OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLAR MUZEYI FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekistonning harbiy sohadagi tarixiga oid yodgorliklarni toʻplash, tadqiq etish va saqlash, ulardan harbiy xizmatchilar va aholini, ayniqsa yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda foydalanishni zamon talablari darajasida tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va koʻrgazma faoliyati;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.03.00.00 Qurolli Kuchlar / 15.03.01.00 Qurolli Kuchlarni boshqarish]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar muzeyi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar davlat muzeyi” (keyingi oʻrinlarda Qurolli Kuchlar davlat muzeyi deb ataladi) deb qayta nomlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar davlat muzeyining yangi ekspozitsiyasini yaratish ishlarini yakunlash chora-tadbirlari rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bir oy muddatda Qurolli Kuchlar davlat muzeyining fondida saqlanayotgan va unga respublikaning boshqa muzeylari fondidan oʻtkazilayotgan eksponatlarni Milliy muzey fondining Davlat katalogiga kiritish ishlarini amalga oshirsin hamda ularni saqlash tartib-qoidalariga rioya etilishini nazorat qilib borsin.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va koʻrgazma faoliyati]
4. Qurolli Kuchlar davlat muzeyi tarkibida Ilmiy-uslubiy va ilmiy- tadqiqot axborot markazi tashkil etilsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va koʻrgazma faoliyati]
5. Quyidagilar Ilmiy-uslubiy va ilmiy-tadqiqot axborot markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:
muzeyni rivojlantirishning ilmiy-uslubiy asoslarini, istiqbolli rejasini ishlab chiqish;
muzey fondlari va ekspozitsiyalarini Qurolli Kuchlar tarixiga oid arxiv hujjatlari va boshqa eksponatlar bilan muntazam ravishda boyitib borish;
harbiy okruglar, harbiy taʼlim muassasalarining harbiy-tarixiy muzeylari faoliyatini muvofiqlashtirishga doir ishlarni olib borish;
muzey faoliyati boʻyicha ommaviy axborot vositalarida maqolalar eʼlon qilish, telekoʻrsatuvlar, radioeshittirishlar tayyorlash, materiallarni nashrga tayyorlash va chop etish;
muzeyning faoliyat yoʻnalishiga doir maʼnaviy-maʼrifiy, targʻibot tadbirlarini amalga oshirish.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Tarix instituti, Oʻzbekiston tarixi Davlat muzeyi, Temuriylar tarixi Davlat muzeyi Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar davlat muzeyining Ilmiy-uslubiy va ilmiy-tadqiqot axborot markaziga uning oʻz faoliyatini amalga oshirishida ilmiy- uslubiy yordam koʻrsatsinlar.
15 kun muddatda Qurolli Kuchlar davlat muzeyi toʻgʻrisidagi Nizomni, uning shtatlar jadvalini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
yangi tashkil etilgan Qurolli Kuchlar davlat muzeyini zamonaviy texnik jihozlar va inventarlar bilan taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan birgalikda Qurolli Kuchlar davlat muzeyining Ilmiy-uslubiy va ilmiy-tadqiqot axborot markaziga ajratilgan shtat birliklarini muzeyshunoslik va Qurolli Kuchlar tarixi sohalari boʻyicha yetuk va tajribali mutaxassislar bilan taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Qurolli Kuchlar davlat muzeyining ekspozitsiyasini boyitish maqsadida xorijiy mamlakatlar muzeylarida saqlanayotgan Oʻzbekiston xalqlari harbiy tarixiga oid eksponatlar va hujjatlarni yoki ularning fotosurati va nusxasini Oʻzbekistonga olib kelish chora-tadbirlarini koʻrsin.
9. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar davlat muzeyi binosini saqlash, jihozlash hamda uning faoliyatini taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga har yilgi davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
Multimediya va hujjatli filmlar yaratish uchun zarur boʻlgan hujjatlar, nashriy materiallar, kino, video, fono, foto materiallarni oʻz vaqtida yetkazib berish.
2010-yil mart
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “Oʻzbekkino” milliy agentligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, “Sharq” kompaniyasi, “Oʻzarxiv” agentligi
5.
Muzeyning mavzu yoʻnalishlari boʻyicha multimediya dasturlarini yaratish.
2010-yil 10-aprel
Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti, Mudofaa vazirligi
6.
Proyektor va sensorli kiosk orqali namoyish etiladigan mavjud hujjatli filmlarni tanlash va yangilarini yaratish.
2010-yil 10-aprel
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “Oʻzbekkino” milliy agentligi
7.
Muzey ekspozitsiyasi uchun zarur vitrinalar, stendlar va boshqa jihozlarni tayyorlash va oʻrnatish.
2010-yil 15-aprel
Mudofaa vazirligi, Badiiy akademiya
8.
Muzeyga qoʻyiladigan xaritalar va ularning relyefli maketlarini yaratish.
2010-yil 10-aprel
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Mudofaa vazirligi
9.
Yaratilayotgan ekspozitsiyaga videoproyektor, sensorli kiosklar, boshqa texnik asbob-uskunalar oʻrnatish.
2010-yil 10-aprel
Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi
10.
Muzey faoliyatiga doir bukletlar, prospektlar yaratish.
2010-yil 10-aprel
Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi; “Sharq” kompaniyasi
11.
Plakatlar, eksponatlar, maketlar, mulyajlar manekenlarni ekspozitsiyaga joylashtirish, dizaynerlik ishlarini yakunlash.
2010-yil 15-aprel
Badiiy akademiya, Mudofaa vazirligi
12.
Muzeyning yangi ekspozitsiyasini yaratish ishlarini yakunlash.
2010-yil 20-aprel
Badiiy akademiya, Mudofaa vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Fanlar akademiyasi
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 13-son, 97-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2026-y., 09/26/280/0553-son)