1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.12.00 Boshqa obyektlar qurilishi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.04.00 Qishloq joylarida ijtimoiy sohani rivojlantirish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Oʻzbekiston SSj Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON SSJ QIShLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGI HUZURIDAGI KOLXOZLARDA QURILISh BOʻYIChA JUMHURIYAT DAVLAT-KOOPERATIV BIRLAShMASI “OʻZKOLXOZQURILISh” NI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Jumhuriyat dehqonchilik-sanoat kompleksida kapital qurilishni boshqarishning samarali tizimini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Dehqonlar uyushmasining “Oʻzagroqurilish” jumhuriyat davlat-kooperativ birlashmasi korxonalari va tashkilotlari bazasida Oʻzbekiston SSJ Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi kolxozlarda qurilish boʻyicha jumhuriyat davlat-kooperativ birlashmasi — “Oʻzkolxozqurilish”ni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Belgilansinki, “Oʻzkolxozqurilish” birlashmasi bosh pudratchi va paychi kolxozlarning topshirigʻiga koʻra, suv xoʻjaligi inshootlari, qishloqni elektrlashtirish va gazlashtirishdan tashqari, kolxozlarda obyektlarni loyihalash va qurish boʻyicha buyurtmachi hisoblanadi.
3. “Oʻzagroqurilish” jumhuriyat davlat-kooperativ birlashmasi 1991-yilga kelib shakllangan pudrat ishlari hajmi bilan qurilish-montaj tashkilotlarini, mexanizatsiya bazalarini, loyihalash institutini va boshqa boʻlinmalarni ilovaga muvofiq “Oʻzkolxozqurilish” birlashmasiga oʻtkazsin.
Korxonalar va tashkilotlarni qabul qilib olish — oʻtkazish belgilangan tartibda, ularning 1991-yil 1-yanvardagi (1991-yil 1-martdagi balans boʻyicha) holatiga koʻra amalga oshirilsin.
4. OʻzSSJ Iqtisodiyot qoʻmitasi, OʻzSSJ Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
“Oʻzkolxozqurilish” birlashmasiga tegishli moddiy-texnika resurslari, shuningdek, boshqa qurilish vazirliklari va idoralari korxonalarining binokorlik materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini kooperativ boʻyicha yetkazib berish bilan birga pudrat ishlarining zarur limitlarini nazarda tutsinlar;
ushbu qarordan kelib chiqadigan reja koʻrsatkichlariga zarur oʻzgartishlar kiritsinlar.
5. OʻzSSJ Qishloq xoʻjaligi vazirligi shu yilning may oyida “Oʻzkolxozqurilish”ga kiruvchi tashkilotlar qatnashuvchi paychi kolxozlar vakillarining syezdini chaqirsin, unda Ustav va markaziy apparat tuzilmasi tasdiqlansin, “Oʻzkolxozqurilish” birlashmasi boshqaruvi saylovi oʻtkazilsin.
6. OʻzSSJ Aloqa vazirligi “Oʻzkolxozqurilish” birlashmasi binosiga tegishli normalarga muvofiq MA, hukumat ATSi telefon apparatlari hamda teletayp oʻrnatsin.
7. “Oʻzkolxozqurilish” birlashmasi rahbarlari va boshqaruv aʼzolari moddiy-maishiy taʼminot va tibbiy xizmat koʻrsatish sharoitlari boʻyicha jumhuriyat vazirliklarining rahbarlari va kollegiyalari aʼzolariga tenglashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 6-may,
118-son
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 6-maydagi 118-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston SSJ qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Oʻzkolxozqurilish” birlashmasi tarkibiga oʻtkaziladigan tashkilotlar va korxonalar