

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;22.02.2021
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1630978" id="onLBC-1630978">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC9390"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.10.00 Iqtisodiy islohotlar  sohasida davlat boshqaruvi]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1630978" id="onLS-1630978">[<b>TSZ:</b><div id="LS3730"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Umumiy masalalar]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-1630983" id="-1630983">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1630984" id="-1630984">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-1630985" id="-1630985">XALQ XOʻJALIGI TARMOQLARINING 1993 YILDAGI ISh YAKUNLARI VA RESPUBLIKADA IQTISODIY ISLOHOTLARNI YaNADA ChUQURLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1630986" id="-1630986"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-5331027" id="-5331027">Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi <a href="/mact/-5300195?ONDATE=22.02.2021 00#-5300871">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1630988" id="-1630988">Vazirlar Mahkamasi qayd qiladiki, oʻtgan yili respublikada koʻp ukladli iqtisodiyotni shakllantirishga, xalq xoʻjaligini tarkibiy qayta qurishga va Oʻzbekistonning iqtisodiy mustaqilligini belgilovchi bazaviy tarmoqlarni rivojlantirishga, umumiqtisodiy barqarorlik tendensiyalarini mustahkamlashga qaratilgan yoʻl izchillik bilan oʻtkazildi. Umuman iqtisodiyotni isloh qilish jarayoni iqtisodiy siyosatning ishlab chiqilgan prinsiplari va ustuvorliklariga muvofiq amalga oshirildi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1631254" id="-1631254">Shu bilan birga vazirliklar, konsernlar, korporatsiyalar va uyushmalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hozircha iqtisodiy qayta oʻzgartirishlar va bozor mexanizmlarini joriy etishning samaradorligini taʼminlamayaptilar, ayrim tarmoqlar va mintaqalarda esa bu ishga yuzaki yondashilmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1631256" id="-1631256">Davlat mulki obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish koʻpincha rasmiyat uchungina amalga oshirilmoqda, bu esa iqtisodiy va xoʻjalik ichki faoliyatida sifat oʻzgarishlariga olib kelmayapti.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1631259" id="-1631259">Xalq xoʻjaligi tarmoqlarida islohotlar sust amalga oshirilmoqda. Konsernlar, uyushmalar koʻp hollarda rahbarlikning maʼmuriyatchilik va buyruqbozlik uslubini hanuzgacha saqlab kelmoqdalar, bozor konyunkturasini oʻrganishda, sheriklar bilan aloqalar oʻrnatishda korxonalarga amaliy yordamni kam koʻrsatmoqdalar. Xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishni koʻpaytirishda kichik, qoʻshma korxonalarning hissasi sezilarli boʻlmayapti.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1631264" id="-1631264">Kredit emissiyasi nisbatan past boʻlgan bir sharoitda ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun kreditlar berishga tanlab yondashish, shuningdek qarz mablagʻlardan samarali foydalanish ustidan nazorat har doim ham taʼminlanmadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1631303" id="-1631303">Konsernlar, uyushmalar va korxonalar ishlab chiqarishni xaridorgir, raqobatga qobil mahsulotlar ishlab chiqarishga yoʻnaltirish bilan hamon zarur darajada shugʻullanmayaptilar. Xoʻjalik organlarining aksariyat koʻpchiligi eksportga mahsulot yetkazib berish boʻyicha yillik dasturlarning uddasidan chiqmadilar. Dehqonchilik sanoati majmuining salmoqli eksport imkoniyatlari roʻyobga chiqarilmasdan qolmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1631305" id="-1631305">Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1631306" id="-1631306">1. Iqtisodiy siyosat prinsiplarining roʻyobga chiqarilishini soʻzsiz taʼminlash, bozor munosabatlarini joriy etish, islohotlarning barqarorlikka va respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga taʼsirini kuchaytirish vazirliklar, davlat qoʻmitalari, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va korxonalarning, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklarning asosiy vazifasi deb hisoblansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1631307" id="-1631307">2. Vazirlar Mahkamasi majmuilari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining rahbarlariga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga asosiy eʼtiborni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulkni himoya qilishni taʼminlash va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-195887">Farmonini </a>amalda roʻyobga chiqarish bilan bogʻliq birinchi navbatdagi chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratish vazifasi yuklatilsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1631308" id="-1631308">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonini bajarish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining tadbirlari (ilovaga muvofiq)<a href="/mact/-1630978#-1631309">*</a> tasdiqlansin.</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-1631309" id="-1631309">*Ilova berilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1631314" id="-1631314">3. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi (Nosirov):</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1631315" id="-1631315">manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ikki hafta muddatda 1994-yilda davlat ehtiyojlari uchun oziq-ovqat tovarlari, yoqilgʻi-energetika va xomashyo resurslari yetkazib berish hajmlari boʻyicha takliflarni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1631316" id="-1631316">Moliya vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda xalq xoʻjaligini tarkibiy qayta qurishni va moliya, kredit siyosatiga yangicha yondashuvlarni hisobga olgan holda 1994-yil uchun investitsiya dasturini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1631317" id="-1631317">Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda 1994-yil uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti va markazlashtirilgan valyuta mablagʻlari sarflari hajmlari boʻyicha takliflarni tayyorlasin va koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1631318" id="-1631318">4. Bosh vazir oʻrinbosarlari B. S. Hamidov va Oʻ. T. Sultonov:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1631389" id="-1631389">manfaatdor tashkilotlar ishtirokida mahsulotni chetga chiqarish va chetdan keltirish hajmlarining muvozanatiga alohida eʼtiborni qaratgan holda 1994-yilda MDH mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimlarni shakllantirishni shu yilning 1-martigacha toʻgʻrilasinlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1631319" id="-1631319">MDH mamlakatlari bilan savdo va hisob-kitob munosabatlarida xalqaro normalarga oʻtilishini hisobga olgan holda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyat konsepsiyasini tayyorlasinlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1631320" id="-1631320">Vazirlar Mahkamasi majmuilarining rahbarlari bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston oʻrtasida Yagona iqtisodiy makon barpo etish toʻgʻrisidagi shartnomani hamda madaniyat, sogʻliqni saqlash, fan, taʼlim, turizm va sport sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimni roʻyobga chiqarish boʻyicha 1994-yilga moʻljallangan aniq chora-tadbirlar dasturini tayyorlasinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1631321" id="-1631321">MDH davlatlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimlarni tayyorlashda hisob-kitoblar bu davlatlarning Markaziy (Milliy) banklarida tashkil etiladigan kliring markazlari orqali amalga oshirilishidan kelib chiqilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1631322" id="-1631322">5. Moliya vazirligi (Hamidov) va Davlat soliq qoʻmitasi (Gataulin) Markaziy bank bilan birgalikda bir oy muddatda xalq xoʻjaligidagi moliyaviy ahvolni sogʻlomlashtirishga, soliq solish tizimining ragʻbatlantiruvchi rolini kuchaytirishga, kredit resurslaridan samarali foydalanishga, inflatsiya darajasini pasaytirishga qaratilgan moliya, kredit va soliq siyosatini takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlasinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1631323" id="-1631323">6. Davlat soliq qoʻmitasi (Gataulin) toʻlanishi kerak boʻlgan toʻlovlarning budjetga toʻliq va oʻz vaqtida tushishi ustidan nazoratni kuchaytirish hamda jismoniy shaxslar tomonidan daromadlar toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etilishiga oʻtish mexanizmini bir oy muddatda ishlab chiqsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1631324" id="-1631324">7. Markaziy bankka (Mullajonov) respublikadagi pul islohotining boshlangʻich bosqichi natijalarini tahlil qilish va “Soʻm-Kuponlar”ning mustahkamlanishini taʼminlovchi, uning muomalada boʻlishini jadallashtiruvchi va milliy valyutaga oʻtish uchun shart-sharoitlar yaratuvchi chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish tavsiya etilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1631325" id="-1631325">8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari naqd pullarning muomalada boʻlishini jadallashtirish maqsadida isteʼmol mollari ishlab chiqarishni koʻpaytirishga, pulli xizmatlar turlarini kengaytirishga, aholi uchun mahsulotlar sotish boʻyicha turli yarmarkalar, shuningdek madaniy-maʼrifiy va tomosha tadbirlari tashkil etishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1631326" id="-1631326">Belgilab qoʻyilsinki, naqd pullarning muomalada boʻlish surʼatlarining susayishiga hamda har bir emissiya holatiga iqtisodiy islohotlarning borishiga toʻsqinlik qiluvchi va pul muomalasini barqarorlashtirish boʻyicha shoshilinch chora-tadbirlar koʻrishni talab qiluvchi omil sifatida qaralishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1631327" id="-1631327">9. Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi soliq toʻlovchilarga hokimliklar tomonidan asossiz ravishda qoʻshimcha imtiyozlar berish va ularni budjetga majburiy toʻlovlardan ozod qilish hollarini tahlil etsinlar. Natijasi Vazirlar Mahkamasiga maʼlum qilinsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1631328" id="-1631328">Soliqlarni va yigʻimlarni shakllantirish jarayoniga hokimliklar va boshqaruvning boshqa organlari tomonidan har bir aralashuvga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligini qoʻpol ravishda buzish sifatida qaralsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1631329" id="-1631329">10. Vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalarning rahbarlari yilni zarar bilan yakunlagan korxonalar va muassasalarning bundan buyon faoliyat koʻrsatishi yoki koʻrsatmasligi masalasini koʻrib chiqsinlar hamda shu yilning 1-apreligacha Vazirlar Mahkamasi majmuilariga ularning yoʻnalishini, mulkchilik shaklini oʻzgartirish yoki ularni tugatish toʻgʻrisida taklif kiritsinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1631330" id="-1631330">11. Xalq xoʻjaligini zarur xomashyo resurslari va aholini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz va kafolatli taʼminlash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasi (Joʻrabekov) bir oy muddatda ichki bozorni oziq-ovqat tovarlari bilan toʻldirish, eng avvalo, oʻz ishlab chiqarishi hajmlarini koʻpaytirish hamda boshqa mamlakatlardan keltirish hisobiga toʻldirish boʻyicha takliflar tayyorlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1631331" id="-1631331">12. Respublikada amalga oshiriladigan chuqur iqtisodiy islohotlar kadrlar imkoniyatlarining yanada toʻlaroq safarbar etilishini taqozo qilishini hisobga olgan holda vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qatʼiyat bilan barcha uchastkalarni oʻz ishini yaxshi bilgan, tashabbuskor va uddaburon kadrlar bilan mustahkamlasinlar, islohotlarning samarali oʻtkazilishi uchun masʼuliyatni va ijro intizomini oshirsinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1631332" id="-1631332">13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1631333" id="-1631333">Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1631336" id="-1631336">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1631339" id="-1631339">1994-yil 23-fevral,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-1631343" id="-1631343">91-son</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
