Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
QIZKETKAN SHAHARCHASINI SUV BILAN TAʼMINLASHNING KOʻRGAZMALI LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Orolboʻyi aholisini ichimlik suvi bilan taʼminlash dasturini amalga oshirish, aholining turmush darajasini koʻtarish maqsadida va Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasida tuzilgan Qarz haqidagi bitimni ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan 20 yil muddatga 5 million AQSH dollari summasida kredit berilgan, Qizketkan shaharchasini suv bilan taʼminlashning koʻrgazmali loyihasini amalga oshirishga va Orolboʻyini suv bilan taʼminlashning toʻliq koʻlamdagi loyihasini batafsil ishlab chiqishga qaratiladigan besh yillik imtiyozli davr ham shu jumlaga kiradi;
“Oʻzbekkommunalloyiha” loyiha instituti tomonidan koʻrgazmali loyihaning muhandislik jihatdan batafsil ishlab chiqilishi tugallanmoqda.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Orolboʻyi aholisini suv bilan taʼminlash loyihasini amalga oshirish uchun masʼul tashkilot etib belgilansin, ushbu ishga Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi, “Oʻzgeodezkadastr”, Davlat geologiya qoʻmitasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar jalb etilsin.
3. Qizketkan shaharchasini suv bilan taʼminlashning koʻrgazmali loyihasini mablagʻ bilan taʼminlash va yuqorida koʻrsatilgan Qarz haqidagi bitim doirasidagi toʻliq koʻlamli loyihaning muhandislik jihatdan batafsil ishlab chiqilishi
sxemasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Moliya vazirligi keyingi yillarga investitsiya dasturini tuzishda respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar, shuningdek “Suv oqova” Qoraqalpogʻiston ishlab chiqarish boshqarmasining oʻz mablagʻlarini hisobga olgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti hisobiga Qizketkan shaharchasida suv taʼminoti koʻrgazmali loyihasini amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi xarajatlari ulushini qoplashga va u boʻyicha olingan kredit va foizlarni toʻlashga
2-ilovaga muvofiq markazlashtirilgan sarmoya mablagʻlari limitlarini nazarda tutsinlar.
Moliya vazirligi loyihani amalga oshirishga yoʻnaltirilayotgan budjet mablagʻlarini respublika budjeti xarajatlarida alohida qatorda nazarda tutsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank hamda Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan birgalikda uch hafta muddatda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan berilayotgan qarz mablagʻlari berilishi, foydalanilishi va qaytarilishi tartibini, shuningdek xorijiy va milliy valyutadagi loyiha schyotlari ochilishi, foydalanilishi va toʻldirilishi tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Moliya vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda loyihani amalga oshirish davomida suv bilan taʼminlovchi tashkilotlarning moliyaviy mustaqilligini, aholining suvdan oqilona foydalanish jarayoniga faol jalb etilishini taʼminlovchi tarif stavkalarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi bilan birgalikda:
1997-yil 1-oktabrgacha — Qizketkan shaharchasini suv bilan taʼminlashning koʻrgazmali loyihasi loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini;
1997-yil dekabr oyida — tender asosida pudrat tashkilot aniqlanishini va 1997-yil oxirigacha u bilan kontrakt tuzilishini;
1999-yil 1-aprelgacha — obyekt qurilishi tugallanishini va u foydalanish uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga berilishini taʼminlasin.
8. Orolboʻyi aholisini suv bilan taʼminlash loyihasi uchun asbob-uskunalar, materiallar xarid qilinishi hamda ishlarga xalqaro va mahalliy tanlov savdolari tashkil etish boʻyicha tender komissiyasi
tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
9. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining qarzi hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadigan, Orolboʻyi suv taʼminoti loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha korxonalar va tashkilotlar tomonidan bajariladigan ishlar va xizmatlar qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga Orolboʻyi aholisini suv bilan taʼminlash loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy maslahat firmalari va kompaniyalari tomonidan xizmatlar koʻrsatilishi va moliyaviy resurslar berilishi uchun zarur boʻlgan materiallarni (shu jumladan, maxfiy materiallarni) ularga, shuningdek mablagʻ bilan taʼminlovchi xalqaro tashkilotlarga tegishli idoralar bilan kelishuv boʻyicha belgilangan tartibda maxfiylik asosida berishga ruxsat etilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha Orolboʻyi aholisini suv bilan taʼminlash loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy tashkilotlarning vakillariga haq undirmasdan vizalar, zarurat boʻlganda koʻp martalik vizalar berilishini taʼminlasin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Orolboʻyi aholisini suv bilan taʼminlash loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun yigʻimlar toʻlashdan ozod qilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bojxona hujjatlari va Orolboʻyi aholisini suv bilan taʼminlash loyihasi uchun xarid qilinadigan materiallar va asbob-uskunalar keltirilishi, shuningdek xorijiy mutaxassislar tomonidan ushbu loyiha boʻyicha ular tomonidan xizmatlar bajarilishi maqsadida keltiriladigan va keyinchalik ular tomonidan olib ketiladigan asbob-uskunalar, materiallar va shaxsiy mol-mulk boj poshlinalari va yigʻimlar toʻlanmasdan operativ rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
14. Orolboʻyi suv taʼminoti loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashish uchun kelayotgan xorijiy mutaxassislar va tashkilotlarga yashaganlik va transportning barcha turlarida yurganlik, kommunal xizmatlar haqini toʻlash va binolar ijarasi uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar boʻyicha haq toʻlash huquqi berilsin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-avgustdagi 421-son
qaroriga1-ILOVA
Qizketkan shaharchasini suv bilan taʼminlashning koʻrgazmali loyihasini mablagʻ bilan taʼminlash va toʻliq koʻlamli loyihaning muhandislik jihatdan batafsil ishlab chiqilishi
|
loyihani amalga oshirish muddati |
umumiy qiymati |
shu jumladan |
| XTTB qarz mablagʻlari |
budjet mablagʻlari |
aholi mablagʻlari |
|
I. Qizketkan shaharchasini suv bilan taʼminlashning koʻrgazmali loyihasi, shu jumladan, qurilish, shuningdek qurilish materiallari va nasos stansiyasi uchun asbob-uskunalar, xlorlagich, toza suv rezervuarlari, elektr podstansiyalari, elektr tarmoqlari, yoʻllar, suv toʻplovchi va tarqatuvchi vodoprovod tarmoqlari, jumladan suvni hovlilarga olib kirish va suv oʻlchagichlar oʻrnatish qiymati. |
1997—1999 |
2059 |
1653 |
352** |
54** |
|
II. Toʻliq koʻlamli loyihaning chet ellik maslahatchilar, ixtisoslashtirilgan mahalliy loyihalash tashkilotlari tomonidan muhandislik jihatdan batafsil ishlab chiqilishi: |
1997-1998 |
3347 |
3347 |
50 (1997-y.) 302 (1998-y.) |
|
|
—gidravlik hisob-kitoblarni, loyiha obyektlari sxemalari va chizmalarini tayyorlash; |
|
|
1054* |
|
|
| —qurilish ishlari hajmlari hisob-kitoblarini va asbob-uskunalar roʻyxatini tayyorlash, ularni paketlar boʻyicha jonlashtirish; |
|
|
1403* |
|
|
| —xarid qilishga kontraktlar tuzish, shu jumladan, materiallar, asbob-uskunalar va ish turlariga batafsil texnik ixtisoslashtirish uchun tender hujjatlarini tayyorlash; |
|
|
621* |
|
|
| —qurilishni boshqarishning batafsil rejasini tayyorlash; |
|
|
30* |
|
|
|
—loyihani amalga oshirishni boshqarish. |
|
|
239* |
|
|
|
Jami: |
|
5406 |
5000 |
352* |
54** |
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-avgustdagi 421-son
qaroriga 2-ILOVA
|
Majburiyat uchun vositachilik haqi |
0,25% yillik foyda* |
|
|
Foiz stavkasi (hisoblangan) |
6,94% |
|
|
Qarz summasi |
5000 ming AQSH dollari |
|
|
Imtiyozli davr |
5 yil |
|
|
Qarzni uzish muddati |
15 yil |
|
| |
|
|
(ming AQSH dollarida) |
| Yil |
Foizlar va vositachilik haqi** |
Qarzni uzish |
Umumiy summa |
| 1997 |
7.4 |
|
|
| 1998 |
85.9 |
|
|
| 1999 |
183.9 |
|
183.9 |
| 2000 |
281.7 |
|
281.7 |
| 2001 |
302.1 |
|
302.1 |
| 2002 |
340.2 |
195 |
535.2 |
| 2003 |
326.7 |
215 |
541.7 |
| 2004 |
311.7 |
225 |
536.7 |
| 2005 |
296.2 |
245 |
541.2 |
| 2006 |
279.2 |
260 |
539.2 |
| 2007 |
261.1 |
275 |
536.1 |
| 2008 |
242.1 |
295 |
537.1 |
| 2009 |
221.6 |
315 |
536.6 |
| 2010 |
199.7 |
345 |
544.7 |
| 2011 |
175.8 |
365 |
540.8 |
| 2012 |
150.4 |
395 |
545.4 |
| 2013 |
122.9 |
420 |
542.9 |
| 2014 |
93.9 |
450 |
543.9 |
| 2015 |
62.6 |
480 |
542.6 |
| 2016 |
18.1 |
520 |
538.1 |
| Jami |
3963.2 |
5000 |
8963.2 |
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-avgustdagi 421-son
qaroriga3-ILOVA
Orolboʻyi aholisini suv bilan taʼminlash loyihasiga asbob-uskunalar, materiallar xarid qilinishi va ishlar uchun tanlov savdolarini oʻtkazuvchi tender komissiyasining
| Joʻrabekov I.H. |
— |
Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari, rahbar |
| Xoʻjayev B.E. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirining oʻrinbosari, rahbar oʻrinbosari |
| Mironenkov L.P. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining boʻlim boshligʻi, masʼul kotib |
| Mannopbekov N.T. |
— |
Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamentining boʻlim boshligʻi |
| Yoʻldoshev E.A. |
— |
Kommunal xizmat koʻrsatish vazirining oʻrinbosari |
| Bekturdiyev B.B. |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi oʻrinbosari |
| Yoʻldoshev R.Y. |
— |
Xorazm viloyati hokimining oʻrinbosari |
| Qoʻchqorov J.A. |
— |
Moliya vazirining oʻrinbosari |