1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.03 Tibbiyot va farmatsevtika faoliyatiga ruxsat. Litsenziyalash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash]
Farmatsevtika va tibbiyot faoliyatiga litsenziya berishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq hamda farmatsevtika va tibbiyot faoliyatiga litsenziya berish tartibini yanada takomillashtirish, shuningdek aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida:
1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya yuridik va jismoniy shaxslarga 5 yil muddatga beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda farmatsevtika faoliyatiga litsenziya berish tartibi to‘g‘risidagi yangi Nizomni tasdiqlasin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 21-sentabrdagi PQ-186-son qarori 1-ilovasining 3 va 4-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 7-aprel,
PQ-1319-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 14-15-son, 105-modda)