Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekistonning xalqaro obroʻ-eʼtiborini oshirish va barcha jahon moliya tashkilotlari hamda chet el investorlariga mamlakatning moliyaviy barqarorligi toʻgʻrisida eʼtiborli axborot taqdim etish, Oʻzbekistonga investitsiyalarni jalb qilish va investorlarning keng doirasi bilan uzoq muddatli aloqalar oʻrnatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining mustaqil xalqaro reyting agentliklarida kreditga qobiliyatlilikning mustaqil reytingini olishi maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat mulki qoʻmitasi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining moliyaviy maslahatchi sifatida xizmatlar koʻrsatish hamda Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan kreditga qobiliyatlilikning mustaqil reytingining olinishi masalasida koʻmaklashish uchun yetakchi xorijiy banklar Dji Pi Morgan va Cheyz Manxetten tarkibidan sindikat tanlash taklifiga rozilik berilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasining kreditga qobiliyatlilikning mamlakat reytingini olishini tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi
ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining kreditga qobiliyatlilikning xalqaro reytingini olishiga rozilik berilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasining kreditga qobiliyatlilik mamlakat reytingini va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining kreditga qobiliyatlilik reytingini olishiga doir xarajatlar tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S.Hamidov zimmasiga yuklansin.