OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLAR MUZEYI FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekistonning harbiy sohadagi tarixiga oid yodgorliklarni toʻplash, tadqiq etish va saqlash, ulardan harbiy xizmatchilar va aholini, ayniqsa yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda foydalanishni zamon talablari darajasida tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va koʻrgazma faoliyati;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.03.00.00 Qurolli Kuchlar / 15.03.01.00 Qurolli Kuchlarni boshqarish]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar muzeyi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar davlat muzeyi” (keyingi oʻrinlarda Qurolli Kuchlar davlat muzeyi deb ataladi) deb qayta nomlansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-iyundagi 280-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2026-y., 09/26/280/0553-son)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-iyundagi 280-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2026-y., 09/26/280/0553-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va koʻrgazma faoliyati]
4. Qurolli Kuchlar davlat muzeyi tarkibida Ilmiy-uslubiy va ilmiy- tadqiqot axborot markazi tashkil etilsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va koʻrgazma faoliyati]
5. Quyidagilar Ilmiy-uslubiy va ilmiy-tadqiqot axborot markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:
muzeyni rivojlantirishning ilmiy-uslubiy asoslarini, istiqbolli rejasini ishlab chiqish;
muzey fondlari va ekspozitsiyalarini Qurolli Kuchlar tarixiga oid arxiv hujjatlari va boshqa eksponatlar bilan muntazam ravishda boyitib borish;
harbiy okruglar (birlashmalar), harbiy taʼlim muassasalarining harbiy-tarixiy muzeylari faoliyatini muvofiqlashtirishga doir ishlarni olib borish;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-iyundagi 356-sonli qarori tahririda)
muzey faoliyati boʻyicha ommaviy axborot vositalarida maqolalar eʼlon qilish, telekoʻrsatuvlar, radioeshittirishlar tayyorlash, materiallarni nashrga tayyorlash va chop etish;
muzeyning faoliyat yoʻnalishiga doir maʼnaviy-maʼrifiy, targʻibot tadbirlarini amalga oshirish.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-iyundagi 280-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2026-y., 09/26/280/0553-son)
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-iyundagi 280-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2026-y., 09/26/280/0553-son)
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-iyundagi 280-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2026-y., 09/26/280/0553-son)
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-iyundagi 280-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2026-y., 09/26/280/0553-son)
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-iyundagi 280-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2026-y., 09/26/280/0553-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 13-son, 97-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2026-y., 09/26/280/0553-son)