1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.23.00.00 Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat gerbi. Davlat madhiyasi. Davlat bayrogʻi. Davlat tili. Poytaxt. Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
NAVROʻZ UMUMXALQ BAYRAMINI NIShONLASh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Umumxalq bayrami — Navroʻzni katta tantanalar bilan nishonlash mustaqil mamlakatimiz ijtimoiy-maʼnaviy hayotida anʼanaga aylanib borayotganligini, uning xalqimiz milliy gʻururini shakllantirish, ona tuproqni sevish, anglash maʼnaviyatini yuksaltirish, insonlarni hayotni qadrlashga, yurtimizda yashovchi barcha millatlar oʻrtasida doʻstlik, tinchlik, osoyishtalikni yanada mustahkamlashdagi ulugʻvor ahamiyatini eʼtiborga olib, 1994-yilda Navroʻz umumxalq bayramini keng nishonlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika tashkiliy qoʻmitasining tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Tashkiliy qoʻmita bir hafta muddatda bayramni oʻtkazish tadbirlarini ishlab chiqsin va amalga oshirishga kirishsin.
Joylarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, Toshkent shahar va barcha viloyatlar hokimlarining shaxsan rahbarliklarida shunday tashkiliy qoʻmitalar tuzilsin. Mazkur komissiyalar bir hafta muddat ichida Navroʻz umumxalq bayramini oʻz hududlarida oʻtkazish rejalarini ishlab chiqib amalga oshirishga kirishsinlar.
2. Respublika korxonalari, muassasalari, jamoa va davlat xoʻjaliklari, shirkatlar, jamoat tashkilotlari oʻz ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib, bayram tadbirlarini tegishli transport vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat mollari va boshqa zarur ashyolar bilan taʼminlashni hal etsinlar.
Ushbu maqsadlarga yoʻnaltirilgan sarf-xarajatlar ularning hisobidan boʻlishi nazarda tutilsin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklariga tegishli vazirliklar va jamgʻarmalar, ijodiy uyushmalar bilan birgalikda joylarda bayram madaniy tadbirlarini, ommaviy sport musobaqalarini, xalq oʻyinlarini, turli koʻrik-tanlovlar oʻtkazishni keng tashkil etish rejasini ishlab chiqib, amalga oshirish topshirilsin.
Joylardagi tashkiliy qoʻmitalar bayram munosabati bilan mehnat va urush faxriylari, moʻtabar otaxon va onaxonlar, koʻp bolali oilalar, nogironlar va yetim-yesirlar, boquvchisiz qolgan xonadonlar hamda bolalar uylari tarbiyalanuvchilarining hol-ahvolidan xabar olish, ragʻbatlantirish, bayram tadbirlariga jalb etish, ularga sovgʻa-salomlar tortiq qilish ishlarini uyushtirsinlar.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Navroʻz bayramida Respublikadagi barcha milliy madaniyat markazlarining oʻz dasturlari bilan ishtirok etishlari uchun zarur shart-sharoit yaratib bersinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligi, Davlat teleradiokompaniyasi, Davlat matbuot qoʻmitasi, Davlat kinokompaniyasi, barcha ommaviy axborot vositalari va ijodiy tashkilotlar xalqimizning qadimiy va saxovatli bayramining tarixiy-maʼnaviy ahamiyatini ochib berishga, ayniqsa, yosh avlodni milliy urf-odatlar negizida umuminsoniy qadriyatlarni ulugʻlash, Vatanga muhabbat, uni ardoqlash tuygʻularini shakllantirish, mehr-shafqat va ona tabiatni avaylab asrash ruhida tarbiyalashga qaratilgan dasturlar tuzib tadbirlar belgilasinlar.
6. Navroʻz umumxalq bayrami tadbirlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar mahalliy budjetlar hisobidan qoplanishi koʻzda tutilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mamlakatimiz poytaxtida bayram tadbirlarini oʻtkazish munosabati bilan boʻladigan sarf-xarajatlarni Toshkent shahar hokimligi taqdim etgan moliyaviy hujjatlar asosida Toshkent shahar va respublika budjetlari hisobidan teng miqdorda qoplasin.
8. Joylarda Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishda, shahar va qishloqlarni, mahallalarni obodonlashtirish va taʼmirlash, madaniy-maʼrifiy tadbirlarni uyushtirishda respublika “Mahalla” va boshqa xayriya jamgʻarmalarining oʻz mablagʻ ulushlari bilan koʻmaklashish borasidagi takliflari eʼtiborga olinsin.
9. Respublika “Mahalla” xayriya jamgʻarmasiga oʻz Nizomida belgilangan vazifalarni bajarish, shuningdek mehnat va urush faxriylari, koʻp bolali oilalar, nogironlar va yetim-yesirlar, boquvchisisiz qolgan xonadonlar hamda bolalar uylari tarbiyalanuvchilariga sovgʻa-salomlar berish, joylarda Navroʻz umumxalq bayramini oʻtkazishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi zaxira jamgʻarmasidan 1 milliard soʻm ajratilsin.
10. Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha Respublika tashkiliy qoʻmitasiga bayramning yuksak saviyada oʻtishini taʼminlashda faol ishtirok etgan idoralar, jamoalar hamda fuqarolarni ragʻbatlantirish haqida tavsiyalar tayyorlash topshirilsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 22-fevral,
85-son
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 22-fevraldagi 85-son qaroriga ILOVA
Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika tashkiliy qoʻmitasining
TARKIBI
Joʻrabekov I.H.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari— tashkiliy qoʻmita raisi
Umurzoqov M.B.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi— tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari
Qoraboyev M.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari— tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari
Abdulazizov Sh.
—
Vazirlar Mahkamasi boʻlimining mudiri — tashkiliy qoʻmitaning masʼul kotibi
Tashkiliy qoʻmita aʼzolari:
Joʻrayev X.R.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi
Ahrorov S.A.
—
“Oʻzdavkinokompaniya” raisining birinchi oʻrinbosari
Almatov Z .
—
Ichki ishlar vaziri
Vohidov E.
—
Oʻzbekiston xalq shoiri
Guskova T.N.
—
Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari
Jalolov A.S.
—
“Oʻzbekbirlashuv” raisi vazifasini bajaruvchi
Joʻraboyev A.
—
“Xalq soʻzi” — “Narodnoye slovo” gazetalarining bosh muharriri
Jabborov A.J.
—
Vazirlar Mahkamasi Ijtimoiy masalalar, fan va madaniyat boʻlimining shuʼba mudiri
Jamolov H.B.
—
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining raisi
Kenjaboyev M.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining yetakchi konsultanti
Karimov Sh.I.
—
Sogʻliqni saqlash vaziri
Oripov A.
—
Oʻzbekiston xalq shoiri
Rahimov B.
—
Oʻzbekiston urush va mehnat faxriylari kengashining raisi
Rahimov K.
—
Aloqa vaziri
Rasulov K. R .
—
Respublika Baynalmilal madaniy markazining raisi
Roʻziyev S.
—
Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi raisi
Saidov I.N.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining yetakchi konsultanti
Teshaboyev A.
—
Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy qoʻmitasining birinchi kotibi
Temurov Sh.
—
“Mahalla” jamgʻarmasining raisi
Usmonov M.Z.
—
“Oʻzbeksavdo” uyushmasining raisi
Fozilbekov A.I.
—
Toshkent shahar hokimi
Shodimetov Y.Sh.
—
Vazirlar Mahkamasining boʻlim mudiri, EKOSAN jamgʻarmasining raisi
Shogʻulomov R.Sh.
—
Oʻzbekiston davlat matbuot qoʻmitasi raisi
Yahyoyev Sh.Gʻ.
—
“Oʻzdavteleradio” kompaniyasi raisi
Qayumov N.
—
Qishloq xoʻjaligi vaziri
Hazratqulov M.
—
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligining Bosh direktori
Hayitboyev E.Q.
—
Madaniyat ishlari vaziri
Yusupova B.A.
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari