Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Yangi sugʻoriladigan yer maydonlarini yanada kengaytirish va qishloq xoʻjaligida foydalanilayotgan mavjud yerlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligining va Qishloq xoʻjaligi vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan
1 va
2-ilovalarga muvofiq 1995-1996-yillarda ilgaridan sugʻorilib kelingan yerlarning unumdorligini qayta tiklash va yangi yerlarni oʻzlashtirish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin. Yangi sugʻoriladigan yerlarni oʻzlashtirish suvdan limit boʻyicha sugʻorish uchun foydalanish hamda suvni tejash texnologiyalarini joriy etish hisobiga suvdan foydalanish hajmini koʻpaytirmagan holda amalga oshirilsin.
Zarurat boʻlganda ijtimoiy-maishiy va muhandislik kommunikatsiyalari obyektlari qurilishi xoʻjaliklar, fermyerlar, tadbirkorlar mablagʻlari va mahalliy budjet hisobiga amalga oshirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzsuvqurilish” davlat konserni, Qishloq xoʻjaligi vazirligi fermer xoʻjaliklariga xoʻjaliklar ichidagi yerlarni shu xoʻjaliklarning mablagʻlari hisobiga belgilangan tartibda toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha oʻzlashtirishda yordam koʻrsatsinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi sugʻorish uchun foydalaniladigan suvni tejash maqsadida 1995-1996-yillarda mavjud sugʻoriladigan yer maydonlari chegarasidagi bogʻlarda, tokzorlarda, paxtazorlarda boshqa ekin maydonlarida
3-ilovaga muvofiq tomchilatib sugʻorishni joriy etishni nazarda tutsin.
4. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi 1995-1996-yillarga moʻljallangan davlat investitsiya dasturlarida mazkur qarorning
1,
2,
3-ilovalarda belgilangan hajmlarda ilgaridan sugʻorilib kelingan yerlarning unumdorligini tiklash, yangi yerlarni oʻzlashtirish, shuningdek tomchilatib sugʻorish boʻyicha ishlarni amalga oshirishni nazarda tutsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi koʻrsatib oʻtilgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maqsadli mablagʻlarni hisob-kitoblarga muvofiq ravishda respublika budjetidan ajratsin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklatilsin.