1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.15.00 Pensiyalarni qayta hisoblab chiqarish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2010 YIL 9 IYuLDAGI PF-4224-SONLI “ISh HAQI, PENSIYALAR, STIPENDIYALAR VA IJTIMOIY NAFAQALAR MIQDORINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA”GI FARMONI BOʻYIChA PENSIYALARNI QAYTA HISOBLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 20-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2123]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 19-noyabrdagi 100-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 15-noyabrdagi PF-4253-sonli “ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2158, 20.11.2010-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 9-iyuldagi PF-4224-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 9-iyuldagi PF-4224-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiritiladi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 16-iyul,
61-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 16-iyuldagi 61-sonli buyrugʻiga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 9-iyuldagi PF-4224-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 9-iyuldagi PF-4224-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmonining 4-bandiga asosan pensiyalarni qayta hisoblash tartibini belgilaydi.
1. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan Farmonga muvofiq 2010-yilning 1-avgustidan quyidagilarning eng kam miqdorlari belgilanadi:
eng kam ish haqi — oyiga 45 215 soʻm;
yoshga doir pensiyalar — oyiga 88 845 soʻm;
bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 88 845 soʻm;
zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 54 265 soʻm.
2. 1991-yilning 1-yanvarigacha va undan keyingi yillarda tayinlangan pensiyalarning miqdorini tenglashtirish va qayta hisoblab chiqish maqsadida, ilovaga muvofiq yangi yillar boʻyicha differensiyalangan tuzatuvchi koeffitsiyentlar oʻrnatiladi.
3. Pensiyani hisob-kitob qilish uchun eng kam ish haqining sakkiz baravaridan ortiq boʻlmagan oʻrtacha oylik ish haqi inobatga olinadi (45 215 soʻm x 8 = 361720 soʻm).
4. Yangi tuzatuvchi koeffitsiyentlar qoʻllanilgan oʻrtacha oylik ish haqi miqdori eng kam oylik ish haqining sakkiz baravari va undan yuqori miqdorida boʻlgan hollarda, pensiyalarni qayta hisoblashni amalga oshirishda ish haqi miqdori eng kam ish haqining sakkiz hissasi 361 720 soʻm (45 215 soʻm x 8) bilan chegaralanib, ish stajining davomiyligiga bogʻliq ravishda pensiyalarni hisoblash uchun qabul qilingan foizlarga koʻpaytiriladi.
5. Yoshga doir yoki I va II guruh nogironlik boʻyicha pensionyerlar “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunning 7 va 17-moddalariga muvofiq pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga ega boʻlmagan taqdirda, qayta hisoblashdagi pensiya miqdori bor stajga mutanosib ravishda belgilanadi.
6. Barcha hollarda pensiyalarga ustama eng kam oylik ish haqidan kelib chiqib aniqlanadi (45 215 soʻm).
7. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi bilan kelishilgan.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A.XAITOV
2010-yil 16-iyul
Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori M. ABDULLAYEV
2010-yil 16-iyul
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 9-iyuldagi PF-4224-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni asosida 2010-yil 1-avgustdan pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
2010-yil 1-avgustdan pensiyalarni qayta hisoblashda oʻrtacha oylik ish haqini tenglashtirish uchun qoʻllaniladigan tuzatuvchi
KOEFFITSIYENTLAR
Davrlar
Koeffitsiyentlar
Davrlar
Koeffitsiyentlar
1971-yilga qadar
1772,8
1994-yil 1-avgustdan
714,0
1971-yil
1727,6
1994-yil 1-sentabrdan
620,7
1972-yil
1684,6
1994-yil 1-noyabrdan
481,6
1973-yil
1630,8
1995-yil 1-yanvardan
481,6
1974-yil
1521,4
1995-yil 1-martdan
243,7
1975-yil
1488,0
1995-yil 1-sentabrdan
187,6
1976-yil
1456,1
1996-yil 1-yanvardan
187,6
1977-yil
1415,6
1996-yil 1-apreldan
139,5
1978-yil
1368,1
1996-yil 1-sentabrdan
97,3
1979-yil
1341,2
1997-yil 1-yanvardan
97,3
1980-yil
1306,7
1997-yil 1-iyuldan
67,7
1981-yil
1282,1
1998-yil 1-yanvardan
67,7
1982-yil
1282,0
1998-yil 1-iyuldan
49,2
1983-yil
1258,4
1999-yil 1-yanvardan
40,3
1984-yil
1258,2
1999-yil 1-avgustdan
31,4
1985-yil
1243,0
2000-yil 1-avgustdan
20,49
1986-yil
1228,1
2001-yil 1-avgustdan
14,63
1987-yil
1199,0
2002-yil 1-apreldan
12,73
1988-yil
1120,1
2002-yil 1-avgustdan
11,05
1989-yil
1050,7
2003-yil 1-maydan
9,22
1990-yil
948,2
2004-yil 1-avgustdan
7,09
1991-yil
654,2
2005-yil 1-maydan
5,9
1992-yil 1-yanvardan
193,4
2005-yil 1-oktabrdan
4,92
1992-yil 1-iyuldan
90,4
2006-yil 1-iyuldan
4,1
1992-yil 1-oktabrdan
43,4
2006-yil 1-noyabrdan
3,42
1993-yil 1-yanvardan
32,03
2007-yil 1-avgustdan
2,73
1993-yil 1-apreldan
22,9
2007-yil 1-noyabrdan
2,48
1993-yil 1-iyundan
9,8
2007-yil 1-dekabrdan
2,28
1993-yil 1-iyuldan
6,2
2008-yil 1-apreldan
2,02
1993-yil 1-sentabrdan
4,7
2008-yil 1-sentabrdan
1,68
1993-yil 1-noyabrdan
2,9
2008-yil 1-noyabrdan
1,6
1994-yil 1-yanvardan
2,18
2008-yil 1-dekabrdan
1,51
1994-yil 1-martdan
1,31
2009-yil 1-avgustdan
1,21
1994-yil 1-iyundan
0,877
2009-yil 1-dekabrdan
1,14
1994-yil 1-iyuldan
871,0
2010-yil 1-avgustdan
1,0
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 247-modda)