Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston SSJ Prezidentining “Oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz pensionerlarni ijtimoiy himoyalash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida”gi
Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz pensionerlarga imtiyozlar berish tartibi toʻgʻrisida ilova qilinayotgan
Nizom (1-ilova) va ularni belgilangan normada bepul taʼminlash uchun eng zarur mollar
roʻyxati (2-ilova) tasdiqlansin.
2.
1-ilovada koʻrsatilgan imtiyozlarni berish bilan bogʻliq xarajatlar jumhuriyat va mahalliy budjetlar, shuningdek, OʻzSSJning tegishli vazirliklari, idoralari, korxonalar va tashkilotlar mablagʻlari hisobiga amalga oshirilsin.
3. OʻzSSJ Moliya vazirligi pensiya guvohnomalariga maxsus qoʻshimcha varaqlar tayyorlash uchun OʻzSSJ Ijtimoiy taʼminot vazirligiga mablagʻ ajratsin.
4. Qoraqalpogʻiston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari va Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi, OʻzSSJ Moliya vazirligi, OʻzSSJ Ijtimoiy taʼminot vazirligi, OʻzSSJ Sogʻliqni saqlash vazirligi, OʻzSSJ Savdo vazirligi, OʻzSSJ Uy-joy-kommunal xoʻjaligi vazirligi, OʻzSSJ Avtomobil transporti vazirligi va Oʻzbekbirlashuv 1991-yilning 1-iyulidan boshlab yuqorida koʻrsatilgan
Farmonda koʻzda tutilgan imtiyozlarning yolgʻiz pensionerlarga oʻz vaqtida va toʻla hajmda berilishini taʼminlasinlar.
5. Qoraqalpogʻiston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari va Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi oʻta muhtoj yolgʻiz pensionerlar va nogironlarni uy bilan taʼminlash uchun ularga davlat uy-joy fondidagi boʻshayotgan uylardan birinchi navbatda turarjoy maydoni ajratishni nazarda tutsinlar.
1. Oʻzbekiston SSJ Prezidentining 1991-yil 27-maydagi
Farmonida belgilangan imtiyozli huquqlardan oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz pensionerlar, shu jumladan, nogironlar ham foydalanadilar.
2. Mazkur
Farmonga muvofiq imtiyozli huquqlardan foydalanuvchilarning nomma-nom roʻyxati nohiya (shahar) Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan tuman (shahar) hokimligi bilan birgalikda tuziladi.
3. Pensiya guvohnomasidagi maxsus qoʻshimcha varaq yuqoridagi
Farmonda belgilangan imtiyozlardan foydalanish huquqini beruvchi hujjat hisoblanadi. Bu qoʻshimcha varaq Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarining muhri va masʼul shaxsi imzosi bilan tasdiqlangan boʻladi.
5. Pensiya guvohnomasi va unga qoʻshimcha varaq jamoat transportida (taksidan tashqari) bepul yurish huquqini beruvchi hujjat hisoblanadi.
7. Pensiya guvohnomasi va unga qoʻshimcha varaq asosida yashash joyi boʻyicha birkitilgan yolgʻiz pensionerlarga xizmat koʻrsatuvchi doʻkonda tasdiqlangan roʻyxatdagi mollarni belgilangan miqdorda bepul berish uchun ular roʻyxatga olinadilar va shu maqsadlar uchun tutilgan maxsus daftarga yozib qoʻyiladilar.
Bir oy oʻtishi bilan savdo tashkiloti koʻrsatilgan toifadagi pensionerlarga berilgan mollarning haqiqiy qiymati toʻgʻrisida, ularning qiymatini qoplash uchun, tegishli nohiya, shahar moliya boʻlimiga yigʻma roʻyxat taqdim etadi.
Nohiya, shahar moliya boʻlimlari taqdim etilgan roʻyxatlarni 10 kun muddat ichida koʻrib chiqadilar va tegishli summalarni tegishli korxonalarning schyotlariga oʻtkazadilar.