeli)
Mahalliy sanoat
9500
600
5700000
Oshxona mebeli toʻplami
Mahalliy sanoat
6500
2000
13000000
3 litrli termos
Mahalliy sanoat
300
4000
1200000
“Samo” 5 lampali yoritgichi
Oʻzeltexprom
5774
200
1154800
“Semurgʻ” oq-qora tasvirli televizor
Oʻzeltexprom
4000
2000
8000000
“Gulshan” 4 lampali yoritgichi
Oʻzeltexprom
2455
400
982000
“Diadema” yoritgichi
Oʻzeltexprom
1390
440
611600
“Osiyo” 6 lampali yoritgichi
Oʻzeltexprom
1250
120
400000
Konvektorlar
Oʻzeltexprom
777
520
404040
Stol chirogʻi
Oʻzeltexprom
386
2240
864640
Elektr dazmol
Oʻzeltexprom
291
1080
314280
“Snejok” 1 lampali yoritgichi
Oʻzeltexprom
341
1000
341000
“Landish” 1 lampali yoritgichi
Oʻzeltexprom
260
960
249600
“Semurgʻ” radiopriyomnigi
Oʻzeltexprom
250
3200
800000
Pyezozajigalkalar
Oʻzeltexprom
54
4000
216000
Chinnidan qoʻlda ishlangan dekorativ buyumlar
“Sovplastital” QK
5500
80
440000
Dala hovli mebeli toʻplami
“Sovplastital” QK
3000
4000
1200000
Polda turadigan oyna
“Sovplastital” QK
2520
2000
5040000
“Petrovskiy” shoxmoti
“Sovplastital” QK
2380
2920
6949600
Mayatnikli devor soati
“Sovplastital” QK
1420
320
454400
“Versal” vanna toʻplami
“Sovplastital” QK
1330
4000
5320000
Devor soati
“Sovplastital” QK
800
4000
3200000
Artikuli 1228 boʻlgan dekoravtiv stolcha
“Sovplastital” QK
700
480
16000
Olti blokdan iborat mayda narsalarni saqlash uchun toʻplam
“Sovplastital” QK
660
4000
2640000
Artikuli 2729 boʻlgan dekoravtiv stolcha
“Sovplastital” QK
550
1040
572000
Suvenir idishli taqinchoq
“Sovplastital” QK
340
4000
1360000
Oʻramdagi klipsalar
“Sovplastital” QK
240
120
28800
Gilam 2 x 3 m
Oʻzbeklegprom
2100
12000
25200000
Bir kiyimlik xonatlas (5m)
Oʻzbeklegprom
225
40000
9000000
“Oygul” kir yuvish mashinasi
TAPO i Ch
1500
160
240000
Rezina sport qayigʻi
Oʻzrezinotexnika
841
120
100920
Elektr mikser
Oʻzmashprom
410
480
206400
Telefon apparati (trubka)
Oʻzmashprom
350
1000
350000
Oshxona toʻplami (zanglamaydigan poʻlatdan ishlangan)