1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.04.00 Ulgurji savdo]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Savdo va xizmatlar koʻrsatish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
1995 YILDA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI VA NOOZIQ-OVQAT TOVARLARNI ULGURJI SOTISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublika korxonalari va tashkilotlari oʻrtasida bozor munosabatlarini rivojlantirish hamda 1995-yilda oziq-ovqat va nooziq-ovqat xalq isteʼmol tovarlari xarid qilish boʻyicha shartnoma aloqalari oʻrnatilishi jarayonini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat balanslari ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan oziq-ovqat va nooziq-ovqat xalq isteʼmol tovarlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi joriy yilning 10-noyabrigacha muddatda quyidagilarni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasi kiritsin:
1995-yilga asosiy oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari balanslari;
nomenklatura boʻyicha maxsus oluvchilar uchun asosiy oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlariga boʻlgan ehtiyoj hisob-kitobi 2-ilovaga muvofiq.
3. Ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarda koʻrsatilgan oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish yoki markazlashtirilgan tartibda xarid qilish uchun masʼul boʻlgan vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalar maxsus oluvchilar bilan aniq ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida shartnoma aloqalari oʻrnatilishini, koʻrsatib oʻtilgan ilovalarga kirmagan oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari boʻyicha esa maxsus oluvchilarning buyurtnomalari boʻyicha yetkazib berilishini taʼminlasinlar.
4. “Oʻzbeksavdo” uyushmasi (Fayziyev), Oʻzbekbirlashuv” (Abdugʻaniyev) “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi (Sharonov)ning 1994-yil 19-noyabrdan boshlab oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari xarid qilish yarmarka mavsumi ochish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Birinchi yarmarkalar tovarlar guruhi boʻyicha 3-ilovada moʻljallangan muddatlarda oʻtkazilsin.
5. Vazirliklar va idoralar, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalar:
korxonalar va tashkilotlarning, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, yarmarka savdosida qatnashishlarini taʼminlasinlar;
ikki hafta muddatda yarmarka savdosiga qoʻyiladigan tovarlar roʻyxatini, hajmlarini koʻrsatgan holda, maʼlumotnoma-axborot fondi tuzish va kataloglari nashr etish uchun “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasiga taqdim etsinlar,
6. “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi, Oʻzbekbirlashuv, “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasiga, savdo tarmogʻiga ega boʻlgan vazirliklar va idoralarga respublika aholisiga sotish uchun oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini ulgurji yarmarkadan xarid qilish tavsiya qilinsin.
7. “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi yarmarka mavsumini muvaffaqiyatli oʻtkazish uchun tayyorgarlik ishlari majmuini, shu jumladan, keng reklama qilishni amalga oshirsin.
“Oʻzdavteleradio” kompaniyasi (Yaheyev), OʻzA (Hazratqulov) birja savdolari oʻtkazilishini ommaviy axborot vositalarida yoritishni taʼminlasinlar.
8. Yarmarka qoʻmitasining tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
9. Toshkent shahar hokimligi (Toʻlaganov) yarmarkaga boshqa shaharlardan kelgan qatnashchilarni mehmonxonalarda joylar bilan taʼminlasin.
10. Vazirlar Mahkamasining xalq isteʼmol tovarlari, savdo va pulli xizmat koʻrsatish majmuiga bundan buyon oziq-ovqat va nooziq-ovqat xalq isteʼmol tovarlari sotish boʻyicha yarmarkalarning navbatdagi bosqichlarini oʻtkazish muddatlari toʻgʻrisida qaror qabul qilish topshirilsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z.Usmonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 31-oktabr,
528-son
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 31-oktabrdagi 528-son qaroriga 1-ILOVA
Davlat balanslari tasdiqlanadigan oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari
ROʻYXATI
Oʻlchov birligi
Goʻsht
ming tonna
Qand-shakar
— //—
Quruq sut (poroshok holidagi sut)
— // —
Tuz
— // —
Mol yogʻi
— // —
Oziq-ovqat bugʻdoyi
— // —
Oʻsimlik moyi
— // —
Ip gazlama
ming pog m
Gugurt
ming shartli quti
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 31-oktabrdagi 528-son qaroriga 2-ILOVA
Maxsus isteʼmolchilarga ajratiladigan asosiy oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari
NOMENKLATURASI
Oʻlchov birligi
Goʻsht mahsulotlari
tonna
Baliq mahsulotlari
— // —
Qand-shakar
— // —
Quruq sut (poroshok holidagi sut)
— // —
Tuz
— // —
Mol yogʻi
— // —
Makaron mahsulotlari
— // —
Un
— // —
Yorma
— // —
Choy
— // —
Oʻsimlik moyi
— // —
Margarin
— // —
Tuxum
mln dona
Ovqatda ishlatiladigan yogʻ
tonna
Kartoshka
— // —
Tamaki mahsulotlari
ming chekish birligi
Bosh kiyimlar
ming dona
Kirza etiklar
ming juft
Kir sovun
tonna
Gugurt
ming shartli quti
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 31-oktabrdagi 528-son qaroriga 3-ILOVA
Tovarlar guruhi boʻyicha birinchi yarmarkalarni oʻtkazish
JADVALI
Yarmarkada sotiladigan mahsulotlar nomi
Oʻtkazish joyi
Oʻtkazish muddati
Toʻqimachilik tovarlari
Toshkent shahri Navoiy koʻchasi, 7-uy
1994-yil 19 — 24-noyabr
Madaniy-maishiy tovarlar, sport buyumlari, kundalik turmushda ishlatiladigan tovarlar, attorlik-pardoz buyumlari, binokorlik materiallari, ishga yaroqli va nokonditsion chiqitlar
— // —
1994-yil 27-noyabr — 2-dekabr
Poyabzal
— // —
1994-yil 4 — 7-dekabr
Mebel
“Toshkent” mebel ishlab chiqarish birlashmasi, “Magazin—Mavzuk” koʻchasi, 254-uy
1994-yil 9 — 14-dekabr
Kiyim-bosh
Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi,7-uy
1994-yil 16 — 21-dekabr
Oziq-ovqat tovarlari
— // —
1994-yil 22 — 29-dekabr
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 31-oktabrdagi 528-son qaroriga 4-ILOVA
Yarmarka qoʻmitasi
TARKIBI
Rais
—
Usmonov M.Z. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari
Rais oʻrinbosari
—
Sharonov Y.G. — “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi raisi
Rais oʻrinbosari
—
Mansurov A .E. — Vazirlar Mahkamasining xalq isteʼmol tovarlari, savdo va pulli xizmat koʻrsatish boʻlimi mudiri
Yarmarka qoʻmitasi aʼzolari:
Abdugʻaniyev B.A.
—
Oʻzbekbirlashuv boshqaruvi raisi
Hamidov N.I.
—
“Yogʻmoytamakisanoat” uyushmasi raisi
Hidoyatov A.A.
—
“Oʻzgoʻshtsanoat” davlat uyushmasi
Sobirov T.K.
—
“Oʻzmashsanoat” uyushmasi raisi
Qoʻchqorov J.K.
—
Qishloq xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari
Xasanov B.V.
—
“Oʻzbekyengilsanoat” davlat uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari
Mirjalilov M.M.
—
“Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi raisining oʻrinbosari
Saidova G.K.
—
“Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari
Ergashxoʻjayev D.
—
“Oʻztayyorlovsavdo” uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari
Abdurahmonov N.A.
—
“Oʻzbekmebel” davlat birlashmasi raisining oʻrinbosari
Nabiyev U.N.
—
“Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi raisining oʻrinbosari
Pensov B.E.
—
“Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi raisining oʻrinbosari
Hakimov B.A.
—
“Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi raisining oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi
Maxammadjonov Sh.U.
—
“Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari
Rashidov S.J.
—
“Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi raisining oʻrinbosari
Poʻlatov K.A.
—
“Oʻzbaliq” davlat korporatsiyasi raisining oʻrinbosari
Rahimov Sh.X.
—
Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktorining oʻrinbosari
Salimov V.R.
—
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi raisining oʻrinbosari
Shonosirov N. R.
—
“Oʻzmaishiyxizmat” uyushmasi raisining oʻrinbosari
Voznenko A.N.
—
“Oʻzkimyosanoat” uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari
Gʻiyosov N.S.
—
Oʻzbekbirlashuv boshqaruvi raisining oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi
Shayxov I.E.
—
“Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasining doimiy ishlovchi yarmarkasi direktori