QIZKETKAN SHAHARCHASINI SUV BILAN TAʼMINLASHNING KOʻRGAZMALI LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Orolboʻyi aholisini ichimlik suvi bilan taʼminlash dasturini amalga oshirish, aholining turmush darajasini koʻtarish maqsadida va Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasida tuzilgan Qarz haqidagi bitimni ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan 20 yil muddatga 5 million AQSH dollari summasida kredit berilgan, Qizketkan shaharchasini suv bilan taʼminlashning koʻrgazmali loyihasini amalga oshirishga va Orolboʻyini suv bilan taʼminlashning toʻliq koʻlamdagi loyihasini batafsil ishlab chiqishga qaratiladigan besh yillik imtiyozli davr ham shu jumlaga kiradi;
“Oʻzbekkommunalloyiha” loyiha instituti tomonidan koʻrgazmali loyihaning muhandislik jihatdan batafsil ishlab chiqilishi tugallanmoqda.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Orolboʻyi aholisini suv bilan taʼminlash loyihasini amalga oshirish uchun masʼul tashkilot etib belgilansin, ushbu ishga Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi, “Oʻzgeodezkadastr”, Davlat geologiya qoʻmitasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar jalb etilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
3. Qizketkan shaharchasini suv bilan taʼminlashning koʻrgazmali loyihasini mablagʻ bilan taʼminlash va yuqorida koʻrsatilgan Qarz haqidagi bitim doirasidagi toʻliq koʻlamli loyihaning muhandislik jihatdan batafsil ishlab chiqilishi sxemasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Moliya vazirligi keyingi yillarga investitsiya dasturini tuzishda respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar, shuningdek “Suv oqova” Qoraqalpogʻiston ishlab chiqarish boshqarmasining oʻz mablagʻlarini hisobga olgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti hisobiga Qizketkan shaharchasida suv taʼminoti koʻrgazmali loyihasini amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi xarajatlari ulushini qoplashga va u boʻyicha olingan kredit va foizlarni toʻlashga 2-ilovaga muvofiq markazlashtirilgan sarmoya mablagʻlari limitlarini nazarda tutsinlar.
Moliya vazirligi loyihani amalga oshirishga yoʻnaltirilayotgan budjet mablagʻlarini respublika budjeti xarajatlarida alohida qatorda nazarda tutsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank hamda Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan birgalikda uch hafta muddatda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan berilayotgan qarz mablagʻlari berilishi, foydalanilishi va qaytarilishi tartibini, shuningdek xorijiy va milliy valyutadagi loyiha schyotlari ochilishi, foydalanilishi va toʻldirilishi tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Moliya vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda loyihani amalga oshirish davomida suv bilan taʼminlovchi tashkilotlarning moliyaviy mustaqilligini, aholining suvdan oqilona foydalanish jarayoniga faol jalb etilishini taʼminlovchi tarif stavkalarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi bilan birgalikda:
1997-yil 1-oktabrgacha — Qizketkan shaharchasini suv bilan taʼminlashning koʻrgazmali loyihasi loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini;
1997-yil dekabr oyida — tender asosida pudrat tashkilot aniqlanishini va 1997-yil oxirigacha u bilan kontrakt tuzilishini;
1999-yil 1-aprelgacha — obyekt qurilishi tugallanishini va u foydalanish uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga berilishini taʼminlasin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 13-yanvardagi 17-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
9. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining qarzi hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadigan, Orolboʻyi suv taʼminoti loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha korxonalar va tashkilotlar tomonidan bajariladigan ishlar va xizmatlar qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga Orolboʻyi aholisini suv bilan taʼminlash loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy maslahat firmalari va kompaniyalari tomonidan xizmatlar koʻrsatilishi va moliyaviy resurslar berilishi uchun zarur boʻlgan materiallarni (shu jumladan, maxfiy materiallarni) ularga, shuningdek mablagʻ bilan taʼminlovchi xalqaro tashkilotlarga tegishli idoralar bilan kelishuv boʻyicha belgilangan tartibda maxfiylik asosida berishga ruxsat etilsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Iqtisodiyot vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha Orolboʻyi aholisini suv bilan taʼminlash loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy tashkilotlarning vakillariga haq undirmasdan vizalar, zarurat boʻlganda koʻp martalik vizalar berilishini taʼminlasin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
12. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Orolboʻyi aholisini suv bilan taʼminlash loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun yigʻimlar toʻlashdan ozod qilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bojxona hujjatlari va Orolboʻyi aholisini suv bilan taʼminlash loyihasi uchun xarid qilinadigan materiallar va asbob-uskunalar keltirilishi, shuningdek xorijiy mutaxassislar tomonidan ushbu loyiha boʻyicha ular tomonidan xizmatlar bajarilishi maqsadida keltiriladigan va keyinchalik ular tomonidan olib ketiladigan asbob-uskunalar, materiallar va shaxsiy mol-mulk boj poshlinalari va yigʻimlar toʻlanmasdan operativ rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
14. Orolboʻyi suv taʼminoti loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashish uchun kelayotgan xorijiy mutaxassislar va tashkilotlarga yashaganlik va transportning barcha turlarida yurganlik, kommunal xizmatlar haqini toʻlash va binolar ijarasi uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar boʻyicha haq toʻlash huquqi berilsin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 29-avgust,
421-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-avgustdagi 421-son qaroriga 1-ILOVA
Qizketkan shaharchasini suv bilan taʼminlashning koʻrgazmali loyihasini mablagʻ bilan taʼminlash va toʻliq koʻlamli loyihaning muhandislik jihatdan batafsil ishlab chiqilishi
SXEMASI
loyihani amalga oshirish muddati
umumiy qiymati
shu jumladan
XTTB qarz mablagʻlari
budjet mablagʻlari
aholi mablagʻlari
I. Qizketkan shaharchasini suv bilan taʼminlashning koʻrgazmali loyihasi, shu jumladan, qurilish, shuningdek qurilish materiallari va nasos stansiyasi uchun asbob-uskunalar, xlorlagich, toza suv rezervuarlari, elektr podstansiyalari, elektr tarmoqlari, yoʻllar, suv toʻplovchi va tarqatuvchi vodoprovod tarmoqlari, jumladan suvni hovlilarga olib kirish va suv oʻlchagichlar oʻrnatish qiymati.
II. Toʻliq koʻlamli loyihaning chet ellik maslahatchilar, ixtisoslashtirilgan mahalliy loyihalash tashkilotlari tomonidan muhandislik jihatdan batafsil ishlab chiqilishi:
1997-1998
3347
3347
50 (1997-y.) 302 (1998-y.)
—gidravlik hisob-kitoblarni, loyiha obyektlari sxemalari va chizmalarini tayyorlash;
—xarid qilishga kontraktlar tuzish, shu jumladan, materiallar, asbob-uskunalar va ish turlariga batafsil texnik ixtisoslashtirish uchun tender hujjatlarini tayyorlash;