1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.03.00 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi / 07.10.03.04 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
TABIIY GAZGA QOʻShIMChA FOYDA SOLIGʻINI HISOBLAB ChIQARISh VA BUDJETGA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 25-martda 1909-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 17-fevraldagi 6 va 2020-05-sonli “Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1909-6, 28.02.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (II)-son), Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-son, 232-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 10-fevraldagi 21, 2009-10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1909, 2009-yil 24-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 9-son, 98-modda) bilan tasdiqlangan “Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 12-mart,
21-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 12-mart,
2010-10-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 12-martdagi 21, 2010-10 -sonli qaroriga ILOVA
Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 2-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Sof qoʻshimcha foyda — qoʻshimcha foyda qismiga toʻgʻri keladigan yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi va budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar chegirib tashlangan hisobot davridagi qoʻshimcha foyda summasidir”.
“3. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini hisoblab chiqishda sof qoʻshimcha foyda summasi soliq solinadigan bazaga qoʻshilmaydi”.