O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, shuningdek Andijon va Quva shaharlari oqsoqollari va masjidlari namozxonlarining murojaatlarini hisobga olib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Andijon va Farg‘ona viloyatlari hokimliklarining Andijon shahridagi “Imomi-Osim” masjid-madrasasini ona va bola reabilitatsiyasi markazi hamda Quva shahridagi “Abu Xanifa” masjidini reabilitatsiya bo‘limiga ega bo‘lgan “Ona va bola” kasalxonasi sifatida rekonstruksiya qilish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Andijon va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari ko‘rsatib o‘tilgan obyektlarni rekonstruksiya qilish ishlarining buyurtmachilari etib, “O‘zdavtibloyiha” instituti bosh loyihalashtiruvchi etib belgilansin.
3. Andijon va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari:
ko‘rsatib o‘tilgan obyektlarni viloyatlarga ajratilgan kapital qo‘yilmalarning umumiy limitlari doirasida mablag‘ bilan ta’minlasinlar;
obyektlar qurilishini 1999-yilda foydalanishga topshirgan holda tender asosida amalga oshirsinlar.
4.
1-bandda ko‘rsatib o‘tilgan obyektlarni ishchi chizmalar bo‘yicha mablag‘ bilan ta’minlagan va keyinchalik xarajatlarni smeta hujjatlariga kiritgan holda bir vaqtning o‘zida loyihalashtirish va rekonstruksiya qilishga ruxsat berilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi obyektlarning belgilangan tartibda tibbiy asbob-uskunalar va jihozlar bilan butlanishini ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Moliya vazirligi Andijon va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda 1999-yil uchun ushbu viloyatlarning investitsiya dasturini tuzishda ko‘rsatib o‘tilgan obyektlarni rekonstruksiya qilishni tugallashga limitlar va budjet mablag‘larini nazarda tutsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi loyihalashtirishning borishini va bajarilayotgan qurilish-montaj ishlari sifatini nazorat ostiga olsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari H.S. Karamatov va R.R. Yunusov zimmasiga yuklansin.