1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.04.00 Neft mahsulotlarini sotish. Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Narxlar va narxlarning hosil boʻlishi;
2.Iqtisodiyot / Energetika]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AHOLIGA SOTILADIGAN AVTOMOBIL BENZINI ChAKANA NARXLARINI OʻZGARTIRISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 2-sentabrdagi 443-son “Aholiga sotiladigan avtomobil benzini chakana narxlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Neft va uni qayta ishlash mahsulotlari narxlarining oshib borayotganligi munosabati bilan hamda ulardan foydalanishning samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1994-yilning 1-avgustidan boshlab aholiga sotiladigan avtomobil benzinining chakana narxi 1 litri uchun 2 soʻm miqdorida belgilansin.
2. Respublika aholisining ayrim toifalariga ilgari qabul qilingan qarorlarga muvofiq berilayotgan amaldagi imtiyozlar saqlab qolinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi benzin yangi chakana narxlari preyskurantlarini tasdiqlasin hamda barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarga yetkazsin.
4. “Oʻzdavneftmahsulot” davlat-aksionerlik birlashmasi, uning joylardagi organlari avtomobil benzinini naqd pulga sotadigan avtomobil benzini quyish stansiyalaridagi avtomobil benzini qoldiqlarini 1994-yil 1-avgustdagi holatga koʻra qayta baholab chiqsinlar hamda qayta baholashdan tushgan mablagʻlarni oʻzlarining aylanma mablagʻlarini koʻpaytirishga yoʻnaltirsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-iyundagi 330-son qarori bilan tasdiqlangan aholiga sotiladigan avtomobil benzinining chegaralangan chakana narxlari bekor qilinsin.