1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.08.00 Sanoat qurilishi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ANGREN ShAHRIDA BOYITILGAN KAOLIN IShLAB ChIQARISh FABRIKASINI QURISh TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Eksportga moʻljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Koʻmir” aksionerlik jamiyati va Germaniyaning “Kulenkampff va Konitski GmbX” kompaniyasining Angren shahrida boyitilgan kaolin ishlab chiqaruvchi va sotuvchi, 1-ilovaga muvofiq ustav sarmoyasi tuzilmasiga ega boʻlgan “Kaolin” qoʻshma korxonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
“Koʻmir” koʻmir qazib olish va sotish aksionerlik jamiyati bilan Germaniyaning “Proyektirung und Anlagen Bau GmbX” kompaniyasi oʻrtasida quvvatlarini 1998-yilning IV choragida ishga tushirgan holda Angren konining dastlabki kaolin xomashyosidan yiliga 200 ming tonna boyitilgan kaolin ishlab chiqarish boʻyicha texnologik asbob-uskunalar yetkazib berish va ularni foydalanishga topshirish yuzasidan 65,5 mln Germaniya markasi summasiga kontrakt tuzilgan,
kontrakt qiymatining 15 foizi miqdoridagi avans toʻlovi (9,83 mln Germaniya markasi) “Kulenkampff va Konitski GmbX” kompaniyasi badali hisobiga amalga oshiriladi,
kontrakt qiymatining 85 foizi (55,7 mln Germaniya markasi) “Germes” (Germaniya) jamiyati sugʻurta qoplamasi ostida “Berliner bank AG” banki tomonidan “Kaolin” qoʻshma korxonasiga beriladigan kreditlar hisobidan mablagʻ bilan taʼminlanadi,
milliy valyutadagi xarajatlar (253,6 mln soʻm) “Oʻzsanoatqurilishbank” tomonidan “Koʻmir” aksionerlik jamiyatiga beriladigan kredit hisobidan amalga oshiriladi;
“Germes” jamiyati sugʻurta qoplamasi ostidagi “Berener bank AG”ning kreditini va ular boʻyicha foizlarni toʻlash 2-ilovaga muvofiq “Kaolin” qoʻshma korxonasining daromadlari hisobidan amalga oshiriladi;
“Oʻzsanoatqurilishbank” kreditlarini va ular boʻyicha foizlarni toʻlash “Koʻmir” aksionerlik jamiyati tomonidan “Kaolin” qoʻshma korxonasi daromadlaridan olingan dividendlar hisobidan amalga oshiriladi.
3. “Koʻmir” aksionerlik jamiyati:
“Kaolin” qoʻshma korxonasi taʼsis hujjatlarini ishlab chiqishda va imzolashda marketing tadqiqotlari oʻtkazilishi va mahsulotlarning tashqi bozorda sotilishi tashkil etilishi masʼuliyati “Kulenkampff va Konitski GmbX” kompaniyasiga yuklanishini nazarda tutsin;
“Kaolin” qoʻshma korxonasining ishlab chiqarish quvvatlarini 3-ilovaga muvofiq ishga tushirishni taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri:
ushbu loyiha boʻyicha jalb etiladigan kreditlar boʻyicha;
qoʻshma korxona faoliyat koʻrsatishi mumkin boʻlmagan taqdirda qoʻyilgan mablagʻlarning “Kulenkampff va Konitski GmbX” kompaniyasi tomonidan soʻzsiz olinishiga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatini belgilangan tartibda berishga vakil qilinsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatlari boʻyicha yuridik xulosa belgilangan tartibda bersin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashki iqtisodiy faoliyat milliy banki ikki oy muddatda kredit bitimi tuzsin hamda “Berliner bank AG” bankining “Germes” jamiyati sugʻurta qoplamasi ostidagi mablagʻlari “Kaolin” qoʻshma korxonasi uchun qayta moliyalanishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi kaolinni boyitish fabrikasi qurilishini Respublika investitsiya dasturiga kiritsin.
9. “Kaolin” qoʻshma korxonasi xorijiy kreditni toʻlash davrida qoʻshilgan qiymat soligʻi va foydadan olinadigan soliqni toʻlashdan ozod qilinsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Koʻmir” aksionerlik jamiyatining buyurtmanomasi boʻyicha “Proyektirung und Anglagen Bau GmbX” va “Kulenkampff va Konitski GmbX” kompaniyalarining loyihani amalga oshirishga jalb etiladigan xodimlariga, viza rasmiylashtirilgani uchun konsullik yigʻimlari toʻlashdan ozod qilgan holda, belgilangan tartibda koʻp martalik kelish vizalari berilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
11. “Koʻmir” aksionerlik jamiyati va “Kaolin” qoʻshma korxonasi kontraktlar boʻyicha mazkur loyihani amalga oshirish uchun olib kelinayotgan materiallar, buyumlar va asbob-uskunalarga boj poshlinalari toʻlashdan ozod qilinsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 7-noyabr,
385-son
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 7-noyabrdagi 385-son qaroriga 1-ILOVA
“Kaolin” qoʻshma korxonasi ustav sarmoyasi
TUZILMASI
Muassislar
Ulush summasi (mln Germaniya markasi)
Ulush salmogʻi (foizlarda)
Qoʻllashdan koʻzda tutilgan maqsad
Germaniya tomoni:
“Kulenkampff va Konitski” kompaniyasi
9,83
51
Kontrakt boʻyicha “Proyektirung und Anlagen Bau Bautsen” kompaniyasidan asbob-uskunalar xarid qilish uchun avans toʻlovining 15 foizi sifatida foydalaniladi
Oʻzbekiston tomoni:
“Koʻmir” aksionerlik jamiyati
9,45
49
Germaniya markasiga teng ekvivalentda oʻz mablagʻlari (mavjud binolar va inshootlar)
1,46
7,54
Yangi ishlab chiqarishni joylashtirish uchun foydalaniladi
“Oʻzsanoatqurilishbankining 253,6 mln soʻmlik krediti, Germaniya markasiga teng ekvivalentda
7.99
41,46
Binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish boʻyicha ishlarni mablagʻ bilan taʼminlash
Hammasi
19,28
100
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 7-noyabrdagi 385-son qaroriga 2-ILOVA
Boyitilgan kaolin ishlab chiqarish loyihasi boʻyicha “Berliner bank AG” kreditini toʻlash
JADVALI
Kredit summasi
55 696 849 Germaniya markasi, “Germes” jamiyatining sugʻurta mukofoti ham shu jumlaga kiradi
Kreditning foiz stavkasi yillik foyda
6,8 % + 1,2% (Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki marjasi)
Kredit berish muddati toʻlash
2 yilga kechiktirilgan holda 9,5
(mln. Germaniya markasi)
Kreditning nomi
Yillar
1997
1998
1999
2000
2001
2002
2003
2004
2005
2006
Jami
Qarzni qaytarish
0
0
7,391
7,391
7,391
7,391
7,391
7,391
7,391
3,954
55,69
Kredit uchun foiz toʻlash
0
0
4,580
4,00
4,06
2,685
2,053
1,422
0,790
0,158
19,77
Kreditni qaytarishning jami summasi
0
0
11,971
11,391
11,451
10,076
9,444
8,813
8,181
4,112
75,46
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 7-noyabrdagi 385-son qaroriga 3-ILOVA
“Kaolin” qoʻshma korxonasining ishlab chiqarish quvvatlarini foydalanishga topshirish
JADVALI
Ishlarning nomi va turlari
Yillar
1997
1998
oylar
oylar
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
Loyiha ishlarini bajarish va hujjatlarni chiqarish