1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI MADANIYATI KUNLARINI OʻTKAZISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi xalqlarining qardoshlarcha doʻstligini yanada mustahkamlash, milliy madaniyatlarining bir-birini oʻzaro boyitish jarayonini chuqurlashtirish, Qoraqalpogʻiston xalqi madaniyati va sanʼati yutuqlarini keng targʻib qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Oʻzbekistonda Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyati kunlarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullanib, 1993-yilning 25—29-yanvar kunlari oʻtkazilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyati kunlarini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitaning tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyati kunlari ishtirokchilarining tarkibi 260 kishidan iborat qilib belgilansin.
4. Tashkiliy qoʻmita bir hafta muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyati kunlari dasturini ishlab chiqsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi va “Sharq” nashriyot-matbaa konserni zarur bosma materiallarni chop etishni taʼminlasinlar.
6. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” aviakompaniyasi, Oʻrta Osiyo temir yoʻli boshqarmasi va “Toshshaharyoʻlovchitrans” uyushmasi madaniyat kunlari qatnashchilarining kelib-ketishlari bilan bogʻliq, masalalarni hal etsinlar.
7. Toshkent shahar hokimligi:
madaniyat kunlari qatnashchilarini mehmonxonalarda joylashtirish choralarini koʻrsin;
madaniyat kunlari tadbirlari oʻtkaziladigan joylarni, koʻcha va maydonlarni lozim darajada obodonlashtirishni, bezatishni taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Davlat teleradiokompaniyasi, gazetalar tahririyatlariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyati kunlarini tayyorlash va oʻtkazish jarayonini keng yoritish tavsiya etilsin.
9. Oʻzbekiston Davlat kinokompaniyasiga Oʻzbekiston Respublikasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyati kunlarining oʻtishiga bagʻishlangan qisqa metrajli hujjatli film yaratish topshirilsin.
10. “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi oʻtkaziladigan tadbirlar ishtirokchilariga zarur xizmat koʻrsatish tadbirlarini amalga oshirsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tadbirlar oʻtkaziladigan joylarda, mehmonxonalarda, boshqa tashrif joylarida jamoat tartibini saqlash hamda avtotransport harakatida xavfsizlikni taʼminlash choralarini koʻrsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi madaniyat kunlari qatnashchilariga tibbiy xizmat koʻrsatishni tashkil etsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, respublika “Mahalla” jamgʻarmasi Toshkent shahri aholisining Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyati kunlarida faol ishtirok etishini taʼminlasinlar.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi hamda barcha ijodiy uyushmalar madaniyat kunlarida ishtirok etgan badiiy jamoalarga esdalik sovgʻalari berishni nazarda tutsinlar.
15. Oʻzbekiston Respublikasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyati kunlarini oʻtkazish munosabati bilan sarflangan mablagʻlar taqdim etilgan sarf-xarajat roʻyxatiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti hisobidan qoplansin.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi bosh vazirining oʻrinbosari oʻrtoq M. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 7-yanvar,
7-son
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 7-yanvardagi 7-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyati kunlarini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita
TARKIBI
Qoraboyev M.Q
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisi
Yusupova B.A.
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari
Yusupov I.
—
Oʻzbekiston xalq shoiri
Hakimov.3.A.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri vazifasini bajaruvchi
Muhamedov N.
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri
Abdullayev R.
—
Oʻzbekiston Kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi
Abdullayev Sh.Y.
—
Moliya vazirining oʻrinbosari
Axmedov R.
—
Oʻzbekiston Rassomlar uyushmasining raisi
Aliyev M.M.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Avtotransport vazirining oʻrinbosari
Jalilov Sh.I.
—
Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari
Jalolov A. S.
—
“Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi raisining oʻrinbosari
Joʻrayev X. R.
—
Oʻzdavkinokompaniya raisi
Jamol Kamol
—
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining birinchi kotibi
Murod Muhammad Doʻst
—
OʻzA Bosh direktori
Matjonov O.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining yetakchi konsultanti
Roʻzmatov A.Gʻ.
—
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi Bosh direktori oʻrinbosari
Rahimov Gʻ.
—
Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari
Kaipbergenov T.K.
—
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi
Rajabov Y.Sh.
—
Toshkent shahar mehmonxonalar boshqarmas�ning boshligʻi
Sultonov R.T.
—
Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari
Temurov Sh.T.
—
“Mahalla” jamgʻarmasining raisi
Fozilbekov A.I.
—
Toshkent shahar hokimi
Shogʻulomov R.Sh.
—
Oʻzdavmatbuot qoʻmitasi raisi
Ermatov N.E.
—
Oʻrta Osiyo temir yoʻli boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari
Qayumov M.Q.
—
Oʻzbekiston Kinematografchilar uyushmasining raisi
Qodirov P.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Madaniyat va madaniy merosni asrash masalalari qoʻmitasining raisi
Qoriyeva B.R.
—
Oʻzbekiston Teatr arboblari uyushmasining prezidenti
Hayitboyev E.Q
—
Oʻzteleradiokompaniya raisi
Hojiniyozov T
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi doimiy vakili