1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.04.00 Sog‘liqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash. Dorixona;
2.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
“DORI VOSITALARI VA FARMATSEVTIKA FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 12-avgustda qabul qilingan Senat tomonidan 2009-yil 28-avgustda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi 415-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 120-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
“dori vositalari — kelib chiqishi tabiiy va sun’iy bo‘lgan bir yoki bir nechta dori moddalari (substansiyalar) hamda yordamchi moddalar asosida hosil qilingan, kasallikning oldini olish, tashxis qo‘yish va davolash uchun qo‘llashga ruxsat etilgan vositalar. Ular jumlasiga immunobiologik, radiofarmatsevtik va parafarmatsevtik preparatlar, gomeopatik, tashxis qo‘yish va sterilizatsiya vositalari, shuningdek dori vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlash uchun mo‘ljallangan dori moddalari (substansiyalar) kiradi”;
“tibbiy buyumlar — kasallikning oldini olish, tashxis qo‘yish va davolash uchun tibbiyotda qo‘llaniladigan buyumlar”;
quyidagi mazmundagi o‘n sakkizinchi, o‘n to‘qqizinchi va yigirmanchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“qalbakilashtirilgan dori vositasi — tarkibi va (yoki) ishlab chiqaruvchisi haqida yolg‘on ma’lumot ilova qilingan dori vositasi;
sifatsiz dori vositasi — yaroqsiz holga kelgan dori vositasi va (yoki) yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositasi;
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalari — intellektual mulk to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan holda muomalaga kiritilgan dori vositalari”;
2) 7-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan dori vositalarini, qalbakilashtirilgan dori vositalarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini ishlab chiqarish taqiqlanadi”;
“Qalbakilashtirilgan va ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini realizatsiya qilish taqiqlanadi.
Sifatsiz dori vositalarini realizatsiya qilish va ulardan foydalanish taqiqlanadi”;
4) 14-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilish taqiqlanadi”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2009-yil 18-sentabrdagi 184 (4847)-sonida e’lon qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 17-sentabr,
O‘RQ-222-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 38-son, 416-modda)