

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1622261" id="onLBC-1622261">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7407"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1622261" id="onLS-1622261">[<b>TSZ:</b><div id="LS3701"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport]</span></div></div></div><div class="OFFICIAL_SOUR_TEXT"><label id="s9496"></label><div name="-1625143" id="-1625143"><a href="/files/1624989.pdf">PDF-faylidagi rasmiy manba</a></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-1622265" id="-1622265">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1622266" id="-1622266">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-1622267" id="-1622267">BOLALAR SPORTI OBYEKTLARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH BORASIDAGI QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1622268" id="-1622268"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1622270" id="-1622270">Qayd etib oʻtilsinki, Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi Homiylik kengashining 2010-yil 11-martdagi qaroriga muvofiq, respublikaning barcha hududlarida Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan foydalanishga topshirilgan bolalar sporti obyektlarining joriy holati va ulardan foydalanish samaradorligi keng miqyosda tekshiruvdan oʻtkazildi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1622271" id="onLBC-1622271">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7408"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.07.00 Sport inshootlari va jihozlari]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1622271" id="-1622271">2003 — 2009-yillar mobaynida Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan respublikada namunaviy loyihalar boʻyicha 1117 ta bolalar sporti obyektlari barpo etildi va foydalanishga topshirildi, shulardan 917 ta sport inshooti (82%) qishloq joylardadir. Foydalanishga topshirilgan barcha sport inshootlari tasdiqlangan normativlar boʻyicha sport anjomlari bilan toʻliq taʼminlangan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1622273" id="-1622273">Hozirgi vaqtda sport seksiyalari va guruhlarida maktablar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining 2,1 millionga yaqin oʻquvchisi muntazam shugʻullanib kelmoqda, shularning 35 foizini qizlar tashkil etadi. Natijada maktab yoshidagi bolalar oʻrtasida kasallikka chalinish ancha kamaydi, ularning faolligi va jismoniy madaniyati oshdi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1622274" id="-1622274">Shu bilan birga, tekshirish yakunlariga koʻra, bir qancha jiddiy nuqson va kamchiliklar aniqlandi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1622275" id="-1622275">Foydalanishga topshirilgan bolalar sporti obyektlari, ayniqsa, alohida joylashgan obyektlardan hali yetarlicha samarali foydalanilmayapti, mavjud imkoniyatlar toʻliq ishga solinmayapti. Eskirgan sport anjomlari va uskunalarini yangilash hamda almashtirish oʻz vaqtida taʼminlanmayapti. Barpo etilgan suzish havzalari imkoniyatlaridan past darajada foydalanilmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1622276" id="-1622276">Bolalar sporti obyektlarini trenerlar, ayniqsa, xotin-qiz trenerlar bilan taʼminlash ishlari yetarlicha olib borilmayapti. Qashqadaryo, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida shunday hollar mavjud.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1622277" id="-1622277">Oʻquvchi-yoshlarni sport bilan muntazam shugʻullanishga, avvalo, Andijon, Navoiy, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida keng jalb etish boʻyicha tushuntirish ishlari sust olib borilmoqda. Qizlarni, ayniqsa, qishloq joylarda sport bilan shugʻullanishga jalb etish borasidagi ishlar hali-hamon qoniqarsiz ahvolda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1622278" id="-1622278">Bolalar sporti obyektlaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, bolalarni jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishga jalb etishni kengaytirish, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish maqsadida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1622280" id="-1622280">1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan foydalanishga topshirilgan bolalar sporti obyektlarining joriy holati va ulardan foydalanish samaradorligini keng miqyosda tekshiruvdan oʻtkazgan maxsus komissiyaning xulosalari maʼlumot uchun qabul qilinsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1622281" id="-1622281">Oʻn kun muddatda respublikaning barcha hududlarida Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari rahbarlik qilayotgan mintaqaviy filiallari Homiylik kengashlarining majlislarida tekshirish natijalari tanqidiy muhokama qilinsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1622282" id="-1622282">2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi rahbarlari tekshirish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan choralarni koʻrsinlar, bunda mazkur ishlar tizimli, muntazam asosda oʻtkazilishi lozimligi nazarda tutilsin.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1622283" id="onLBC-1622283">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6055"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1622283" id="-1622283">Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha amalga oshirilgan ishlarning natijalari toʻgʻrisida 2010-yilning 1-iyuligacha boʻlgan muddatda Vazirlar Mahkamasiga maʼlumot berilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1622284" id="-1622284">3. Ishga tushirilgan bolalar sporti obyektlaridan samarali foydalanish birinchi darajali vazifa deb hisoblansin, bolalar va oʻquvchi-yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishga ommaviy ravishda jalb etish borasida qilinayotgan barcha ishlarning natijalari, Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi oldiga qoʻyilgan maqsadlarga erishish toʻliq darajada mazkur vazifani amalga oshirishga bogʻliqdir.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-3355788" id="edi-3355788"><a href="/mact/-1622261?ONDATE=05.05.2010 00#-1622285">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3355788" id="-3355788"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3355792" id="-3355792">Viloyat, shahar va tuman hokimliklarining, taʼlim organlarining, respublika va viloyat sport federatsiyalarining, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi hamda mazkur ish uchun javobgar boʻlgan boshqa jamoat tuzilmalarining faoliyatiga bolalar sporti obyektlaridan foydalanishning holatiga qarab baho berilsin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3355800" id="-3355800">(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-sentabrdagi PF-5191-sonli <a href="/mact/-3350142?ONDATE=18.09.2017 05#-3350295">Farmoni </a>tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 982-modda)</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1622286" id="onLBC-1622286">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7402"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.01.00 Umumiy masalalar;</span></div><div id="LBC7403"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1622286" id="-1622286">4. Bolalar sporti obyektlaridan foydalanish samaradorligini baholashning eng muhim mezonlari etib quyidagilar belgilansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1622287" id="-1622287">birinchidan, sport bilan shugʻullanishning ommaviyligi — umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar oʻquvchilarining sport bilan muntazam shugʻullanishga qamrab olinishi darajasining oʻzgarishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1622288" id="-1622288">ikkinchidan, oʻrnatilgan normativlardan kelib chiqqan holda, bolalar sporti obyektlarining sport uskunalari va anjomlari bilan jihozlanish darajasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1622289" id="-1622289">uchinchidan, bolalar sporti obyektlarining, tasdiqlangan normativlarga muvofiq, taʼlim muassasalarida yuqori malakali, professional tayyorlangan trener kadrlar va jismoniy tarbiya oʻqituvchilari, shu jumladan, xotin-qiz trenerlar bilan taʼminlanganligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1622290" id="-1622290">toʻrtinchidan, sport obyektlaridan foydalanish darajasi — sutka va hafta mobaynida har xil sport turlari boʻyicha oʻtkaziladigan muntazam mashgʻulotlar soati miqdori, oʻtkazilgan sport tadbirlari soni va boshqalar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1622291" id="-1622291">beshinchidan, sport bilan shugʻullanish samaradorligi — 19 yoshgacha boʻlgan sportchi bolalar va yoshlar orasidan yetishib chiqqan respublika va xalqaro musobaqalar sovrindorlari soni.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1622292" id="-1622292">5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligining, manfaatdor vazirliklar, idoralar, xoʻjalik subyektlari hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining ilovaga<a href="/mact/-1622261#-1625220">*</a> muvofiq alohida joylashgan bolalar sport obyektlarini Xalq taʼlimi vazirligi organlari balansiga topshirish, ularning zimmasiga mazkur obyektlarni bundan keyin tegishli darajada saqlash va ulardan samarali foydalanish uchun javobgarlik yuklash toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-1625220" id="-1625220">* Ilova <a href="/mact/1622263#1625145">rus tilidagi</a> matnda berilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1622294" id="-1622294">Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarning hokimlari, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, taʼlim muassasalari hamda sport inshootlarining rahbarlari zimmasiga bolalar sporti obyektlarining tegishli darajada saqlanishi va samarali foydalanilishi, ularning zamonaviy sport uskunalari va anjomlari bilan jihozlanishi, malakali trener kadrlar bilan taʼminlanishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1622295" id="-1622295">Vazirlar Mahkamasi har bir alohida joylashgan bolalar sporti obyektining tegishli darajada saqlanishi va samarali foydalanilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1622296" id="onLBC-1622296">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7407"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1622296" id="-1622296">6. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan hamkorlikda bir oy muddatda sport seksiyalari va toʻgaraklaridagi mashgʻulotlar jadvallarini maqbullashtirish, har xil sport turlari, eng avvalo, badiiy va sport gimnastikasi, sportning oʻyin turlari boʻyicha yangi qoʻshimcha seksiya va guruhlar tashkil etish hisobiga bolalar sporti obyektlaridan foydalanish darajasini oshirish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1622297" id="onLBC-1622297">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6117"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1622297" id="-1622297">7. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1622298" id="-1622298">bolalar sporti inshootlarining trenerlar bilan taʼminlanganligini tanqidiy tahlil qilish natijalari boʻyicha uch oy muddatda bolalar sporti obyektlarini tasdiqlangan shtat jadvaliga muvofiq, malakali trener kadrlar bilan toʻliq taʼminlash boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsin, qishloq bolalar sporti obyektlarini xotin-qiz trenerlar bilan taʼminlashga alohida eʼtibor qaratsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1622299" id="-1622299">Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining hamda bazaviy oliy oʻquv yurtlarining jismoniy tarbiya fakultetlari negizida trenerlar malakasini oshirish tizimini tashkil qilsin, har bir trener kamida 2 yilda bir marta shu tizimdan oʻtadigan boʻlsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1622301" id="-1622301">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan hamkorlikda bir oy muddatda mutaxassis trenerlarning tarbiyalanuvchilari sport mahoratiga erishganligi, respublika va xalqaro musobaqalardagi chiqishlarining samaradorligi uchun ular mehnatini ragʻbatlantirishni kuchaytirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1622302" id="onLBC-1622302">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7402"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.01.00 Umumiy masalalar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1622302" id="-1622302">8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan hamkorlikda bolalar sporti obyektlarining sport anjomlari va uskunalari bilan jihozlanishining batafsil inventarizatsiyasi asosida ishlab chiqilgan normativlarga muvofiq, ularni yanada toʻliq jihozlash, eskirgan ashyolarni oʻz vaqtida yangilash va almashtirish boʻyicha aniq takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6505155" id="edi-6505155"><a href="/mact/-1622261?ONDATE=07.06.2018 00#-3788406">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6505155" id="-6505155"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6505157" id="-6505157">9. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligiga, Sport turlari boʻyicha respublika federatsiyalari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda respublika hududlarida, ayniqsa, qishloq joylarda, tizimli asosda bolalar sporti inshootlari negizida respublikaning yetakchi sportchilari, Olimpiada va Osiyo oʻyinlari, jahon chempionatlari va boshqa xalqaro musobaqalar chempionlari hamda sovrindorlari ishtirokida koʻrgazmali mahorat saboqlari oʻtkazilishini tashkil etsin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6505158" id="-6505158">(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli <a href="/mact/-6492523?ONDATE=13.06.2023 00#-6493081">Farmoni </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1622304" id="-1622304">10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar, xoʻjalik birlashmalari va korxonalari bilan hamkorlikda 2010-yilning 1-sentabrigacha bolalar sporti obyektlarining futbol, voleybol, basketbol, gandbol va tennis koptoklari, badiiy hamda sport gimnastikasi uchun sport ashyolariga boʻlgan ehtiyojlarini yanada toʻliqroq taʼminlash uchun respublikada ularni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni qabul qilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1622306" id="-1622306">Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi ishlab chiqarilayotgan sport tovarlarining, shu jumladan, ishlab chiqarishda foydalanilayotgan materiallar va butlovchi buyumlarning sifati, ularning sanitariya normalari va xalqaro standartlarga muvofiqligi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1622307" id="-1622307">11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi joylardagi bolalar sporti obyektlarini saqlab turish, anjomlarni yangilash, shtat jadvaliga rioya qilish, trener-mutaxassislarning mehnatiga haq toʻlash uchun mablagʻlarning oʻz vaqtida ajratilishi va ulardan maqsadli foydalanilishi ustidan tizimli hamda qatʼiy nazorat oʻrnatilishini taʼminlasin. Aybdor shaxslarga nisbatan qonunchilikka binoan qatʼiy jazo choralari qoʻllanilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1622308" id="-1622308">12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1622309" id="-1622309">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1622310" id="-1622310">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1622311" id="-1622311">2010-yil 5-may,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-1623038" id="-1623038">PQ-1332-son</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-1625144" id="-1625144">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 18-19-son, 138-modda; 2017-y., 20-son, 354-modda, 37-son, 982-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
