Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Respublika xoʻjaliklarini jahon darajasidagi yuqori unumli oʻrim-yigʻim texnikasi bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat qoʻmitasining 16,5 mln AQSH dollarlik 100 ta “Keys” gʻalla oʻrish kombaynini qoʻshimcha ravishda xarid qilish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Koʻrsatib oʻtilgan texnika “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat qoʻmitasi balansiga olinsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, kontrakt boʻyicha valyuta xarajatlarini mablagʻ bilan taʼminlash:
kontrakt qiymatining 85 foizi miqdorida AQSHning Eksimbanki sugʻurtasi ostida chet el banklari kreditlari;
kontrakt qiymatining 15 foizi miqdorida Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi 146-son
qarori bilan mashina-traktor parklariga ajratilgan oborot mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi
3. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, chet el banklari tomonidan berilgan kreditlarni qaytarish 1997—2002-yillar mobaynida “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat qoʻmitasining oʻz mablagʻlari hisobidan
ilovaga muvofiq amalga oshiriladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki:
ikki oy muddatda chet el banklari bilan AQSHning Eksimbanki sugʻurtasi ostida kredit bitimi ishlab chiqilishi va tuzilishini tugallasin;
“Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat qoʻmitasiga olinadigan kreditlarni oʻz vaqtida mablagʻ bilan qayta taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziriga 100 ta “Keys” gʻalla oʻrish kombaynini xarid qilish uchun olinadigan kreditlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatini imzolash vakolati berilsin.
7. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat qoʻmitasi kontraktni amalga oshirishda band boʻlgan xorijiy mutaxassislarga vizalar rasmiylashtirganligi uchun konsullik yigʻimlari, respublikaga olib kelinayotgan “Keys” gʻalla oʻrish kombaynlari uchun boj yigʻimlari toʻlashdan ozod qilinsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.A. Giniyatullin zimmasiga yuklansin.