1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.10.00 Alohida turdagi mahsulotlar boʻyicha savdo;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.12.00 Savdo qoidalari;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona;
4.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari;
RESPUBLIKA DORIXONA MUASSASALARIDA DORI-DARMONLAR VA TIBBIY BUYuMLAR SOTISh QOIDALARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2016-yil 4-yanvardagi OʻRQ-399-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2017-yilning 1-iyulidan oʻz kuchini yoʻqotadi.
“Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 17-sentabrdagi OʻRQ-222-son Qonunini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 6-avgustdagi 404-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika dorixona muassasalarida dori-darmonlar va tibbiy buyumlar sotish qoidalarigailovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 16-fevral,
18-son
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 16-fevraldagi 18-son qaroriga ILOVA
Respublika dorixona muassasalarida dori-darmonlar va tibbiy buyumlar sotish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan va yoxud muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlmagan dori-darmonlar va tibbiy buyumlarni sotish;
dorixona muassasalari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslardan muvofiqlik sertifikatlari boʻlmagan dori-darmonlar va tibbiy buyumlarni qabul qilib olish;
qalbakilashtirilgan va roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini sotish taqiqlanadi”.
“5. Dori-darmonlarni litsenziyalarsiz sotish, shuningdek qalbakilashtirilgan va roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalarini sotish bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 6-7-son, 50-modda; 2017-y., 14-son, 228-modda)