Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Toshkent shahrining transport qatnovi zich boʻlgan magistral koʻchalarida harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent shahrining Ichki ishlar bosh boshqarmasi Davlat avtomobil nazorati boshqarmasining mavjud yoʻl-patrul rotasi negizida xodimlar soni va tuzilmasi
1 va
2-ilovalarga muvofiq boʻlgan yoʻl-patrul xizmati alohida maxsus batalyoni tashkil etilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga ana shu maqsadlar uchun qoʻshimcha ravishda 144 nafar xodim ajratilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirligi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Davlat avtomobil nazorati yoʻl-patrul xizmati alohida maxsus batalyonining qoʻshimcha ravishda ajratilgan xodimlari va uning moddiy-texnika taʼminoti xarajatlarini mablagʻ bilan taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi, Toshkent shahar hokimligi 1995-yil budjetida Toshkent shahrining magistral koʻchalarida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash uchun asbob-uskunalarni ishlab chiqarish, yetkazib berishga va sarflanadigan materiallarga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tuziladigan shartnomalarni taqdim etiladigan hisob-kitoblarga muvofiq, ularni respublika korxonalarida tayyorlash imkoniyatlarini ishlab chiqqan holda, mablagʻ bilan taʼminlashni nazarda tutsinlar.