1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.10.00 Xalqaro koʻrgazmalar, savdolar, kimoshdi savdolari, yarmarkalar]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING “EKSPO — 2000” UMUMJAHON KOʻRGAZMASIDA QATNAShIShI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Gannover shahrida (GFR) 2000-yil 1-iyundan 31-oktabrgacha oʻtkaziladigan “EKSPO — 2000” Umumjahon” koʻrgazmasida Oʻzbekiston Respublikasining qatnashishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining “EKSPO — 2000” Umumjahon koʻrgazmasida qatnashishi uchun masʼul etib belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi milliy ekspozitsiyasining yagona konsepsiyasini ishlab chiqish uchun 1 va 2-ilovalarga tashkiliy qoʻmita va respublikaning “EKSPO — 2000” Umumjahon koʻrgazmasida qatnashishi boʻyicha mualliflik jamoasi muvofiq tuzilsin.
3. Tashkiliy qoʻmita:
Oʻzbekiston Respublikasining Umumjahon koʻrgazmasida qatnashishi boʻyicha tadbirlar rejasini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
mualliflik jamoasi bilan birgalikda uch oy muddatda mavzu-ekspozitsiya rejasini ishlab chiqsin, eksponatlar roʻyxatini tayyorlasin, respublika vazirliklari, idoralari va tashkilotlarini jalb etgan holda Umumjahon koʻrgazmasida milliy ekspozitsiyani yaratish uchun zarur boʻlgan eksponatlar, fotomateriallar, esdalik sovgʻalari, multimediya dasturi va boshqa reklama-axborot mahsulotlari oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlasin;
mualliflik jamoasi va Badiiy akademiya bilan birgalikda milliy stendning ramzi va logotipini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
4. Tashkiliy qoʻmitaga axborot materiallarni tayyorlashda ilmiy muassasalar va tashkilotlar olimlari va mutaxassislarini jalb qilish huquqi berilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya, Moliya vazirligi huzuridagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qoʻmitasi, “Musavvir” ilmiy-ishlab chiqarish markazi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining “Oʻzekspomarkaz” savdo koʻrgazma markaziga tarix, rang-tasvir, amaliy sanʼati boʻlimini va “Oʻzbekiston — tarixi va hozirgi kuni” multimediya dasturini barpo etish uchun zarur boʻlgan maslahat yordami koʻrsatsinlar, statistika, axborot materiallari va eksponatlarning berilishini taʼminlasinlar.
6. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Oʻzbekiston Respublikasining “EKSPO — 2000” Umumjahon koʻrgazmasida qatnashishi boʻyicha xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi homiy tashkilotlarining mablagʻlari hisobiga qoplanadi;
respublika ekspozitsiyalarini joylashtirish uchun koʻrgazma maydoni ijarasi uchun 1998-yilda toʻlanadigan boshlangʻich badal 283 ming AQSh dollarini tashkil etadi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Umumjahon koʻrgazmasida qatnashish boʻyicha xarajatlarni qoplash uchun:
homiy tashkilotlarning mablagʻlarini jamlash uchun maxsus bank schyotini ochsin;
koʻrgazma tashkilotchilari tomonidan beriladigan imtiyozlarni hisobga olgan holda Moliya vazirligi bilan kelishilgan uzil-kesil xarajatlar smetasini tayyorlasin;
uch oy muddatda homiy tashkilotlarning roʻyxatini ishlab chiqsin va ular toʻlaydigan mablagʻlarni aniqlasin;
koʻrgazma maydoni ijarasi uchun boshlangʻich va keyingi badallarni jamlangan homiylik mablagʻlari hisobidan toʻlasin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 26-iyun,
267-son
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-iyundagi 267-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining “EKSPO—2000” Umumjahon koʻrgazmasida qatnashishiga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tashkiliy qoʻmita
TARKIBI
Sultonov Oʻ.T.
—
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, tashkiliy qoʻmita raisi
Azizxoʻjayev A.A.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosori, tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari
Gʻaniyev E.M.
—
Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri
Muxamedov R.S.
—
Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasining “EKSPO—2000” Umumjahon koʻrgazmasidagi bosh vakili
Shodiyev B.A.
—
Vazirlar Mahkamasi Bayram va yubiley tadbirlarini oʻtkazish direksiyasi direktori
Azimov R.S.
—
“Oʻzmilliybank” boshqaruvi raisi
Dadaqoʻziyev B.M.
—
Moliya vazirligi huzuridagi qimmatbaho metallar qoʻmitasi raisi
Joʻrayev X.R.
—
Madaniyat ishlari vaziri
Joʻrayev T.J.
—
Fanlar akademiyasi prezidenti
Koʻchimov A.
—
“Oʻzteleradio” kompaniyasi raisi
Koʻziyev T.
—
Badiiy akademiya prezidenti
Muhidov A.A.
—
Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti boshligʻi
Mullajonov F.M.
—
Markaziy bank raisi
Roʻzmetov A.G.
—
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy avia�ompaniyasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi
Toʻxtayev A.
—
Arxitektorlar uyushmasi raisi
Ochilov Q.
—
OʻzA bosh direktori oʻrinbosari
Habibulayev P.Q.
—
Fan va texnika davlat qoʻmitasi raisi
Fayziyev Z.O.
—
“Oʻzbeksavdo” kompaniyasi raisi
Husanboyev B.M.
—
“Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi raisi
Shogʻulomov R.Sh.
—
Davlat matbuot qoʻmitasi raisi
Ergashev B.Q
—
“Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi raisi
Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtganlarida ular lavozimiga yangidan tayinlangan shaxslar tashkiliy qoʻmita tarkibiga kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-iyundagi 267-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining “EKSPO—2000” Umumjahon koʻrgazmasidagi milliy ekspozitsiyasining mavzu-ekspozitsiya rejasini va multimediya dasturini ishlab chiqish boʻyicha mualliflar jamoasi
TARKIBI
Umumiy rahbarlik:
Muhamedov R.S.
—
Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasining “EKSPO—2000” Umumjahon koʻrgazmasidagi bosh vakili
Shodiyev B.A.
—
Vazirlar Mahkamasi Bayram va yubiley tadbirlarini oʻtkazish direksiyasi direktori
Zokirova M.M.
—
Vazirlar Mahkamasi Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti bosh mutaxassisi
Ermatov B.M.
—
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining “Oʻzekspomarkaz” RSKM bosh direktori
Dizayner rassomlar:
Toʻxtayev A.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Arxitektorlar uyushmasi raisi
Saloxutdinov O.
—
“Oʻzekspomarkaz” RSKM ishlab chiqarish bezash boʻlimi boshligʻi
Tichina S.
—
“Oʻzekspomarkaz” RSKM proyektant rassomi
Qahhorov Sh.
—
“Oʻzekspomarkaz” RSKM dizayner rassomi
Joʻrayev I.
—
“Oʻzekspomarkaz” RSKM dizayner rassomi
Sanʼatshunoslar:
Hakimov A.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi ilmiy kotibi, sanʼatshunoslik doktori
Kodzayeva L.
—
Badiiy akademiyaning badiiy koʻrgazmalar direksiyasi direktorining fan boʻyicha oʻrinbosari
Shoyoqubov Sh.
—
“Musavvir” ilmiy-ishlab chiqarish markazi bosh direktori
Zufarov I.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining badiiy ekspertiza boshqarmasi boshligʻi
Dadaqoʻziyev B.M.
—
Moliya vazirligi huzuridagi qimmatbaho metallar qoʻmitasi raisi
Multimidiya dasturini yaratish
Tursunov M.
—
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “Oʻzinkommarkaz” Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy axborot-tijorat markazi bosh direktori
Qambarov M.
—
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “Oʻzinkommarkaz” Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy axborot-tijorat markazi “Insoft” firmasi direktori
“Oʻzekspomarkaz” respublika savdo koʻrgazma markazi metodistlari
Arifova D.
—
Xalqaro va milliy koʻrgazmalar boʻlimi boshligʻi
Sobirova T.
—
Xalqaro va mi�liy koʻrgazmalar boʻlimining toifali mutaxassisi
Almyasheva A.
—
koʻrgazma servisi va eksponatlar boʻlimi yetakchi mutaxassisi