toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.01.2019
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
buyrugʻi
NOTARIUSLAR TOMONIDAN NOTARIAL HARAKATLARNI AMALGA OShIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 20-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2090-1]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-sonli “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3113, 04.01.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 5-maydagi PF-4216-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 18-19-son, 137-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-avgustdagi 370-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 15-16-son, 138-modda) muvofiq buyuraman:
1. Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 2090, 2010-yil 30-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 13-son, 99-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) va Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq 2010-yil 1-iyundan boshlab kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Vazir R. MUHITDINOV
Toshkent sh.,
2010-yil 20-may,
92-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddimadan “va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. 1-bandning birinchi xatboshisi, 29-bandning birinchi xatboshisi, 178-bandning ikkinchi xatboshisi, 225—231-bandlar, 239-band, 241-bandning uchinchi xatboshisi, 252-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 254 va 256-bandlar, 275-bandning uchinchi xatboshisi, 280-band, 336 va 365-bandlardagi “davlat notariusi” va “Davlat notariusi” degan soʻzlar tegishlicha “notarius” va “Notarius” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 2-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. 4-bandning beshinchi xatboshisidagi “Notarial idoradan” degan soʻzlar “Davlat notarial idorasidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 9-banddagi “notarial idora” va “notarial idoraga” degan soʻzlar tegishlicha “davlat notarial idorasi” va “davlat notarial idorasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshidan “yoki xususiy notariusning idorasida ishlovchi shaxslar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi “notarial idorada” degan soʻzlar “davlat notarial idorasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshidagi “(tarif boʻyicha haq)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin hamda “notarial idoraning” degan soʻzlar “davlat notarial idorasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “(tarif boʻyicha haq)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
8. 27-bandning birinchi xatboshisidagi “notarial idoralarda” degan soʻzlar “davlat notarial idoralarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 31-bandning birinchi xatboshisi, 94 va 130-bandlar, 153-bandning ikkinchi xatboshisi, 316-bandning ikkinchi xatboshisi va 347-banddagi “notarial idorada” va “Notarial idorada” degan soʻzlar tegishlicha “davlat notarial idorasida” va “Davlat notarial idorasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshidagi “Davlat notariusi” degan soʻzlar “Notarius” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi va uchinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
11. 42 va 43-bandlar, 45-bandning yigirma ikkinchi xatboshisi, 95-bandning yigirma birinchi xatboshisi, 107-bandning oʻninchi xatboshisi, 112-bandning toʻrtinchi va oltinchi xatboshilari, 117-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi, 125-bandning oʻn beshinchi xatboshisi, 126, 303 va 313-bandlar, 316-bandning ikkinchi xatboshisi, 331 va 334-bandlardan “(tarif boʻyicha haq)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
12. 46-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
birinchi xatboshidagi “davlat notariusi” degan soʻzlar “notarius” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
14. 163-banddagi “notarial idora” degan soʻzlar “davlat notarial idorasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15. 205-bandning ikkinchi xatboshisidagi “davlat notariusiga” degan soʻzlar “notariusga” degan soʻz bilan almashtirilsin.
16. 206-banddagi “davlat notariusiga” va “davlat notariusi” degan soʻzlar tegishlicha “notariusga” va “notarius” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
17. 228-bandning birinchi xatboshisi, 284 va 366-bandlar, 372-bandning birinchi xatboshisidagi “Davlat notariuslari” va “davlat notariuslari” degan soʻzlar tegishlicha “Notariuslar” va “notariuslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
18. 229-bandning birinchi xatboshisi, 242-bandning birinchi xatboshisi va 334-banddagi “notarial idoraga” degan soʻzlar “davlat notarial idorasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
19. 282-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
birinchi xatboshidagi “Davlat notariuslari” degan soʻzlar “Notariuslar” degan soʻz bilan almashtirilsin hamda “shuningdek xususiy notariuslarning tegishli xabarnomalarini” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “Davlat notariusi” degan soʻzlar “Notarius” degan soʻz bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshidagi “Davlat notariuslari” degan soʻzlar “Notariuslar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
22. 337-banddagi “davlat notariusining” degan soʻzlar “notariusning” degan soʻz bilan almashtirilsin.
23. 339-banddan “va xususiy notariusning” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
24. 367-banddagi “notarial idoraga” va “davlat notariusi” degan soʻzlar tegishlicha “davlat notarial idorasiga” va “notarius” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
25. 369-bandning birinchi xatboshisidagi va 370-banddagi “davlat notariuslari va xususiy notariuslar” degan soʻzlar “notariuslari” degan soʻz bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 20-son, 160-modda)