

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;17.09.2003
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1592601" id="onLBC-1592601">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6781"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.03.00 Gaz taʼminoti;</span></div><div id="LBC6785"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1592601" id="onLS-1592601">[<b>TSZ:</b><div id="LS3699"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-1592701" id="-1592701">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1592702" id="-1592702">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-1592703" id="-1592703">QIShLOQ AHOLI YaShASh JOYLARINI IChIMLIK SUV VA TABIIY GAZ BILAN TAʼMINLAShNI YaNADA YaXShILASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-1598540" id="-1598540">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-sentabrdagi 405-sonli “Qishloq aholi yashash joylarini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan taʼminlashni yanada yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-754367?ONDATE=17.09.2003 00#-756376">qaroriga</a> muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1592704" id="-1592704"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1592705" id="-1592705">Qishloq aholisini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan taʼminlash darajasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1592706" id="-1592706">1. Quyidagilar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1592707" id="-1592707">qishloq aholi yashash joylarini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan ishlab chiqilgan topshiriqlar 1 va 2-ilovalar<a href="/mact/-1592601#-1601006">*</a>ga muvofiq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1592708" id="-1592708">qishloq aholi yashash joylari roʻyxati va ularni ichimlik suv va tabiiy gaz bilan taʼminlashning belgilangan muddatlari 3 va 4-ilovalar<a href="/mact/-1592601#-1601006">*</a>ga muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-1601006" id="-1601006">* 1 — 4-ilovalar berilmaydi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-1598434" id="edi-1598434"><a href="/mact/-1592601?ONDATE=01.06.1999 00#-1592709">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1598434" id="-1598434">2. Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, loyihalashtirish tashkilotlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2005-yilda respublika qishloq aholisini ichimlik suv bilan taʼminlash darajasini 85 foizgacha va tabiiy gaz bilan qamrab olish darajasini 82 foizgacha yetkazishni hisobga olgan holda joriy yilning 1-oktabrigacha — 2010-yilgacha boʻlgan davrda suv bilan taʼminlash va shu yil 1-dekabrgacha — gazlashtirish, shuningdek mazkur qarorga ilovalarda nazarda tutilgan koʻrsatkichlarni bajarish mintaqaviy va respublika sxemalarini ishlab chiqsin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1598435" id="-1598435">(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi 74-son <a href="/mact/-290801?ONDATE=13.02.2001 00#-291090">qarori</a> tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 3-4-son, 13-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1592710" id="-1592710">3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari respublika va mintaqaviy sxemalari asosida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1592711" id="-1592711">1999-yil 1-dekabrgacha boʻlgan muddatda — qishloq aholi yashash joylarini ichimlik suv va 2000-yil 1-martgacha boʻlgan muddatda — tabiiy gaz bilan taʼminlash mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1592712" id="-1592712">qishloq aholi yashash joylarini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan taʼminlash mintaqaviy dasturlarini har yili aniqlasinlar va respublika investitsiya dasturiga kiritish uchun takliflar taqdim etsinlar.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1598467" id="-1598467"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1598471" id="-1598471">4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1598476" id="-1598476">har yilgi investitsiya dasturlarini shakllantirishda mahalliy budjetlar, tashkilotlar va korxonalar, aholi mablagʻlarini, xorijiy investitsiyalarni va boshqa manbalarni jalb qilishni hisobga olib, mablagʻ bilan taʼminlash manbalarini belgilangan holda, mazkur qaror va mintaqaviy dasturlar koʻrsatkichlarining bajarilishini taʼminlaydigan miqdorlarda kapital qoʻyilmalarning tegishli limitlarini belgilangan tartibda nazarda tutsinlar; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1598478" id="-1598478">investitsiyalar va grantlarni, shuningdek qishloqda suv va gaz taʼminotini rivojlantirish uchun imtiyozli shartlarda kreditlarni jalb qilish boʻyicha xalqaro moliya tashkilotlari va boshqa xorijiy investorlar bilan doimiy asosda ish olib borsinlar.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1598491" id="-1598491">(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-son <a href="/mact/-243634?ONDATE=28.02.2003 00#-471934">qarori</a> tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1592716" id="-1592716">5. Qishloq aholisini ichimlik suv bilan taʼminlash samaradorligini oshirish va sifatini yaxshilash maqsadida qishloq suv taʼminoti idoraviy tizimlarini kommunal xizmat koʻrsatish hududiy organlari balansiga berish yoʻli bilan ichimlik suv taʼminoti sohasida tarkibiy oʻzgartirishlarni amalga oshirish va mintaqaviy va mintaqalararo magistral suv quvurlaridan foydalanishning yagona tizimini yaratish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1592717" id="-1592717">6. Qishloq aholisini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan taʼminlash Dasturini amalga oshirish boʻyicha respublika komissiyasining yangilangan tarkibi 5-ilovaga<a href="/mact/-1592601#-1601010">*</a> muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-1601010" id="-1601010">* 5-ilova berilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1592718" id="-1592718">Qishloq aholisini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan taʼminlash Dasturini amalga oshirish boʻyicha respublika komissiyasi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1592719" id="-1592719">bir hafta muddatda Komissiya tarkibida qishloq aholi yashash joylarini gazlashtirish va ichimlik suv bilan taʼminlash boʻyicha ikkita ixtisoslashtirilgan ishchi guruh tuzsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1592720" id="-1592720">qishloq suv taʼminoti idoraviy tizimlarini kommunal xizmat koʻrsatish hududiy organlari balansiga berish va magistral suv quvurlarini boshqarishni takomillashtirish boʻyicha ishlarni tashkil etsin, ushbu ishlarning 1999-yil 1-oktabrgacha tugallanishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1592721" id="-1592721">qishloq aholi yashash joylarini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan taʼminlash mintaqaviy dasturlari bajarilishi ustidan monitoringni amalga oshirsin va ularning natijalarini har chorakda oʻz yigʻilishlarida koʻrib chiqsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1592722" id="-1592722">7. Aholini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan taʼminlash dasturlarini amalga oshirishda faol qatnashayotgan qishloq tumanlarini ragʻbatlantirish maqsadida hisobot yilida aholini ichimlik suv bilan taʼminlash va uy-joy fondini tabiiy gaz bilan qamrab olish darajasi oʻsishining eng yuqori foizi uchun uchtadan har yili beriladigan Respublika mukofotlari belgilansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1592723" id="-1592723">Belgilansinki: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1592724" id="-1592724">mansabdor shaxslar — tuman hokimi, tuman hokimining kommunal xizmat koʻrsatish masalalariga mutasaddilik qiluvchi oʻrinbosari, tuman kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari, gaz taʼminoti tuman korxonalari, “Suvoqova” tuman boʻlinmalari, gaz quvurlari va suv quvurlari tarmoqlari qurilishini amalga oshirayotgan pudrat tashkilotlarning birinchi rahbarlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1592725" id="-1592725">tashkilotlar — gaz taʼminoti tuman korxonasi, “Suvoqova” tuman boʻlinmasi (uchastkasi), pudrat qurilish tashkiloti mukofotlanadi, mablagʻlar alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1592726" id="-1592726">Har yili toʻlanadigan Respublika mukofotlari miqdori 6-ilovaga<a href="/mact/-1592601#-1592727">*</a> muvofiq belgilansin. Respublika budjeti mablagʻlari Respublika mukofotlarini toʻlash manbai etib belgilansin.</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-1592727" id="-1592727">* 6-ilova berilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1592728" id="-1592728">Qishloq aholisini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan taʼminlash Dasturini amalga oshirish boʻyicha respublika komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda aholi yashash joylarini gaz va suv bilan taʼminlash dasturlari muvaffaqiyatli amalga oshirilganligi uchun qishloq tumanlarini mukofotlash shartlari va tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1592729" id="-1592729">8. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Fan va texnika davlat qoʻmitasi va Fanlar akademiyasi bilan birgalikda olis, borish qiyin boʻlgan va aholisi siyrak joylashgan qishloq aholi yashash joylari suv va energiya taʼminoti muammolarining tejamli texnik yechimlari boʻyicha 3 oy muddatda tavsiyanomalar tayyorlasinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1592730" id="-1592730">Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari koʻrsatib oʻtilgan tavsiyanomalarga muvofiq borish qiyin boʻlgan, olis va aholisi siyrak joylashgan qishloq aholi yashash joylarini ichimlik suv va energiya taʼminotining muqobil manbalari bilan taʼminlash yuzasidan amaliy chora-tadbirlar koʻrsinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1592731" id="-1592731">9. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 17-martdagi 117-son qaroriga <a href="/mact/-1582837?ONDATE=17.03.1998 00#-1582993">7-ilova </a>oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1592732" id="-1592732">10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1592733" id="-1592733">Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1592734" id="-1592734">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1592735" id="-1592735">1999-yil 1-iyun,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-1592736" id="-1592736">278-son</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
