1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.05 Oliy Majlis Senati qoʻmitalari va komissiyalari;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang)]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbeksiton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATINING MAHALLIY HOKIMIYAT VAKILLIK ORGANLARI FAOLIYATINI KUChAYTIRIShGA KOʻMAKLAShUVChI KOMISSIYASI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020-yil 3-fevraldagi KQ-4–IV-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan hamkorligi toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarini hal etishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan hamkorlik qilish mexanizmini yanada takomillashtirish, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doimiy komissiyalari vakolatlarini roʻyobga chiqarishda ularga amaliy va uslubiy yordam berish, shuningdek xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, ularning doimiy komissiyalari rahbarlarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati samarali tashkil etilishi uchun masʼuliyatini oshirish maqsadida hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 22-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi 17 nafar senatordan iborat tarkibda tuzilsin (1-ilova).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin (2-ilova).
3. Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga doir 2010 — 2014-yillarga moʻljallangan harakat dasturi tasdiqlansin (3-ilova).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga doir 2010 — 2014-yillarga moʻljallangan Harakat dasturining amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan ish rejasini ishlab chiqsin va uni ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oy ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tasdigʻiga kiritsin.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining rahbarlari joylarda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasiga yordam beruvchi ishchi guruhlar tuzsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 5-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 27-martdagi “Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini soʻzsiz bajarish borasida mahalliy hokimiyat organlarining roli va masʼulligi toʻgʻrisida”gi 624–I-sonli Qarorining ijro etilishi haqida”gi 709–I-sonli Qarorining bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
7. Ushbu Qaror Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashlariga ijro uchun yuborilsin.
8. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining navbatdagi yalpi majlisiga koʻrib chiqish uchun kiritilsin.
9. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi raisi (S. Safoyev) zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2010-yil 31-mart,
30-II-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 31-martdagi 30-II-sonli qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari
Komissiya raisining oʻrinbosarlari
Altiyev Abdurashid Sultanovich
—
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisi
Xujamberdiyev Mamazair
—
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi
Komissiya kotibi
Sidikov Damir Lutfullayevich
—
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator
Komissiya aʼzolari:
Aimbetov Nagmet Kalliyevich
—
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi raisi
Radjapov Mavrutali Gapirovich
—
“GM-Oʻzbekiston” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori oʻrinbosari
Adizov Zamir Narzulloyevich
—
Buxoro neft va gaz sanoati kasb-hunar kolleji direktori
Ergashev Quraqboy Yalgashevich
—
Jizzax viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi
Ibraimov Xolboy
—
Navoiy davlat pedagogika instituti rektori
Matkarimov Paxridin Jurayevich
—
Namangan muhandislik-pedagogika instituti rektori
Toshev Farmon Isxakovich
—
“Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari bosh muharriri
Burxanov Alisher Xadjimuradovich
—
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator
Aripova Shoxida Raxmatovna
—
Termiz shahar 4-ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktab-internati direktori
Karimov Xolmurod Abduraxmonovich
—
Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator
Qoʻrgʻonova Raximaxon
—
Buvayda pedagogika kolleji direktori
Abdikarimova Sayyora Sapayevna
—
Xorazm viloyati hokimining oʻrinbosari — Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi
Nazarov Tura Abdullayevich
—
qarshi tibbiyot kolleji direktori
Abduraximova Farida Yuldashevna
—
Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari — Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2013-yil 5-martdagi KQ-54-II-sonli qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-y., 3-son, 88-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 31-martdagi 30–II-sonli qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasini (bundan buyon matnda Senat Komissiyasi deb yuritiladi) tuzishning maqsadi va vazifalarini, Senat Komissiyasining vakolatlarini, Senat Komissiyasining faoliyatini tashkil etish hamda Senat Komissiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashlari (bundan buyon matnda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deb yuritiladi) bilan hamkorlik qilish tartibini belgilaydi.
2. Senat Komissiyasini tuzishdan maqsad mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarini hal etishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan hamkorlik qilish mexanizmini takomillashtirish, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doimiy komissiyalari vakolatlarini roʻyobga chiqarishda ularga amaliy va uslubiy yordam berishdan, shuningdek xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, ularning doimiy komissiyalari rahbarlarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati samarali tashkil etilishi uchun masʼuliyatini oshirishdan iboratdir.
3. Senat Komissiyasi Senatning aʼzolari orasidan Senatning vakolat muddatiga tuziladi. Senat Komissiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlariga, Senat, Senat Kengashi qarorlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
II. Senat Komissiyasining vakolatlari
4. Senat Komissiyasi oʻz vakolatlari doirasida:
1) oʻz tashabbusi bilan yoki Senat, Senat Kengashi qarori asosida yoxud Senat Raisining topshirigʻiga muvofiq xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari faoliyatini takomillashtirish masalalari yuzasidan Senat, Senat Kengashi qarorlarining loyihalarini ishlab chiqadi;
2) Senat Komissiyasining faoliyatiga doir masalalarni Senatning yalpi majlislari kun tartibiga kiritish haqida Senat Kengashiga takliflar kiritadi;
3) xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari faoliyatini monitoring qilish boʻyicha ishchi guruhlar tuzadi, ularning tarkibiga davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ilmiy muassasalar vakillarini va mutaxassislarni jalb etadi;
4) xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, ularning doimiy komissiyalari faoliyatini tizimli ravishda monitoring qilib boradi va shu maqsadda mahalliy hokimiyat vakillik organlaridan, davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan hujjatlar, statistik hamda boshqa maʼlumotlarni soʻrab oladi;
5) oʻz majlislarida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari rahbarlarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari faoliyati toʻgʻrisidagi, 2010-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturini hamda boshqa davlat dasturlarini amalga oshirishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ishtiroki haqidagi axborotini tinglaydi;
(4-bandning “5” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2013-yil 5-martdagi KQ-54-II-sonli qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-y., 3-son, 88-modda)
6) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzurida tuziladigan Senat Komissiyasiga yordam beruvchi ishchi guruhlar (bundan buyon matnda Senat Komissiyasiga yordam beruvchi ishchi guruhlar deb yuritiladi) faoliyatini muvofiqlashtiradi, ushbu ishchi guruhlarning faoliyati haqidagi axborotni muntazam oʻz majlislarida eshitib boradi;
7) xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatini takomillashtirish, shu jumladan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan ularning oʻzaro hamkorligini yaxshilash hamda Senat qoʻmitalarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari bilan hamkorlik qilish mexanizmining samaradorligini oshirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi;
8) xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari faoliyatiga doir uslubiy qoʻllanmalar va boshqa materiallar tayyorlaydi;
9) xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining rahbarlari bilan birgalikda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining huquqiy madaniyatini oshirish yuzasidan konferensiyalar, davra suhbatlari, seminar-treninglar va boshqa tadbirlar oʻtkazilishini tashkil etadi hamda ularni bu yoʻnalishdagi faoliyatni muvofiqlashtiradi;
10) xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari ishining samaradorligini taʼminlash uchun xalq deputatlari mahalliy Kengashlari rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
11) Senat Kengashi majlislarida yoki Senatning yalpi majlislarida oʻz faoliyati toʻgʻrisida hisobot beradi;
12) Senat Komissiyasining ish rejasini ishlab chiqadi va Senat Komissiyasiga yordam beruvchi ishchi guruhlarning ish rejasi oʻz vaqtida ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini nazorat qiladi.
III. Senat Komissiyasining tarkibi
5. Senat Komissiyasi Senat Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan Senat Komissiyasining raisi, uning oʻrinbosari, kotibi va aʼzolaridan iborat boʻladi.
6. Senat Komissiyasining raisi:
Senat Komissiyasi faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Senat Komissiyasining majlislarini chaqiradi va olib boradi;
Senat Komissiyasining qarorlarini imzolaydi;
Senat Komissiyasi aʼzolari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
7. Senat Komissiyasi raisining oʻrinbosari Senat Komissiyasining raisi yoʻqligida uning vazifasini bajaradi, Senat Komissiyasi tomonidan belgilanadigan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
8. Senat Komissiyasining kotibi Senat Komissiyasi faoliyatining samarali amalga oshirilishini taʼminlaydi, Senat Komissiyasi majlislarining bayonnomalarini va ish yurituvini olib boradi.
9. Senat Komissiyasining aʼzolari ayni bir vaqtda Senat Komissiyasiga yordam beruvchi ishchi guruhlarning rahbarlari hisoblanadilar.
Senat Komissiyasiga yordam beruvchi ishchi guruhlar tarkibiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining deputatlari hamda tegishli hududda joylashgan xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining bir nafardan deputati kiritiladi. Mazkur ishchi guruhlar tarkibiga, shuningdek boshqa davlat organlari, tashkilotlar, ilmiy muassasalarning vakillari va mutaxassislar kiritilishi mumkin.
Senat Komissiyasiga yordam beruvchi ishchi guruhlarning tarkibi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining sessiyalarida tasdiqlanadi.
Senat Komissiyasiga yordam beruvchi ishchi guruhlarning faoliyat tartibi Senat Komissiyasi tomonidan belgilanadi. Ushbu ishchi guruhlar faoliyatining tashkiliy jihatdan taʼminlanishi uchun javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining rahbarlariga yuklatiladi.
10. Senat Komissiyasining raisi, uning oʻrinbosari, kotibi va aʼzolari oʻz vazifalarini jamoatchilik asosida bajaradilar.
IV. Senat Komissiyasining faoliyatini tashkil etish
11. Senat Komissiyasining majlislari zaruratga qarab, lekin har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi.
Senat Komissiyasining majlislari Senat Komissiyasining raisi, u yoʻqligida esa rais oʻrinbosari tomonidan chaqiriladi.
12. Senat Komissiyasi majlislarida koʻrib chiqish uchun masalalar Senat Komissiyasining raisi, uning oʻrinbosari va aʼzolari tomonidan kiritiladi.
Senat Komissiyasining majlislari, agar ularda Senat Komissiyasi aʼzolarining kamida yarmi ishtirok etgan boʻlsa, vakolatli hisoblanadi.
Senat Komissiyasining majlislarini Senat Komissiyasining raisi, u yoʻqligida esa oʻrinbosari olib boradi.
Senat Komissiyasining majlislari ochiq, oshkora oʻtkaziladi. Majlislarga davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif etilishi mumkin. Zarurat boʻlganda, Senat Komissiyasi yopiq majlis oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
13. Senat Komissiyasining barcha aʼzolari teng huquqlardan foydalanadilar, Senat Komissiyasining har bir aʼzosi bitta ovozga ega boʻladi.
14. Senat Komissiyasining majlisida bayonnoma yuritilib, u Senat Komissiyasining raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.
15. Senat Komissiyasi oʻz vakolatiga kiritilgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi. Senat Komissiyasining qarorlari uning majlisida ishtirok etayotgan Senat Komissiyasi aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan, ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlganda raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Senat Komissiyasining tegishli organ va tashkilotlarga yuboriladigan qarorlari ular tomonidan koʻrib chiqilishi shart, natijalari yoki koʻrilgan choralar haqida, agar qarorda boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, bir oylik muddatdan kechiktirmasdan xabar qilinishi kerak.
16. Senat Komissiyasining aʼzolari uning majlislarida hozir boʻlishlari shart. Senat Komissiyasining aʼzolari Senat Komissiyasining majlisida ishtirok eta olmasliklari haqida Senat Komissiyasining raisini yoki kotibini oldindan xabardor qiladilar.
V. Senat Komissiyasining tarkibiga hamda Senat Komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish tartibi
17. Senat Komissiyasi tarkibiga hamda ushbu Nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar Senat Kengashining qarori bilan kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 31-martdagi 30–II-sonli qaroriga 3-ILOVA
Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga doir 2010–2014-yillarga moʻljallangan
HARAKAT DASTURI
№
Tadbirlar maqsadi
Tadbirlar nomi
Tadbirlarni amalga oshirish shakli
Bajarish muddati
Masʼul ijrochilar
1.
Umumdavlat va mintaqaviy manfaatlar muvozanatini taʼminlash maqsadida Senat qoʻmitalarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari*, ularning doimiy komissiyalari bilan oʻzaro hamkorlik mexanizmini takomillashtirish.
1.1. Senat qoʻmitalarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan birgalikdagi sayyor majlislarini oʻtkazish.
Senat qoʻmitalari va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining qoʻshma qarorlari
Doimiy ravishda
Senat qoʻmitalari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari
1.2. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarini Senat qoʻmitalarining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari joylarda ijro etilishini oʻrganish bilan bogʻliq faoliyatiga jalb qilish.
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining deputatlarini ekspert, ishchi guruhlar tarkibiga kiritish
Senat qoʻmitalarining nazorat faoliyati rejasiga muvofiq
Senat qoʻmitalari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari
1.3. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarini Senat qoʻmitalari tomonidan oʻtkaziladigan konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlarda ishtirok etishga jalb qilish.
Xal� deputatlari mahalliy Kengashlarining deputatlarini ekspert, ishchi guruhlar tarkibiga kiritish
Senat qoʻmitalarining tadbirlar rejasiga muvofiq
Senat qoʻmitalari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari
1.4. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini Senatning tegishli qoʻmitalari majlislarida koʻrish tashabbusi bilan chiqishi.
Senat qoʻmitalarining qarorlari
Zaruriyatga qarab
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, Senat qoʻmitalari, Senat Komissiyasi**, ishchi guruhlar***
2.
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining faoliyati samarali tashkil etilishi uchun xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, ularning doimiy komissiyalari rahbarlarining masʼuliyatini oshirish.
2.1. Senatning 2009-yil 5-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 27-martdagi “Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini soʻzsiz bajarish borasida mahalliy hokimiyat organlarining roli va masʼulligi toʻgʻrisida”gi 624-I-sonli Qarorining ijro etilishi haqida”gi 709-I-sonli Qarorining ijro etilishi toʻgʻrisida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, ularning doimiy komissiyalari rahbarlarining axborotini tinglash.
Senat, Senat Kengashi, qoʻmitalari yoki Senat Komissiyasining qarorlari
Senat Komissiyasining Ish rejasiga muvofiq
Senat Komissiyasi, ishchi guruhlar
2.2. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari faoliyatini samarali tashkil etish masalalari yuzasidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari rahbarlarining axborotini tinglash.
Senat, Senat Kengashi, qoʻmitalari yoki Senat Komissiyasining qarorlari
Senat Komissiyasining Ish rejasiga muvofiq
Senat Komissiyasi
2.3. Inqirozga qarshi hududiy va tarmoq dasturlari amalda roʻyobga chiqarilishi uchun masʼul boʻlgan mahalliy davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining sessiyalarida va ularning sohalar boʻyicha doimiy komissiyalari majlislarida tinglash, shuningdek Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturi doirasida qabul qilingan qaror va hujjatlarning har bir alohida bandi roʻyobga chiqarilishi ustidan Doimiy ravishda nazoratni amalga oshirish.
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning sohalar boʻyicha doimiy komissiyalari qarorlari
Doimiy ravishda
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning sohalar boʻyicha doimiy komissiyalari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, ishchi guruhlar
2.4. Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini roʻyobga chiqarishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining roli va oʻrni toʻgʻrisida mintaqaviy oʻquv seminarlarini oʻtkazish.
Tasdiqlangan dasturlar asosida
Doimiy ravishda
Senat Komissiyasi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, ishchi guruhlar
2.5. “Iqtisodiyotni innovatsion yangilash va rivojlantirish chora-tadbirlarining mintaqaviy jihatlari” mavzuida davra suhbatlari oʻtkazish.
Tasdiqlangan dasturlar asosida
Doimiy ravishda
Senat Komissiyasi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, ishchi guruhlar
3.
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari faoliyatini kuchaytirish maqsadida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining huquqiy madaniyatini oshirish.
3.1. Deputatlik vakolatlarini samarali amalga oshirish uchun joylarda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etish va oʻtkazish.
Tavsiyalar
Senat Komissiyasining Ish rejasiga muvofiq
Senat Komissiyasi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari
3.2. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doimiy komissiyalari raislari uchun ularning ishchanlik fazilatlarini yaxshilash maqsadida tadbirlar tashkil etish va oʻtkazish.
Tavsiyalar
Senat Komissiyasining Ish rejasiga muvofiq
Senat Komissiyasi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari
3.3. Senat yalpi majlislarida koʻrib chiqilgan masalalar toʻgʻrisida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarini muntazam ravishda xabardor qilib turish.
Axborot materiallari
Doimiy ravishda
Senat Komissiyasi, Senat qoʻmitalari
3.4. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari faoliyatini tashkil etish asoslari toʻgʻrisida normativ hujjatlar toʻplamlari, uslubiy qoʻllanmalar (risolalar) va boshqa materiallar ishlab chiqish.
Normativ hujjatlar toʻplamlari, uslubiy qoʻllanmalar (risolalar) va boshqa materiallar
Senat Komissiyasining Ish rejasiga muvofiq
Senat Komissiyasi, Senat qoʻmitalari
3.5. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari olib borayotgan ishlar toʻgʻrisida senatorlar tomonidan materiallar tayyorlash hamda respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish.
Materiallarni o�maviy axborot vositalarida eʼlon qilish
Senat Komissiyasining ish rejasiga muvofiq
Senat Komissiyasi, Senat qoʻmitalari, matbuot kotibi
3.6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining veb-saytiga Senat Komissiyasi faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni va uning materiallarini joylashtirish.
Informatsion axborotlar, tahliliy materiallar
Doimiy ravishda
Senat Komissiyasi, matbuot kotibi
4.
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining saylovchilar bilan aloqasini kuchaytirishda ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorlik mexanizmini takomillashtirish.
4.1. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ular doimiy komissiyalarining qarorlari mahalliy bosma ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishini doimiy monitoring qilish.
Senat Komissiyasining qarorlari
Doimiy ravishda
Senat Komissiyasi, ishchi guruhlar, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari
4.2. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining oʻz faoliyati haqida jamoatchilikni xabardor qilishi.
Materiallarni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish
Doimiy ravishda
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, ishchi guruhlar, Senat Komissiyasi
5.
Xal� deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish.
5.1. Umumlashtirish va tahlil qilish: 1) xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarni; 2) xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining saylovchilar bilan uchrashuvlari yakunlari toʻgʻrisidagi axborotni; 3) xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalari va ularning doimiy komissiyalari qarorlarining ijro etilishi toʻgʻrisidagi axborotni.
Tahliliy materiallar
Senat Komissiyasining Ish rejasiga muvofiq
Senat Komissiyasi, ishchi guruhlar
5.2. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, ularning doimiy komissiyalari hamda deputatlar faoliyatini monitoring qilish yakunlari boʻyicha xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining faoliyatiga doir normativ hujjatlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar ishlab chiqish, kiritish yuzasidan takliflar tayyorlash, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Senat Kengashining qarorlari
Senat Komissiyasining Ish rejasiga muvofiq
Senat Komissiyasi, Senat qoʻmitalari, Senat Kengashi
* Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashlari.
** Senat Komissiyasi — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi.
*** Ishchi guruhlar — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasiga yordam beruvchi ishchi guruhlar.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 29-oktabrdagi 104-II-sonli qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 10-son, 399-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 3-son, 144-modda, 10-son, 399-modda; 2013-y., 3-son, 88-modda)