Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“ANTEKS”, “QAShTEKS”, “QUVA” VA “GURLAN” TOʻQIMAChILIK KOMPLEKSLARINI IShGA TUShIRIShNI JADALLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
“Anteks, “Qashteks”, “Quva” va “Gurlan” aksionerlik jamiyatlari toʻqimachilik komplekslari qurilishini tugallashni va ishga tushirishni jadallashtirish, respublikaning eksport potensialini oshirish hamda bozorlarini yuqori sifatli tovarlar bilan toʻldirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Andijon, Qashqadaryo, Fargʻona va Xorazm viloyatlari hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda
1-ilovada qayd etilgan aksionerlik jamiyatlarining kontrakt majburiyatlari boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblarini tugallash uchun 1996-yilning 1-iyunigacha “Yazeks” korporatsiyasiga 36,85 ming tonna paxta tolasini belgilangan tartibda sotsinlar.
Belgilab qoʻyilsinki, paxta tolasining koʻrsatib oʻtilgan hajmi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi orqali, Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 3-oktabrdagi 385-65-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq xoʻjaliklar ixtiyorida qolgan 1995-yil hosili paxta tolasi limiti boʻyicha eksport kvotasi hisobiga sotiladi.
2. Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasi toʻqimachilik komplekslari qurilishini tugallashni mablagʻ bilan taʼminlash uchun shu yilning II choragida aksionerlik jamiyatlariga
2-ilovaga muvofiq hajmlarda yillik foydasi 40 foizdan ortiq boʻlmagan uzoq muddatli tijorat kreditlari ajratish toʻgʻrisidagi masalani hal etsin.
3. “Anteks”, “Qashteks”, “Quva” va “Gurlan” aksionerlik jamiyatlari obyektlar qurilishi tugallangungacha boʻlgan muddatga, biroq normativdagidan koʻp boʻlmagan muddatga yer soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin.
4. “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi, “Mahalliy sanoat” korporatsiyasi, Andijon, Qashqadaryo, Fargʻona va Xorazm viloyatlari hokimliklari toʻqimachilik komplekslarini — “Qashteks” AJni 1996-yilning II choragida, “Gurlan” AJni III choragida, “Anteks” AJni va “Quva” AJni IV choragida ishga tushirishni taʼminlasinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari M. 3. Usmonov va B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Toʻqimachilik komplekslari qurilishini tugallash va bajarilgan ishlar, olingan asbob-uskunalar, kreditlar hamda boshqa xizmatlar boʻyicha qarzlarni toʻlash uchun kredit resurslariga ehtiyoj