DAVLAT SOLIQ XIZMATI ORGANLARI FAOLIYATINI HUQUQIY TARTIBGA SOLIShNI YANADA TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 677-sonli “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 8-yanvardagi PQ-1257-son qarorini bajarish yuzasidan hamda davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining raisi zimmasiga davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan ushbu qaror bilan tasdiqlangan nizomlarda nazarda tutilgan normalar va talablarga qatʼiy rioya etilishi yuzasidan javobgarlik yuklansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 21-may,
98-son
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98- son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 8-yanvardagi PQ-1257-son qaroriga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat soliq qoʻmitasi deb ataladi) maqomi, vazifalari, funksiyalari, vakolatlarini va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
2. Davlat soliq qoʻmitasi soliq qonunchiligiga rioya etilishini, davlatning iqtisodiy manfaatlari va mulkiy huquqlari himoya qilinishini taʼminlash sohasidagi nazorat boʻyicha respublika davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Davlat soliq qoʻmitasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
3. Davlat soliq qoʻmitasi tizimiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, tumanlar, shaharlar va shaharlardagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalari (keyingi oʻrinlarda davlat soliq xizmatining hududiy organlari deb ataladi), shuningdek tasarrufidagi tashkilotlar va taʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda tasarrufidagi tashkilotlar deb ataladi) kiradi.
Davlat soliq xizmati organlari oʻz faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqil ravishda amalga oshiradilar.
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida qabul qilinadigan qarorlar barcha soliq toʻlovchilar – yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va jismoniy shaxslar uchun majburiy hisoblanadi.
4. Davlat soliq qoʻmitasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
5. Davlat soliq xizmati organlari oʻzlariga yuklangan vazifalarni davlat boshqaruvi boshqa organlari, mahalliy davlati hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qilish, statistika va moliya organlari, banklar hamda boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda bajaradilar.
6. Davlat soliq qoʻmitasining, davlat soliq xizmati hududiy organlarining moddiy-texnika taʼminoti, shu jumladan ularning xodimlari mehnatiga haq toʻlash budjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari, Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
7. Davlat soliq qoʻmitasi va davlat soliq xizmati hududiy organlari yuridik shaxs hisoblanadilar, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladilar.
II. Davlat soliq qoʻmitasining asosiy vazifalari
8. Quyidagilar Davlat soliq qoʻmitasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
davlat soliq siyosatini amalga oshirish va soliq qonunchiligiga, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻgʻri hisoblanishiga, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishiga rioya qilinishi yuzasidan taʼsirchan nazoratni taʼminlash;
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga, davlat maqsadli jamgʻarmalariga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga toʻliq miqdorda tushishini taʼminlash;
soliqlarning yigʻiluvchanligini oshirish chora-tadbirlarini roʻyobga chiqarish, axborot resurs maʼlumotlarining yagona integratsiyalashtirilgan bazasini yuritish asosida soliq toʻlovchilarni hisobga olish mexanizmlarini takomillashtirish, ularga koʻrsatiladigan axborot-maslahat xizmatlari va interaktiv xizmatlar sohasini kengaytirish, soliq sohasidagi huquq buzilishlarining oldini olish, aniqlash va ularga barham berish boʻyicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish;
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-dekabrdagi 353-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 50-son, 565-modda)
pul mablagʻlarining noqonuniy aylanishi manbalariga barham berish, aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan naqd pul tushumlarining oʻz vaqtida va toʻliq topshirilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlash;
xoʻjalik yurituvchi subyektlar, yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatini ragʻbatlantirish boʻyicha qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, ularga zarur imtiyozlar va preferensiyalar berish yuzasidan takliflar kiritish;
bozorlar va savdo komplekslarining moliyaviy-xoʻjalik faoliyati, ular tomonidan soliq qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan qatʼiy nazoratni amalga oshirish va ularning hududida aniqlangan huquq buzilishlari boʻyicha surishtiruvlar oʻtkazish, jinoiy ishlarni huquqni muhofaza qilish organlariga berish;
respublika nazorat qiluvchi organlarining xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish masalalari boʻyicha muvofiqlashtirilishini taʼminlash, ushbu ishlarni oʻtkazishda bir-birini takrorlashga va suiisteʼmolchiliklarga yoʻl qoʻymaslik;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta hamda eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda oʻz vakolatlari doirasida qonunchilikka qatʼiy rioya etilishi yuzasidan taʼsirchan nazoratni amalga oshirish;
soliq xizmati organlarini halol, yuqori malakali xodimlar bilan taʼminlash, korrupsiya va ishga rasmiyatchilik bilan yondashish holatlariga keskin barham berish ishlarini tizimli amalga oshirish, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni doimiy ravishda taʼminlash.
III. Davlat soliq qoʻmitasining funksiyalari
9. Davlat soliq qoʻmitasi oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
a) davlat soliq siyosatini amalga oshirish sohasida:
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga, davlat maqsadli jamgʻarmalariga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga tushishi prognozini ishlab chiqishda qatnashadi;
soliqqa oid qonun hujjatlarini, shu jumladan tabiiy resurslardan ehtiyotlab va samarali foydalanishni ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilgan qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, soliqlarni va boshqa majburiy toʻlovlarni unifikatsiya qilish, soliq yukini qisqartirish, soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va erkinlashtirish, xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini ragʻbatlantirish, ularga zarur imtiyozlar va preferensiyalar berish boʻyicha takliflar tayyorlashda qatnashadi;
belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda boshqa vazirliklari va idoralari bilan birgalikda soliq qonunchiligiga muvofiq soliq solish masalalari boʻyicha idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
soliq hisobotlari hamda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqish, toʻlash bilan bogʻliq boshqa hujjatlar shakllarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
soliq qonunchiligi boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar toʻplamlarini nashr qiladi, davlat soliq xizmati organlarini qonun hujjatlari bilan taʼminlash chora-tadbirlarini koʻradi;
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar bilan soliq sohasida hamkorlik qilish masalalari boʻyicha xalqaro shartnomalari loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi hamda ularning belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlaydi;
b) soliq sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻgʻri hisoblab chiqilishi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishi yuzasidan taʼsirchan nazoratni taʼminlash sohasida:
soliq toʻlovchilar faoliyatini belgilangan tartibda soliq boʻyicha tekshiradi, shuningdek jamgʻarib boriladigan pensiya majburiy badallarining toʻgʻri hisoblab chiqilishini, xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ularning fuqarolarning yakka tartibdagi jamgʻarib boriladigan pensiya hisob raqamlariga toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishini tekshiradi;
davlat soliq xizmati organlari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibiga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda qonun hujjatlariga qatʼiy rioya etilishini belgilangan tartibda nazorat qiladi;
soliq toʻlovchilardan yoki ularning mansabdor shaxslaridan tushuntirish xatlari oladi, soliq toʻlovchining mol-mulki mavjudligini tekshiradi, shuningdek hududlarni, ishlab chiqarish, omborxona, savdo binolarini va boshqa binolarni, shu jumladan soliq toʻlovchilar tomonidan daromadlar olish uchun foydalaniladigan yoxud soliq solish obyektini saqlash bilan bogʻliq joylarni koʻzdan kechiradi (tekshiradi);
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan pul mablagʻlari va moddiy boyliklarning buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibiga rioya qilinishini, korxonalar hududiga moddiy boyliklarni olib kirish va u erdan olib chiqishda korxonalarda ruxsat berish tizimi ishlarining tashkil etilishi holatini tekshiradi;
soliq toʻlovchining moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) davomida hisobotdagi maʼlumotlarning ishonchliligi va toʻgʻriligini aniqlash, davlat soliq xizmati organlariga taqdim etilgan moliyaviy hisobotlar va soliq hisob-kitoblarida faktlarning buzib koʻrsatilishini aniqlash va ularni bartaraf qilish uchun buxgalteriya hisoblari va moliyaviy hisobotlarni tekshiradi;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
soliq sohasidagi qonun hujjatlarining buzilishlari toʻgʻrisidagi arizalar, xabarlar va boshqa axborotlarni tekshiradi;
soliq qonunchiligining buzilishi holatlarini tahlil qiladi hamda soliqqa doir huquq buzilishlariga koʻmaklashadigan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan tegishli organlarga takliflar kiritadi;
huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda soliqqa oid huquq buzilishlariga qarshi kurashishning uzoq muddatli hamda joriy dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish masalalari boʻyicha respublika nazorat organlari faoliyatining muvofiqlashtirilishini, ushbu ishni amalga oshirishda bir-birini takrorlashga va suiisteʼmolchiliklarga yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlaydi;
v) soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga, davlat maqsadli jamgʻarmalariga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga toʻliq miqdorda tushishini taʼminlash sohasida:
soliq toʻlovchilarning majburiyatlari paydo boʻlishi (toʻxtatilishi) toʻgʻrisida axborot taqdim etadigan organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
belgilangan tartibda soliq toʻlovchilar tomonidan taqdim etilgan moliya va soliq hisobotlarini, shuningdek soliq toʻlovchilarning faoliyati toʻgʻrisida soliq organlari axborot resurs maʼlumotlarining yagona integratsiyalashgan bazasida yigʻilgan boshqa hujjatlarni oʻrganish va tahlil qilish asosida kameral nazoratni amalga oshiradi;
(9-bandning “v” kichik bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-dekabrdagi 353-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 50-son, 565-modda)
davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan pul mablagʻlarining davlat daromadiga toʻliq va oʻz vaqtida tushishini, shuningdek davlat organlariga berilgan mol-mulk hisobini nazorat qiladi;
yuridik shaxslar tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi uchun toʻlov muddati oʻtgan qarzlarni yigʻadi va mablagʻlarning toʻliq tushishini nazorat qiladi;
g) soliq toʻlovchilar, soliq solish obyektlari hamda soliq solish bilan bogʻliq boʻlgan obyektlarning toʻliq va oʻz vaqtida hisobga olinishini taʼminlash, ularni toʻliq qamrash va hisobga olish mexanizmlarini takomillashtirish, Soliq toʻlovchilar identifikatsiyalash tartib raqamlarining yagona reyestrini yuritish sohasida:
soliq toʻlovchilar, soliq solish obyektlari hamda soliq solish bilan bogʻliq boʻlgan obyektlarning toʻliq va oʻz vaqtida hisobga olinishini taʼminlaydi;
(9-bandning “g” kichik bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
yuridik va jismoniy shaxslarga ularni, identifikatsiyalash tartib raqamlari bergan holda, soliq toʻlovchilar sifatida hisobga qoʻyish toʻgʻrisida hujjatlar berishni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil qiladi;
Soliq toʻlovchilar identifikatsiyalash tartib raqamlarining yagona reyestrini shakllantiradi va yuritadi;
soliq organlari axborot resurs maʼlumotlarining yagona integratsiyalashtirilgan bazasida soliq toʻlovchilar boʻyicha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning hisoblab chiqilishi va amaldagi tushumlari hisobini yuritadi;
(9-bandning “g” kichik bandi oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-dekabrdagi 353-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 50-son, 565-modda)
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar hisobini yuritadi;
banklar tomonidan tegishli axborot taqdim etilishiga koʻra bank schyotlari boʻyicha olti oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik faoliyati boʻyicha — uch oy mobaynida) pul operatsiyalarini amalga oshirgan holda moliya-xoʻjalik faoliyatini yuritmayotgan korxonalarni aniqlaydi;
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning davlat soliq xizmati organlarida hisobga turishdan bosh tortishi mexanizmlarini oʻrganadi, aniqlaydi va bartaraf etadi;
axborot xavfsizligi taʼminlanishini hisobga olgan holda, barcha soliq toʻlovchilar va soliq tushumlari boʻyicha axborot resurs maʼlumotlarining yagona integratsiyalashtirilgan bazasini tashkil qiladi;
(9-bandning “g” kichik bandi oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-dekabrdagi 353-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 50-son, 565-modda)
soliq axborotlarini qabul qilib olish, ishlash, uzatish va saqlash jarayonlarini avtomatlashtirish chora-tadbirlarini koʻradi;
davlat soliq xizmati organlarida, axborot xavfsizligini taʼminlashni hisobga olgan holda, yagona axborot, dasturiy-texnik va telekommunikatsiya tizimi joriy etilishini tashkil qiladi;
soliq maʼmuriyatchiligi jarayonida davlat soliq xizmati organlari ishiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etadi hamda xarajatlarni maqbullashtirish va resurs taʼminotini rivojlantirish uchun ularni texnologik jarayonlarni yuritishning zamonaviy tizimlari va boshqarishning tezkor vositalari bilan jihozlaydi.
(9-bandning “g” kichik bandi oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-dekabrdagi 353-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 50-son, 565-modda)
d) soliq solish bazasini kengaytirish hamda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yigʻiluvchanligini oshirish chora-tadbirlarini roʻyobga chiqarish, soliq sohasidagi huquq buzilishlarining oldini olish, aniqlash va ularga barham berish boʻyicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish sohasida:
soliqqa oid huquq buzilishlarini sodir qilgan shaxslarni qidirib topish uchun materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga belgilangan tartibda beradi, davlatga yetkazilgan zararni belgilangan tartibda undirishni taʼminlash chora-tadbirlarini koʻradi;
soliqlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga, davlat maqsadli jamgʻarmalariga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha toʻlov muddati oʻtgan qarzlarning Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq undirishga yoʻnaltirilgan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlar tashkil etilishi va qoʻllanishini taʼminlaydi;
aksizga tortiladigan tovarlarni ishlab chiqarish va ularning muomalada boʻlishidagi huquq buzilishlarini aniqlash, oldini olish va ularga barham berishni belgilangan tartibda tashkil qiladi va amalga oshiradi;
ishlab chiqarish va daromadlar miqdorlarini yashirish, sotilgan mahsulotlar, ishlar va xizmatlar hajmlarini kamaytirib koʻrsatish mexanizmlarini oʻrganish va aniqlashni tashkil qiladi hamda amalga oshiradi, koʻrsatib oʻtilgan mexanizmlarning qoʻllanishini bartaraf etish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
maʼmuriy huquqbuzilishlari boʻyicha ishlarni yuritadi;
soliqqa oid jinoyatlarning sodir etilishi holatlarini aniqlash uchun, surishtirish, tergov va suddan yashirinib yurgan shaxslarni qidirib topish uchun ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan foydalanadi;
e) pul mablagʻlarining noqonuniy aylanishi manbalariga barham berish, naqd pul tushumining aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan banklar kassalariga oʻz vaqtida va toʻliq topshirilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlash sohasida:
savdo va xizmatlar koʻrsatishni tashkil etishning qonunchilikka muvofiqligi, shu jumladan nazorat-kassa mashinalarini, plastik kartochkalardan toʻlovlarni qabul qilib olish boʻyicha hisob-kitob terminallarini qoʻllanish, alkogolli va tamaki mahsulotlarini sotish hamda markirovka qilish qoidalariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
tovarlarni ulgurji sotishda qonun hujjatlarida belgilangan talablarning bajarilishini oʻz vakolatlari doirasida nazorat qiladi;
naqd pul mablagʻlari muomalada boʻlishining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda naqd pul aylanmasiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan huquq buzilishlarini aniqlash, oldini olish va ularga barham berish tadbirlarini tashkil qiladi va amalga oshiradi;
savdo, umumiy ovqatlanish va pulli xizmatlar koʻrsatish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan savdo va naqd tushumni banklar kassalariga topshirish qoidalariga rioya etilishini belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirishlarni amalga oshiradi;
j) soliq qonunchiligiga rioya etish uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlash, soliq toʻlovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishda yordam koʻrsatish, ularga koʻrsatiladigan axborot-maslahat xizmatlari turlarini kengaytirish sohasida:
soliqqa doir qonun hujjatlarini nashr etish, koʻpaytirish va davlat soliq xizmati hududiy organlariga yetkazish, maslahat xizmatlari koʻrsatish, soliq toʻlovchilarni soliqlarni oʻz vaqtida hisoblab chiqish, soliq hisobotlarini va soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqish va toʻlash bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hujjatlarni taqdim etishga oʻqitish uchun servis-markazlar tashkil qiladi;
soliq solish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni soliq toʻlovchilarga oʻz vaqtida yetkazish ishlarini tashkil etadi;
soliq toʻlovchilarga real vaqt rejimida keng koʻlamli interaktiv xizmatlar koʻrsatilishini tashkil etadi;
(9-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-dekabrdagi 353-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 50-son, 565-modda)
yuridik va jismoniy shaxslarning soliq sohasidagi huquqlari va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlari himoyalanishini taʼminlaydi;
yuridik va jismoniy shaxslarning soliq solish va soliq qonunchiligi buzilishi masalalari boʻyicha murojaatlarini belgilangan tartibda koʻrib chiqadi;
qonun hujjatlariga muvofiq soliq toʻlovchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning maxfiyligiga rioya etish ishlarini tashkil qiladi;
z) bozorlar va savdo komplekslarining moliya-xoʻjalik faoliyati yuzasidan qatʼiy nazoratni amalga oshirish sohasida:
bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash boʻlgan avtomobillarni vaqtinchalik saqlash joylarida moliyaviy-iqtisodiy hamda soliq sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquq buzilishlarini aniqlaydi, ularning oldini oladi va ularga barham beradi;
bozorlar va savdo komplekslari hududlarida sifatsiz, qalbakilashtirilgan (yasama) yoki kontrabanda tovarlarini tayyorlash va sotishga qarshi kurashadi;
bozorlar, savdo komplekslari hududlarida, ularga tutash boʻlgan avtomobil vositalarini toʻxtash joylaridan, shuningdek ular hududida faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatidan olingan pul oqimlari va mablagʻlar tushumi hisobining toʻliqligini taʼminlaydi;
bozorlar, savdo komplekslari hududlarida, ularga tutash boʻlgan avtomobil vositalarini toʻxtash joylaridan moliyaviy-iqtisodiy va soliq sohalarida huquqni buzish sodir etilishi holatlari boʻyicha tergovdan oldingi tekshirishlarni tashkil etadi va olib boradi, jinoiy ishlar qoʻzgʻaydi, ular boʻyicha surishtiruv ishlarini amalga oshiradi, jinoyat ishlarini tergovga tegishliligiga koʻra huquqni muhofaza qilish organlariga beradi;
soliqqa oid huquq buzilishlari natijasida davlatga, yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan zararning belgilangan tartibda undirilishini taʼminlash chora-tadbirlarini koʻradi;
i) davlat soliq xizmati organlarini halol, yuqori malakali, oʻz ishiga sadoqatli xodimlar bilan taʼminlash, kadrlar tarkibining sifat darajasini yaxshilash boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirish sohasida:
qoʻyilgan talablarga muvofiq kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish ishlarini, shu jumladan davlat soliq xizmatining hududiy organlarida, tashkil etadi;
belgilangan tartibda taʼlim muassasalari tashkil etish, shuningdek davlat oliy taʼlim muassasalari imkoniyatlaridan foydalanish yoʻli bilan davlat soliq xizmati organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarining doimiy asosda tashkil etilishini taʼminlaydi;
davlat soliq xizmati organlari xodimlari lavozimlarining malaka tavsifnomalarini ishlab chiqadi, rahbarlar va mutaxassislarni attestatsiyadan oʻtkazadi, ularga oʻz vakolatlari doirasida maxsus unvonlar beradi;
kadrlarni Oʻzbekiston Respublikasiga sodiqlik, vatanparvarlik, halollik hamda huquqiy davlat gʻoyalari va asoslarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash yuzasidan uzluksiz ishlarni amalga oshiradi;
tegishli tanlovdan oʻtmagan yoki lavozim vazifalarini jiddiy buzganligi uchun ilgari davlat soliq xizmati organlaridan boʻshatilgan shaxslarning ishga qabul qilinishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;
davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan soliq toʻlovchilarga nisbatan gʻarazli maqsadlarda noqonuniy taʼsir koʻrsatish holatlarini aniqlaydi va ularga barham beradi;
soliq organlarida korrupsiya holatlarini aniqlashga, ularning oldini olishga va ularga barham berishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi, tashkil etadi va ularni amalga oshirishda qatnashadi;
xizmat vazifalarini bajarayotganda davlat soliq xizmati organlari xodimlarini noqonuniy tajovuzlardan himoya qilishni taʼminlash yuzasidan chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
har ikki yilda koʻpi bilan bir marta davlat soliq xizmati hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlarining budjet va xoʻjalik faoliyati boʻyicha xarajatlar smetalari ijrosi yuzasidan taftishni amalga oshiradi. Juda zarur boʻlganda va moliya-xoʻjalik faoliyatida qonun buzilishlariga yoʻl qoʻyilgan holatlar toʻgʻrisida ishonchli axborot mavjud boʻlgan taqdirda navbatdan tashqari taftishlar oʻtkazilishi mumkin;
davlat soliq xizmati hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan moddiy va pul resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari bajarilishini taʼminlaydi, xoʻjasizlik, isrofgarchilik, davlat mablagʻlarini va budjetdan tashqari mablagʻlarni asossiz ravishda sarflash, smeta intizomini buzish hollariga barham beradi.
IV. Davlat soliq qoʻmitasining vakolatlari
10. Davlat soliq qoʻmitasi oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
10.1) soliq toʻlovchilarning moliyaviy hujjatlarini, shartnomalarini (kontraktlarini), rejalarini, smetalarini, daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarini hamda soliqlarni boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqish va toʻlash, fuqarolarning yakka tartibdagi jamgʻarib boriladigan pensiya hisob raqamlariga jamgʻarib boriladigan majburiy pensiya badallarini toʻlash bilan bogʻliq boshqa hujjatlarini, shu jumladan elektron hujjatlarini, shuningdek eksport-import operatsiyalari bilan bogʻliq hujjatlarini tekshirish (shu jumladan, soliq toʻlovchi bilan bogʻliq boʻlgan subyektlarni muqobil tekshirish);
10.2) soliq tekshirishlarini amalga oshirishda:
hududni, ishlab chiqarish, omborxona, savdo binolarini va boshqa binolarni, shu jumladan soliq soluvchi tomonidan daromadlar olish uchun foydalaniladigan yoxud soliq solish obyektlarini saqlash bilan bogʻliq joylarni tekshirish;
mol-mulklarni xatlash va bajarilgan ishlarni, koʻrsatilgan xizmatlarni nazorat tartibida oʻlchash;
kassalarni hamda tovar-moddiy boyliklar va hujjatlar (shu jumladan elektron tarzidagi hujjatlarni) saqlash joylarini muhrlab qoʻyish;
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqish va toʻlash bilan bogʻliq hujjatlarni talab qilish;
hujjatlarni (nusxalarini, shuningdek asl nusxalarini), shu jumladan elektron hujjatlarni, shuningdek predmetlarni (tovarlar, buyumlar, xomashyolar, materiallar va chala tayyor mahsulotlar namunalarini) olib qoʻyish, olib qoʻyilishi soliq toʻlovchi faoliyatining toʻxtab qolishiga olib keladigan hujjatlar bundan mustasno. Soliq toʻlovchi faoliyatining toʻxtab qolishiga olib keladigan hujjatlar va predmetlarni olib qoʻyish faqat sud qarori asosida amalga oshiriladi;
soliq toʻlovchidan, shuningdek rahbarlik funksiyalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish funksiyalarini amalga oshiradigan shaxslardan, soliq toʻlovchining boshqa moddiy javobgar xodimlaridan tushuntirish xatlari olish;
tarjimonni, ekspertni jalb etish va ekspertizani tayinlash;
soliq qonunchiligining aniqlangan buzilishlari bartaraf etilishini talab qilish;
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xatti-harakatlarni amalga oshirish;
10.3) savdo, tovarlar sotish va pulli xizmatlar koʻrsatish qoidalariga rioya etilishini, shuningdek naqd pul tushumining bankka oʻz vaqtida topshirilishini tekshirish;
10.5) oʻzlarida mavjud boʻlgan soliq toʻlovchi toʻgʻrisidagi axborotlar, shuningdek soliq toʻlovchi tomonidan hisobga olish hujjatlari yoʻqotib qoʻyilgan yoki yoʻq qilingan hollarda boshqa ana shunday soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida hisob-kitob qilish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlanishi kerak boʻlgan soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlar summasini mustaqil ravishda belgilash;
(10-bandning 10.5 kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
10.6) soliq majburiyati boʻyicha daʼvo bildirilgan muddat mobaynida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning hisoblab chiqilgan summasini hisoblab chiqish yoki qayta koʻrib chiqish;
10.7) davlat organlarini hamda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish funksiyalarini amalga oshiruvchi tashkilotlarni soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻgʻri hisoblab chiqilganligi, toʻliq undirilganligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga hamda davlat maqsadli jamgʻarmalariga oʻz vaqtida oʻtkazilganligi yuzasidan nazorat qilish;
(10-bandning 10.7 kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
10.8) soliq tekshiruvini oʻtkazishga soliq toʻlovchi tomonidan toʻsqinlik qilingan yoki hududlarni, binolarni, shu jumladan, soliq toʻlovchi tomonidan daromadlar olish uchun foydalanilayotgan yoxud soliq solish obyektini saqlash bilan bogʻliq joylarni tekshirish uchun davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslarini kiritish rad etilganda, soliq toʻlovchi maʼlum qilingan manzilda boʻlmaganda, shuningdek soliq toʻlovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot, kameral nazorat natijalari boʻyicha tafovutlarning asoslari yoxud aniqlashtirilgan soliq hisoboti belgilangan muddatda taqdim etilmagan hollarda bank schyotlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish boʻyicha sud tartibida chora-tadbirlar koʻrish (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legalizatsiya qilishning hamda terrorizmni moliyalashtirishning aniqlangan holatlari bundan mustasno).
(10-bandning 10.8-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 25-maydagi 177-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 21-son, 240-modda)
10.9) quyidagilarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:
soliq sohasidagi huquq buzilishlari toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish va yuridik hamda jismoniy shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar sud tartibda qoʻllanadi, ular sodir etilgan huquq buzilishidagi aybini eʼtirof etgan va moliyaviy sanksiyalar summasini ixtiyoriy ravishda toʻlagan holatlar bundan mustasno;
maʼmuriy huquq buzilishlari toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazolar qoʻllash;
10.10) aniqlangan soliq sohasidagi huquq buzilishlari holatlari boʻyicha tovar-moddiy boyliklarni qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda davlat daromadiga oʻtkazish. Soliq toʻlovchilar — yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlarning tovar-moddiy boyliklarini davlat daromadiga oʻtkazish sud tartibida amalga oshiriladi;
10.11) soliq toʻlovchi tomonidan noqonuniy olingan mablagʻlarni davlat daromadiga undirish toʻgʻrisida soliq toʻlovchilarga nisbatan sudga daʼvolar taqdim etish;
10.12) soliq toʻlovchi majburiyatlarining bajarilishi zarurligi toʻgʻrisida va soliq boʻyicha qarzlarni majburiy tartibda undirish boʻycha koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida soliq toʻlovchiga talabnoma yuborish;
10.13) soliq hisobotlari taqdim etilgan sanadan boshlab oʻn kun mobaynida soliq toʻlovchi tomonidan yozma ariza taqdim etilmagan taqdirda, ortiqcha toʻlangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summasini soliq boʻycha qarzni, shu jumladan ular boʻyicha penya va jarimalarni toʻlash hisobiga kiritish toʻgʻrisida tegishli moliya organlariga mustaqil ravishda xulosa taqdim etish;
10.14) Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan hollarda hujjatlarni, agar ular chet tilda tuzilgan boʻlsa, notarial tasdiqlagan holda davlat tiliga tarjima qilishni talab qilish;
10.15) yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan soliqning joriy toʻlovlarini soliqning haqiqiy summasidan kelib chiqib, qayta hisoblab chiqish, nazarda tutilayotgan soliq solinadigan foydadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqilgan yuridik shaxslar foydasidan olinadigan soliq summasi kamaytirib koʻrsatilgan taqdirda hisobot davrida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga toʻlanishi kerak boʻlgan yuridik shaxslar foydasidan olinadigan soliq summasiga nisbatan 10 foizdan koʻp miqdorda penya hisoblab yozish;
(10-bandning 10.15 kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
10.16) bozorlarda, savdo komplekslarida va ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash joylarida bir martalik yigʻimning toʻliq tushganligini va uni topshirish hisobini, ijara toʻlovini, nazorat-kassa mashinalaridan foydalanilishini, hisob-kitob terminallarini, savdo va xizmatlar koʻrsatish qoidalariga rioya etilishini qisqa muddatli tekshirishlarni amalga oshirish;
10.17) bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash joylarida aniqlangan moliya-iqtisodiy va soliq sohalaridagi buzilishlar sodir etilganligi holatlari boʻyicha surishtiruvgacha boʻlgan tekshirishlar oʻtkazish, ular boʻyicha jinoiy ishlar qoʻzgʻash va surishtiruvlar oʻtkazish, keyinchalik ishlarni muntazamligiga koʻra qonun hujjatlariga muvofiq huquqni muhofaza qilish organlariga berish.
Davlat soliq xizmati organlari ushbu Nizomda va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham egadirlar.
10.1—10.7-kichik bandlarida nazarda tutilgan huquqlar — belgilangan vakolatlar doirasida davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslariga beriladi;
10.8—10.15-kichik bandlarida nazarda tutilgan huquqlar — davlat soliq xizmati organlari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlariga beriladi;
10.16 va 10.17-kichik bandlarida nazarda tutilgan huquqlar — Davlat soliq qoʻmitasi hamda uning hududiy organlarining Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi mansabdor shaxslariga beriladi.
12. Davlat soliq xizmati organlariga davlat statistika, axborot, arxiv, maʼlumotnoma tashkilotlari va boshqa tashkilotlar tomonidan soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar berish yuzasidan xizmatlar (ishlar) bepul amalga oshiriladi.
V. Davlat soliq qoʻmitasi mansabdor shaxslarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
13. Davlat soliq qoʻmitasi mansabdor shaxslarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, ushbu Nizom, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq organlarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi Nizom bilan tartibga solinadi.
14. Davlat soliq qoʻmitasining mansabdor shaxslari:
oʻzlarining funksional vazifalarini bajarmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganligi, ijro intizomini buzganligi;
mazkur Nizom va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilmaganligi;
noqonuniy xatti-harakatlar (harakatsizlik) tufayli soliq toʻlovchilarga moddiy va maʼnaviy zarar yetkazganligi;
oʻzlarining noqonuniy xatti-harakatlari (harakatsizligi) tufayli xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish hajmlarini pasaytirganligi va soliq solish bazasini kamaytirganligi;
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmagan qarorlar qabul qilganligi;
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquq buzilishlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javob beradilar.
15. Davlat soliq organlari xodimlari tomonidan oʻz xizmat vakolatlarini oshirib yuborish, shuningdek oʻzlariga yuklangan funksional vazifalarni bajarmaslik Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda intizomiy, maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka olib keladi.
16. Soliq nazoratini amalga oshirishda Davlat soliq qoʻmitasi mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari tufayli yetkazilgan zararlar qonunda belgilangan tartibda qoplanishi kerak.
17. Tekshirilgan soliq davri uchun soliq toʻlovchi tomonidan toʻlanishi kerak boʻlgan yoki toʻlangan aynan bir xil soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha tekshirishlarni takroran oʻtkazish taqiqlanadi.
18. Jismoniy va yuridik shaxslar oʻz huquq va erkinliklarini buzayotgan Davlat soliq qoʻmitasi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari (qarorlari) yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda Davlat soliq qoʻmitasi rahbariyatiga yoxud bevosita sudga shikoyatlar bilan murojaat qilishga haqlidirlar.
VI. Moddiy taʼminot
19. Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining ish haqi lavozim maoshidan, maxsus unvonlar, uzoq xizmat muddati uchun ustamalardan, boshqa qoʻshimcha haqlardan iborat boʻladi hamda u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlanadi.
20. Nazorat-taftish bosh boshqarmasining hamda Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasining xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan ular lavozim maoshining 20 foizi miqdorida maxsus ustamalar belgilanadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
21. Quyidagilar davlat soliq xizmati organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishning asosiy turlari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga toʻlovlar tushumlari prognozi bajarilganligi va ortigʻi bilan bajarilganligi hamda soliq boʻyicha qarzlar miqdori pasaytirilganligi uchun oy, chorak, yarim yillik ish yakunlari boʻyicha mukofotlash;
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
alohida muhim topshiriqlar bajarilganligi uchun yakka tartibda mukofotlash;
xodimlarning lavozim maoshiga ish uchastkasining murakkabligi va muhimligi hamda mehnatda yuqori natijalarga erishganligi uchun ustamalar toʻlash;
xizmat vazifalarini bajarish chogʻidagi alohida xizmatlari uchun va pensiyaga chiqishi munosabati bilan qimmatbaho sovgʻalar bilan mukofotlash;
davlat soliq xizmati organlari xodimlarining lavozim maoshlariga ularning funksional vazifalarini bajarishlarini, bilimlari darajasini, soliq toʻlovchilar bilan ish olib borish qobiliyatlarini har yili test sinovlaridan oʻtkazish asosida belgilanadigan maxsus ragʻbatlantiruvchi ustamalar.
22. Yil choragida respublika mintaqalarida manbalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga daromadlar tushumi prognozlari sifatli bajarilganligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga toʻlovlar boʻyicha oʻz vaqtida toʻlanmagan toʻlovlar miqdorlari kamaytirilganligi uchun Davlat soliq qoʻmitasi raisi va uning oʻrinbosarlarini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar davlat soliq xizmati organlari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish hamda ularga nisbatan moddiy javobgarlik choralarini qoʻllash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
23. Davlat soliq xizmati organlarining bosh boshqarmalari, boʻlimlari va boshqa boʻlinmalari xodimlarini bir oydagi ish yakunlari boʻyicha mukofotlash ularga biriktirilgan soliqlar manbalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga soliqlar toʻlovlari tushumlari prognozi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga hamda davlat maqsadli jamgʻarmalariga boshqa majburiy toʻlovlar bajarilganligi va ortigʻi bilan bajarilganligi uchun, soliq boʻyicha qarzlar darajasi pasaytirilganligi uchun hamda ular faoliyatini tavsiflovchi boshqa asosiy koʻrsatkichlar bajarilganligi uchun davlat soliq xizmati tegishli organlarining rahbarlari qarorlari bilan, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
24. Budjetdan ajratiladigan mablagʻlar hisobiga shakllantiriladigan mehnatga haq toʻlash fondi mablagʻlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy muhofaza, soliq organlarini rivojlantirish hamda koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari davlat soliq xizmati organlari xodimlariga toʻlovlar manbalari hisoblanadi.
VII. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish
25. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan Rais boshchilik qiladi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosarlari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi, ular Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
26. Davlat soliq qoʻmitasining raisi:
davlat soliq xizmati organlari faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun javob beradi;
belgilangan vakolatlar doirasida, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa qonun hujjatlari asosida va ularni bajarish yuzasidan buyruqlar, yoʻriqnomalar, qoidalar, nizomlar chiqaradi hamda davlat soliq xizmati hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi;
Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparatining shtat jadvalini tasdiqlaydi;
xodimlarning belgilangan cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Davlat soliq qoʻmitasi va davlat soliq xizmati hududiy organlari tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega;
davlat soliq xizmati organlari xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni faxriy unvonlar va respublika davlat mukofotlari berishga belgilangan tartibda taqdim etadi, davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan maxsus unvonlar beradi;
Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari, muassasalari va tashkilotlarida, shuningdek boshqa davlatlarning davlat soliq xizmati organlari bilan munosabatlarda davlat soliq xizmati manfaatlarini ifodalaydi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi oʻziga berilgan vakolatlar doirasida boshqa huquqlarga ham egadir.
27. Davlat soliq qoʻmitasida soliq qonunlarini, shuningdek valyutani tartibga solish haqidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning eng murakkab va munozarali masalalari boʻyicha davlat soliq xizmati organlari vakolatlari doirasida qarorlar tayyorlash uchun Ekspert kengashi tuziladi. Ekspert kengashi toʻgʻrisidagi Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Ekspert kengashiga Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari rahbarlik qiladi.
28. Davlat soliq qoʻmitasida va davlat soliq xizmatining hududiy organlarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining moddiy yordam, ijtimoiy muhofaza, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi tashkil etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining moddiy yordam, ijtimoiy muhofaza, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Davlat soliq qoʻmitasining raisi tomonidan, belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
29. Davlat soliq qoʻmitasi ajratilgan budjet mablagʻlari limiti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining moddiy yordam, ijtimoiy muhofaza, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari doirasida, belgilangan tartibda ilmiy tadqiqotlar, davlat soliq xizmati organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun taʼlim muassasalari tashkil etishi, noshirlik faoliyatini amalga oshirishi, sogʻlomlashtirish, maslahat va axborot markazlari, shuningdek davlat soliq xizmati organlari faoliyatini taʼminlash uchun zarur boʻlgan foydalanish, avtotransport, axborot-hisoblash tashkilotlari va boshqa idoraviy mansub tashkilotlar tashkil etishi mumkin.
30. Davlat soliq qoʻmitasiga aholi oʻrtasida tushuntirish va profilaktika ishlarini amalga oshirish uchun oʻzining matbaa organlarini taʼsis etish va nashr qilish huquqi berilgan.
VIII. Davlat soliq qoʻmitasi hayʼati
31. Davlat soliq qoʻmitasida Davlat soliq qoʻmitasining raisi, raisning birinchi oʻrinbosari, rais oʻrinbosarlari va Davlat soliq qoʻmitasining Davlat soliq qoʻmitasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tashkil etiladi.
Hayʼatning soni va shaxsiy tarkibi Davlat soliq qoʻmitasi raisining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
32. Hayʼat quyidagilar bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi:
Davlat soliq qoʻmitasi faoliyatining soliq qonunchiligiga rioya etilishini yanada taʼminlash, davlatning iqtisodiy manfaatlari va mulkiy huquqlarini himoya qilish boʻyicha ushbu Nizomda nazarda tutilgan asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ijro intizomini mustahkamlash, Davlat soliq qoʻmitasi rahbarlari va xodimlarining ularni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan shaxsiy javobgarligini oshirish.
Hayʼat shuningdek Davlat soliq qoʻmitasi vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.
33. Hayʼat majlisiga Davlat soliq qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Hayʼat agar uning majlisida tarkibining yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda vakolatli boʻladi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
34. Hayʼat qarorlari Davlat soliq qoʻmitasi qarorlari va raisning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Hayʼat raisi va aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda rais paydo boʻlgan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hayʼat aʼzolari ham oʻz fikr-mulohazalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin.
Hayʼat faoliyati tartibi uning hayʼat tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.
IX. Davlat soliq boshqarmalari va davlat soliq inspeksiyalari
35. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliqlar boshchilik qiladi.
Davlat soliq inspeksiyalariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi tomonidan belgilangan tartibda tayinlanadigan boshliqlar boshchilik qiladi.
36. Hududiy davlat soliq boshqarmalari va davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari oʻzlariga yuklangan vazifalar amalga oshirilishini taʼminlaydi, oʻzlariga boʻysunuvchi boʻlinmalar faoliyatini tashkil etadi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
37. Davlat soliq boshqarmalari va davlat soliq inspeksiyalarining shtat jadvallari davlat soliq boshqarmasi boshligʻi tomonidan, boshqaruv xodimlarining belgilangan soni hamda yordamchi xodimlarning amaldagi hisob normativlari va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida tasdiqlanadi.
38. Davlat soliq xizmati hududiy organlari faoliyatining, shu jumladan hayʼat qarorlarini va Davlat soliq qoʻmitasi topshiriqlarini bajarish bilan bogʻliq eng muhim masalalarni hal etish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarida kengashlar tashkil qilinadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari kengashlarining shaxsiy tarkibi tegishli hududiy davlat soliq boshqarmasi boshligʻining taqdimiga binoan Davlat soliq qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
39. Soliqqa oid qonun hujjatlarini qoʻllashning eng murakkab va munozarali masalalari boʻyicha qarorlar tayyorlash, yuqori malakali maslahatlashuvlar oʻtkazish uchun davlat soliq boshqarmalarida maslahat-ekspert kengashlari tashkil etiladi.
40. Hududiy davlat soliq boshqarmalari toʻgʻrisidagi nizom Davlat soliq qoʻmitasi raisi tomonidan, davlat soliq inspeksiyalari toʻgʻrisidagi nizom esa — Davlat soliq qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan Davlat soliq inspeksiyasi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom asosida hududiy davlat soliq boshqarmalari boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi.
X. Yakuniy qoidalar
41. Davlat soliq qoʻmitasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasining (keyingi oʻrinlarda Bosh boshqarma deb ataladi) vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligini belgilaydi.
2. Bosh boshqarma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
4. Bosh boshqarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining raisiga va raisning birinchi oʻrinbosariga hisobot beradi.
5. Bosh boshqarmaning oʻziga berilgan vakolatlar doirasida qabul qilgan qarorlari Bosh boshqarmaning barcha hududiy boʻlimlari tomonidan bajarilishi majburiydir.
II. Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari
6. Quyidagilar Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari, shuningdek ularning hududida faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida nazorat qilish;
bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida moliyaviy-iqtisodiy sohadagi hamda soliq sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquq buzilishlarini aniqlash, ularning oldini olish va ularga barham berish;
bozorlar va savdo komplekslari hududida sifatsiz, qalbakilashtirilgan (yasama) yoki kontrabanda tovarlarini tayyorlash va sotishga qarshi kurashish;
bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari, shuningdek ularning hududida faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatidan olingan pul oqimlari va mablagʻlar tushumlari hisobining toʻliqligini taʼminlash;
bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari hududlarida moliyaviy-iqtisodiy va soliq sohalarida huquqni buzish sodir etilishi holatlari boʻyicha tergovdan oldingi tekshirishlarni tashkil etish va oʻtkazish, jinoiy ishlar qoʻzgʻash, ular boʻyicha surishtiruv ishlarini amalga oshirish, jinoiy ishlarni tergov boʻyicha tegishliligiga koʻra qonun hujjatlariga muvofiq huquqni muhofaza qilish organlariga berish;
soliqqa oid huquq buzilishlari natijasida davlatga, yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan zararning belgilangan tartibda undirilishini taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrish.
III. Bosh boshqarmaning funksiyalari
7. Bosh boshqarma oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
bozorlar, savdo komplekslari va ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida bir martalik yigʻimning, ijara toʻlovining toʻliq tushishini va topshirish hisobini, aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalari va hisob-kitob terminallaridan foydalanilishini, shuningdek savdo va xizmatlar koʻrsatish qoidalarini qisqa muddatli tekshirishlarni tashkil etish va oʻtkazish, keyinchalik Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashini yoki uning hududiy komissiyalarini Bosh boshqarma va uning hududiy boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tekshirishlar toʻgʻrisida qisqa muddatli tekshirish oʻtkazilgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida xabardor qilish;
bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari, shuningdek ularning hududida faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy oqimlari harakati hisobini yuritish va monitoringini amalga oshirish;
bozorlar va savdo komplekslari (manbalar boʻyicha), ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarining daromadlari, ularning hududida tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi subyektlarning soni (faoliyat turlari boʻyicha), ularning daromadlari, tovar aylanmasi, shuningdek ushbu subyektlar tomonidan toʻlangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning elektron bazasini yaratish va yuritish;
bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari, shuningdek ularning hududida faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari pul mablagʻlari tushumlari va tovar aylanmasi toʻgʻrisida davlat soliq xizmati organlariga tushadigan maʼlumotlarning ishonchliligini tekshirish uchun banklar hamda statistika organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari, shuningdek ularning hududida faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari uchun soliq haqidagi qonun hujjatlarida belgilangan normalarga rioya qilish masalalari boʻyicha keng tushuntirish va profilaktika ishlarini olib borish;
bozorlar, savdo komplekslari va ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari hududlarida moliyaviy-iqtisodiy va soliq sohalaridagi qoida buzishlar toʻgʻrisidagi arizalar, xabarlar va boshqa axborotlarni tekshirish;
bozorlar va savdo komplekslarida sifatsiz, qalbakilashtirilgan (yasama) tovarlarni tayyorlash va sotish hamda kontrabanda tovarlarini sotish holatlarini aniqlash va ularga barham berish boʻyicha zarur xatti-harakatlarni amalga oshirish;
bozorlar, savdo komplekslari va ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida soliq haqidagi qonun hujjatlari buzilishi belgilarini, shuningdek ularni sodir etgan shaxslarni aniqlash, moliyaviy-iqtisodiy va soliq sohalaridagi jinoyatlar va boshqa huquq buzilishlariga barham berish hamda ularning oldini olish maqsadida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
soliq haqidagi qonun hujjatlari buzilishlari toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha dalillar sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni aniqlash maqsadida huquq buzilishlarini tekshirishning zamonaviy, tezkor, ilmiy-texnik vositalari va usullarini joriy etish ishlarini tashkil qilish;
bozorlar, savdo komplekslari va ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida moliyaviy-iqtisodiy va soliq sohalaridagi jinoyatlar va huquq buzilishlari sodir etilishi holatlari boʻyicha tergovgacha boʻlgan tekshirishlarni tashkil qilish va oʻtkazish;
davlat soliq xizmati organlari tomonidan beriladigan, ularda bozorlar va savdo komplekslari faoliyatida soliq haqidagi qonun hujjatlarining buzilishi belgilari aniqlangan soliq tekshiruvlari materiallarini oʻz vaqtida va sifatli koʻrib chiqish;
qonun hujjatlarida berilgan vakolatlar doirasida davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni olib qoʻyish va sotishni tashkil etish, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliqqa doir huquq buzilishlari natijasida davlatga yetkazilgan zararning belgilangan tartibda undirilishini taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrish;
bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari, shuningdek ularning hududida faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatida aniqlangan huquq buzilishlari bilan bogʻliq maʼmuriy amaliyot boʻyicha ishlarning holatini muntazam ravishda tahlil qilib borish;
bozorlar, savdo komplekslari va ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari, shuningdek ularning hududida faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatida aniqlangan huquq buzilishlari boʻyicha maʼlumotlarning elektron bazasini yuritish;
soliq haqidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlarini toʻplash, har tomonlama tahlil qilish va baholash hamda huquq buzilishlari sodir etilishiga koʻmaklashadigan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish uchun soliq va iqtisodiy sohalardagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha tegishli organlarga takliflar kiritish;
Bosh boshqarma va uning hududiy boʻlimlari faoliyati masalalari boʻyicha statistik hisob va hisobotlarni yuritish;
yuridik va jismoniy shaxslarning Bosh boshqarma xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan shikoyat qilgan murojaatlarini belgilangan tartibda koʻrib chiqish.
Bosh boshqarma shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin.
IV. Bosh boshqarmaning vakolatlari
8. Bosh boshqarma oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
banklar va boshqa kredit-moliya tashkilotlaridan bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari, shuningdek ularning hududida faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa tadbirkorlik subyektlarining bank hisob-raqamlaridan amalga oshirilgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni belgilangan tartibda olish;
tekshirilayotgan, soliq haqidagi qonun hujjatlarining buzilishiga yoʻl qoʻygan xoʻjalik yurituvchi subyektlardan soliq haqidagi qonun hujjatlarining sodir etilgan buzilishlari toʻgʻrisida dalolat beradigan hujjatlarni, shuningdek huquq buzilishlari predmetlarini belgilangan tartibda olib qoʻyish;
bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari, shuningdek ularning hududida faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarining kassalari va kassa xonalari, omborlari, arxivlarini zarur hollarda muhrlab qoʻyish;
tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlaridan asosiy vositalar, tovar-moddiy boyliklar, pul mablagʻlari va hisob-kitoblarni xatlovdan oʻtkazishni talab qilish;
tahlillar, tekshirishlar va ekspertizalar oʻtkazish uchun tovarlar, buyumlar, xomashyolar, materiallar va yarim tayyor mahsulotlar namunalarini, shuningdek hujjatlarni olib qoʻyish;
bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari hududlarida aniqlangan moliyaviy-iqtisodiy va soliq sohalarida huquq buzilishlari sodir etilishi holatlari boʻyicha tergovgacha boʻlgan tekshiruvlarni oʻtkazish, ular boʻyicha jinoiy ishlar qoʻzgʻash va surishtiruv oʻtkazish;
tekshiruvlarda qatnashishga ichki ishlar organlari, sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari hamda boshqa vazirliklar va idoralar xodimlarini belgilangan tartibda jalb etish;
Bosh boshqarmaga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun davlat soliq xizmati organlari xodimlarini belgilangan tartibda jalb etish;
bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylaridan, shuningdek ularning hududida faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlaridan qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etishni talab qilish;
Bosh boshqarma vakolatiga kiradigan masalalarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisiga va hayʼatiga koʻrib chiqish uchun kiritish;
Bosh boshqarma vakolatiga kiradigan materiallarni umumlashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi rahbariyatiga uning faoliyatini yanada yaxshilash boʻyicha takliflar kiritish;
“Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq davlat soliq xizmati organlariga berilgan, Bosh boshqarma vakolatiga kiradigan boshqa vakolatlarga muvofiq xatti-harakatlarni amalga oshirish.
V. Bosh boshqarma faoliyatini tashkil etish
9. Bosh boshqarma:
Nazorat boshqarmasi;
Surishtiruv boʻlimi;
Tahlil va statistika boʻlimidan iborat boʻladi.
10. Bosh boshqarmaga belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq boshchilik qiladi.
11. Bosh boshqarma boshligʻi:
Bosh boshqarma va uning hududiy boʻlimlari faoliyatiga rahbarlik qiladi, ularning ishini tashkil etadi;
tekshiruvlarni tashkil etish toʻgʻrisida hamda qonun hujjatlariga muvofiq Bosh boshqarma va uning hududiy boʻlimlari vakolatiga kiradigan boshqa masalalar boʻyicha buyruqlar chiqaradi;
Bosh boshqarma va uning hududiy boʻlimlariga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
xodimlar oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi va ularning zarur darajada bajarilishini nazorat qiladi;
shtatlarni shakllantirish, ishga qabul qilish, lavozimdan lavozimga oʻtkazish va ishdan boʻshatish, shuningdek Bosh boshqarma xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va mukofotlash, ularga moddiy yordam koʻrsatish miqdorlari va shakllarini belgilangan tartibda aniqlash boʻyicha takliflar kiritadi;
qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga muvofiq Bosh boshqarma faoliyatiga tegishli boshqa masalalarni hal qiladi.
12. Bosh boshqarma boshligʻining bir nafar oʻrinbosari — belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan Nazorat boshqarmasi boshligʻi boʻladi.
Bosh boshqarma boshligʻining oʻrinbosari — Nazorat boshqarmasi boshligʻi oʻziga ishonib topshirilgan ish uchastkasi uchun javob beradi, Bosh boshqarma boshligʻi boʻlmaganda uning vazifalarini bajaradi.
13. Bosh boshqarma va uning hududiy boʻlimlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
14. Bosh boshqarmaning hududiy boʻlimlari bevosita Bosh boshqarmaga boʻysunadi.
Bosh boshqarmaning hududiy boʻlimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliqlar boshchilik qiladilar.
15. Bosh boshqarma oʻz ishlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi rahbariyati tomonidan tasdiqlanadigan yillik va joriy ish rejalari asosida olib boradi.
16. Bosh boshqarma va uning hududiy boʻlimlarining tekshiruvlarni tashkil etish, xodimlarning funksional vazifalarini taqsimlash, ishlarni yuritish tartibi, tekshiruvlarni tayyorlash va oʻtkazish boʻyicha ichki masalalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan Bosh boshqarma reglamentida belgilanadi.
17. Bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari, shuningdek ularning hududida faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini qisqa muddatli tekshirishlar Bosh boshqarma va uning hududiy boʻlimlari boshliqlarining buyruqlari asosida oʻtkaziladi, keyinchalik bu haqda Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi yoki uning hududiy komissiyalari qisqa muddatli tekshirish oʻtkazilgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida xabardor qilinadi.
Bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari, shuningdek ularning hududida faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini soliq boʻyicha tekshiruvlarning boshqa turlari belgilangan tartibda Bosh boshqarma va uning hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
18. Bosh boshqarma choraklik, yarim yillik, 9 oylik va yillik ish yakunlari boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida tahliliy hisobot tuzadi hamda uni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi rahbariyatiga taqdim etadi.
19. Bosh boshqarma va uning hududiy boʻlimlari xodimlari mehnatga haq toʻlash tartibi va shartlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi xodimlariga tenglashtiriladi.
20. Tegishli lavozimni egallab turgan, belgilangan tartibda maxsus unvon berilgan shaxs Bosh boshqarma xodimi hisoblanadi. Maxsus unvonlar roʻyxati va ularni berish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
21. Xizmatga qabul qilishda va Bosh boshqarmada xizmatni oʻtash chogʻida xodimlarga Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi umumiy talablaridan tashqari ichki maxsus xizmat yoʻriqnomalarida nazarda tutilgan boshqa maxsus talablar ham tatbiq etiladi.
22. Bosh boshqarma xodimlariga tadbirkorlik faoliyatining har qanday turlari bilan shugʻullanish, boshqa tashkilotlarda oʻrindoshlik boʻyicha ishlash taqiqlanadi, ilmiy, oʻqituvchilik va ijodiy faoliyat bundan mustasno.
VI. Javobgarligi
23. Bosh boshqarma va uning hududiy boʻlimlari xodimlari:
oʻz funksional vazifalarini bajarmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganligi, ijro intizomini buzganligi;
ushbu Nizom va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilmaganligi;
oʻzining noqonuniy xatti-harakatlari (harakatsizligi) tufayli soliq toʻlovchilarga moddiy va maʼnaviy zarar yetkazganligi;
oʻzining noqonuniy xatti-harakatlari (harakatsizligi) tufayli xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish hajmlarini pasaytirganligi va soliq solish bazasini kamaytirganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmagan qarorlar qabul qilganligi;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquq buzilishlari uchun belgilangan tartibda javob beradilar.
VII. Yakunlovchi qoida
24. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1998-yil 12-yanvardagi 14-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 1-son, 2-modda):
a) 5-bandning birinchi xatboshidagi “Davlat soliq xizmati organlarini ijtimoiy rivojlantirish va ularni moddiy-texnik taʼminlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy muhofaza, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Ekspert kengashi toʻgʻrisidagi Nizomda:
“4. Quyidagilar Kengashning vazifalari hisoblanadi:
soliq solish hamda davlat soliq xizmati organlari vakolatlari doirasida – valyutani tartibga solish sohasida (keyingi oʻrinlarda soliq solish deb ataladi) yangidan joriy etiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish va ularning qonun hujjatlariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosalar tayyorlash;
soliq haqidagi hamda davlat soliq xizmati organlari vakolatlari doirasida valyutani tartibga solish haqidagi qonun hujjatlari boʻyicha (keyingi oʻrinlarda soliq haqidagi qonun hujjatlari deb ataladi) normativ hujjatlarni amalda qoʻllash jarayonida soliq toʻlovchilar bilan soliq organlari oʻrtasida paydo boʻladigan oʻta murakkab va munozarali masalalarni koʻrib chiqish, ular yuzasidan xolisona qarorlar qabul qilish”;
5-bandning oltinchi xatboshidagi “soliqqa oid nizolarni” soʻzlari “soliq solishga oid nizolarni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2000-yil 13-martdagi 87-son qarorida:
7-banddagi “Nazorat-taftish bosh boshqarmasi” soʻzlaridan keyin “hamda Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi” soʻzlari qoʻshilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2000-yil 5-maydagi 180-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 5-son, 23-modda):
“1.4. Bosh boshqarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi”;
4.1-bandning oʻninchi xatboshidagi “soliq organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy muhofaza, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6.2-banddagi “rejim va kadrlar” soʻzlari “rejim va kadrlar bilan ishlash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“6.3. Bosh boshqarma boshligʻi va boshqarmalar boshliqlari Davlat soliq qoʻmitasi raisi tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar. Bosh boshqarmaning mintaqaviy boʻlinmalari boshliqlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomalariga binoan Davlat soliq qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar”;
“1.4. Bosh boshqarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi”;
“6.2. Nazorat-taftish bosh boshqarmasining boshligʻi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi”;
6.5-banddagi “mansabdor shaxslariga” soʻzlari “xodimlariga” soʻzi bilan almashtirilsin;
2-bandning ikkinchi xatboshiga “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshqarma va boʻlimlarining” soʻzlaridan keyin “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish boʻlimlarining boshliqlari va oʻrinbosarlari” soʻzlari qoʻshilsin;
“4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi va lavozimidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ozod qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, rais oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining ushbu bandning birinchi va ikkinchi xatboshida sanab oʻtilmagan mansabdor shaxslari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlari oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boʻlimlari boshliqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish boʻlimlari mansabdor shaxslari, tumanlar, shaharlar va shaharlardagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan tayinlanadilar.
Davlat soliq xizmati organlarining ushbu bandning birinchi — uchinchi xatboshida sanab oʻtilmagan mansabdor shaxslari davlat soliq xizmati tegishli organi rahbari tomonidan tayinlanadilar”;
6-bandning ikkinchi xatboshidagi va 9-banddagi “va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“29. Davlat soliq xizmati organlarining malaka tavsifnomalari talablariga javob beradigan mansabdor shaxslariga, attestatsiyadan ijobiy oʻtishgan taqdirda, shtatlar roʻyxati boʻyicha egallab turgan lavozimini hisobga olgan holda hamda oldingi unvonida xizmat qilish muddati tugagach, tadrijiy tartibda quyidagi navbatdagi maxsus unvonlar beriladi:
Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparati va unga qarashli taʼlim muassasalari:
Shtatdagi lavozim*
Maxsus unvon
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi
Soliq xizmatining bosh davlat maslahatchisi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari
Soliq xizmatining I darajali davlat maslahatchisi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari
Soliq xizmatining II darajali davlat maslahatchisi
Bosh boshqarma boshligʻi, boshqarma boshligʻi, ishlar boshqaruvchisi, Soliq akademiyasi prorektorlari, soliq kollejlari direktorlari
Soliq xizmatining III darajali davlat maslahatchisi
Soliq akademiyasi fakultetlari dekanlari, soliq kollejlari direktorlarining oʻrinbosarlari, bosh boshqarmadagi boshqarma boshligʻi, mustaqil boʻlim boshligʻi, yuridik boʻlim boshligʻi, rais kotibiyati mudiri, raisning iqtisodiyot masalalari boʻyicha maslahatchisi, soliq qonunchiligi boʻyicha bosh ekspert, rais huzuridagi kotibiyat referenti, navbatchi qism boshligʻi
Soliq xizmatining I darajali maslahatchisi
Bosh boshqarma yoki boshqarma boʻlimi boshligʻi, mustaqil yoki boshqarmadagi boʻlim boshligʻining oʻrinbosari, rais yordamchisi, raisning birinchi oʻrinbosari yordamchisi, Soliq akademiyasi fakulteti dekanining oʻrinbosari, bosh davlat soliq inspektori, bosh surishtiruvchi, tezkor xodim, shuʼba mudirlari, bosh iqtisodchi, bosh mutaxassis
Soliq xizmatining II darajali maslahatchisi
Mustaqil boʻlim �oshligʻining oʻrinbosari, yetakchi mutaxassis, fuqaro muhofazasi boʻyicha bosh mutaxassis, katta davlat soliq inspektori, navbatchi qism navbatchisi, katta surishtiruvchi, yetakchi buxgalter, bosh yurist-konsultant, Soliq akademiyasining kafedra mudirlari, professor va dotsentlari, soliq kollejlarining katta oʻqituvchilari
Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi
Davlat soliq inspektori, I toifali mutaxassis, I toifali buxgalter, navbatchi qism navbatchisining yordamchisi, Soliq akademiyasi va soliq kollejlarining oʻqituvchilari
Soliq xizmatining I darajali inspektori
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish boʻlimlari, shuningdek tumanlar, shaharlar va shaharlardagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalari apparati:
Shtatdagi lavozim*
Maxsus unvon
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlari
Soliq xizmatining III darajali davlat maslahatchisi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlarining birinchi oʻrinbosarlari, oʻrinbosarlari, Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasining boshqarma boshliqlari, viloyatlar markazlari shaharlari davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari, 200 ming kishidan ortiq aholisi boʻlgan shaharlar davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari, Toshkent shahridagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari
Soliq xizmatining I darajali maslahatchisi
Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshqarma boshliqlarining oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari mustaqil boʻlimlari va shuʼbalari boshliqlari, Toshkent shahridagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalari boshliqlarining oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari, shaharlar, viloyatlar markazlari davlat soliq inspeksiyalari boshliqlarining oʻrinbosarlari, 200 ming kishidan ortiq aholisi boʻlgan shaharlar davlat soliq inspeksiyalari boshliqlarining oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining tezkor xodimlari, bosh buxgalterlari, navbatchi qismlari boshliqlari
Soliq xizmatining II darajali maslahatchisi
Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshqarmalarining boʻlim va shuʼba boshliqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining davlat soliq bosh inspektorla�i, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar davlat soliq inspeksiyalari boshliqlarining oʻrinbosarlari, davlat soliq inspeksiyalari boʻlimlari boshliqlari, Soliq akademiyasining axborot-resurs markazi direktori, bosh surishtiruvchilar
Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari davlat soliq katta inspektorlari, yetakchi mutaxassislari, davlat soliq inspeksiyalarining davlat soliq bosh inspektorlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari mutaxassislari, Soliq akademiyasi ilmiy kengashi kotibi, katta surishtiruvchilar
Soliq xizmatining I darajali inspektori
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining davlat soliq inspektorlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari davlat soliq inspeksiyalarining davlat soliq katta inspektorlari, surishtiruvchilar
Soliq xizmatining II darajali inspektori
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari davlat soliq inspeksiyalarining davlat soliq uchastka inspektorlari, yetakchi mutaxassislari
Soliq xizmatining III darajali inspektori
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari davlat soliq inspeksiyalarining davlat soliq inspektorlari, I toifali mutaxassislari
Soliq xizmatining inspektori
*Davlat soliq xizmati organlarida ishlaydigan, lavozimi ushbu jadvalda koʻrsatilmagan shaxslarga maxsus unvonlar egallab turgan lavozimi boʻyicha tenglashtirilgan maqomiga muvofiq beriladi.
43-banddagi “Soliq kollejiga” va “Soliq kollejida” soʻzlari tegishli ravishda “Soliq akademiyasiga va soliq kollejlariga” hamda “Soliq akademiyasida va soliq kollejlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2000-yil 13-martdagi 87-son qarorining 1, 6 va 10-bandlari hamda qarorga 1, 6, 6a—6v, 7 va 7a-ilovalar.
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2000-yil 5-maydagi 180-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi hamda qarorga 1-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 5-son, 23-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ularning baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2001-yil 1-martdagi 103-son qaroriga ilovaning 15-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 13-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyot va soliq sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 6-iyuldagi 291-son qaroriga 7-ilovaning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 7-son, 37-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2004-yil 17-fevraldagi 74-son qaroriga ilovaning 4-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 2-son, 11-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-son Qonuni”)” 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga 1-ilovaning 25-bandi “a” kichik bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 86-modda).
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2009-yil 27-fevraldagi PQ-1062-son qarori”)” 2009-yil 11-martdagi 63-son qaroriga 1-ilovaning 7-bandi “a” kichik bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 3-son, 20-modda).