1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.09.00 OITSga qarshi kurash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning (OIV kasalligining) oldini olish toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-353-sonli “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1-modda. Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning (OIV kasalligining) oldini olish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari
Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning (OIV kasalligining) oldini olish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ushbu Qonundan hamda boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning (OIV kasalligining) oldini olish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
2-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
OIV kasalligi — odamning immunitet tanqisligi virusi oqibatida kelib chiqqan oʻta xavfli yuqumli kasallik;
OIV kasalligini yuqtirganlar — odamning immunitet tanqisligi virusi kasalligini yuqtirgan shaxslar;
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning OITS/OIV kasalligi yuqqan-yuqmaganligini aniqlash maqsadida tibbiy tekshiruvdan oʻtish huquqi
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan yoki turgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ismi-sharifini sir saqlagan holda, ixtiyoriy ravishda OITS/OIV kasalligi yuqqan-yuqmaganligini aniqlash maqsadida anonim tibbiy tekshiruvdan oʻtish huquqiga egadirlar.
OITS/OIV kasalligi yuqqan-yuqmaganligini aniqlash maqsadida tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi va u eʼlon qilinishi lozim.
odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning (OIV kasalligining) oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida aholining xabardor qilinishini;
OITS/OIV kasalligining oldini olish, tashxis qoʻyish va davolash vositalari yetkazib berilishini, shuningdek tashxis qoʻyish, davolash va ilmiy maqsadlarda qoʻllaniladigan tibbiy preparatlar, biologik suyuqliklar, organlar va toʻqimalarning xavfsiz boʻlishi ustidan nazorat qilinishini;
OIV kasalligi muammolari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar rivojlantirilishini;
OIV kasalligi tarqalishining oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun mutaxassislar tayyorlashni taʼminlaydi.
5-modda. OITS/OIV kasalligining oldini olish boʻyicha faoliyatni moliyalash
OITS/OIV kasalligining oldini olishga doir faoliyat davlat budjeti mablagʻlari, maqsadli fondlar, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari, boshqa manbalar hisobidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarida OITS/OIV kasalligi aniqlangan taqdirda, ular qon, biologik suyuqlik, organlar va toʻqimalarning donori boʻla olmaydilar. OITS/OIV kasalligini yuqtirganlar tibbiy kuzatuv ostida boʻlishlari shart.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarda OIV kasalligi aniqlangan taqdirda, ular qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasidan chiqarilib yuborilishlari mumkin.
7-modda. Odamning immunitet tanqisligi virusi kasalligini yuqtirganlik uchun javobgarlik
Oʻzida OITS/OIV kasalligi mavjudligini bilgan shaxsning boshqa shaxsni ataylab shu kasallik virusini yuqtirish xavfi ostiga qoʻyishi yoki uni yuqtirishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.
Tibbiyot xodimlari va xizmat koʻrsatish sohasi xodimlarining oʻz xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmasligi oqibatida odamning immunitet tanqisligi virusi kasalligi yuqqan shaxslarning sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Odamning immunitet tanqisligi virusi kasalligini yuqtirgan hamda OITS bilan kasallangan shaxslar oʻzlariga insoniy munosabatda boʻlinishi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda bepul tibbiy yordam koʻrsatilishi va ijtimoiy taʼminlanish huquqiga egadirlar.
Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxslar har oyda eng kam oylik ish haqi miqdorida davlat nafaqasini olish va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nogiron bolalar uchun belgilangan imtiyozlardan foydalanish huquqiga egadirlar.
OIV kasalligini yuqtirgan yoki OITSga duchor boʻlgan bolalarning ota-onasi (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) yosh bolalari bilan birga statsionarda boʻlish hamda shu paytda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini olgan holda ishdan ozod boʻlib turish huquqiga egadirlar.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 285-moddasiga qarang.
10-modda. OIV kasalligini yuqtirgan va OITS ga duchor boʻlgan bemorlar huquqlarining kafolatlari
OIV kasalligini yuqtirgan va OITS ga duchor boʻlgan bemorlarda OITS/OIV kasalligi mavjudligiga asoslanib, ular bilan mehnat shartnomasini bekor qilish, ularni ishga qabul qilishdan (Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi belgilagan roʻyxatdagi ayrim kasbiy faoliyat turlari bundan mustasno), taʼlim muassasalariga hamda tibbiy yordam koʻrsatuvchi muassasalarga qabul qilishdan bosh tortish, hamda ularning boshqa huquq va qonuniy manfaatlarini cheklash, xuddi shuningdek ular oila aʼzolarining turar joy huquqlari, boshqa huquq va qonuniy manfaatlarini cheklash taqiqlanadi.
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.03.00 Sogʻliqni saqlash xodimlarining mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari]
11-modda. Oʻz xizmat vazifalarini bajarayotganda odamning immunitet tanqisligi virusi kasalligi yuqishi xavfi ostida boʻlgan tibbiyot xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilish
OITS/OIV kasalligiga duchor boʻlgan bemorlarni davolash-tashxis qoʻyish va profilaktika ishlarida, ularga xizmat koʻrsatishda band boʻlgan, OITS/OIV oʻchogʻida epidemiyaga qarshi tadbirlarni taʼminlaydigan shaxslarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar beriladi.
Tibbiyot xodimlari hamda sogʻliqni saqlashning boshqa xodimlariga ular xizmat vazifalarini ado etishi chogʻida OITS/OIV kasalligi yuqsa, bu — kasbiy kasalliklar toifasiga kiradi.
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasiga kirish shartlari
Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari Oʻzbekiston Respublikasiga kelayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga, ular oʻzlarida OITS/OIV kasalligi yoʻqligini tasdiqlovchi sertifikatni qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda taqdim etganlari taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasiga kirish uchun viza beradilar.
13-modda. Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning (OIV kasalligining) oldini olish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning (OIV kasalligining) oldini olish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 19-avgust,
816-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 213-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 21-son, 161-modda)