1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.01.00 Umumiy masalalar. Tashqi iqtisodiy aloqalar subyektlari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.03.00 Bojxona tartibini buzish va buzganlik uchun javobgarlik;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Eksport va import;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA ISTEʼMOL TOVARLARI OLIB KELINIShINI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDA” OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2002 YIL 11 IYuLDAGI PF–3105-SON FARMONIGA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli “Bojxona maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublikaning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelish chogʻida bojxona qonunchiligi qatʼiy va soʻzsiz bajarilishini taʼminlash maqsadida:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga isteʼmol tovarlari olib kelinishini tartibga solish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 11-iyuldagi PF-3105-son Farmoni mazmuni quyidagicha boʻlgan 4-band bilan toʻldirilsin:
“4. Belgilab qoʻyilsinki, 2002-yilning 10-noyabridan boshlab bojxona qonunchiligini buzgan holda koʻp va juda koʻp miqdordagi tovarlar olib oʻtilgan taqdirda jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan tovarlar hamda shunday maqsadlarda foydalanilgan transport vositalari qonunchilikda belgilangan tartibda davlat egaligiga oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi ushbu Farmonning qoidalari ogʻishmay bajarilishini taʼminlasinlar, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida joylardagi davlat hokimiyati organlari, ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda amaldagi qonunchilikning qoida va talablari hamda ularni buzganlik uchun javobgarlik aholi oʻrtasida keng tushuntirilishini taʼminlasinlar”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 11-iyuldagi PF-3105-son Farmonining 4, 5 va 6-bandlari tegishli ravishda 5, 6 va 7-bandlari deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining manfaatdor vazirliklari va idoralari bilan birga oʻn kun muddatda amaldagi qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
4. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.A. Azizov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 6-noyabr,
PF-3159-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 10-11-son, 202-modda)