Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
TERMIZ ShAHRINING 2500 YILLIGINI NIShONLAShGA TAYYORGARLIK KOʻRISh VA UNI OʻTKAZISh TOʻGʻRISIDA
Termiz shahrining jahon tarixi va madaniyatida tutgan alohida oʻrnini hisobga olgan holda, YUNESKO Bosh konferensiyasining 1999-yil noyabr oyida Parijda oʻtgan 30-sessiyasi Termiz shahrining 2500 yilligini dunyo miqyosida keng nishonlash haqidagi qaroridan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. YUNESKO Bosh konferensiyasi 30-sessiyasining Termiz shahrining 2500 yilligi yubileyini 2001-yilda YUNESKO rahnamoligida dunyo miqyosida keng nishonlash haqidagi qarori toʻla qoʻllab-quvvatlansin va asos uchun qabul qilinsin.
2. Termiz shahrining 2500 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish Respublika tashkiliy qoʻmitasining
tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Tashkiliy qoʻmita bir oy muddatda Termiz shahri yubileyiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish yuzasidan asosiy tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va amalga oshirishga kirishsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi va “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi YUNESKO ekspert mutaxassislari bilan birgalikda Termiz shahrining asosiy turistik yoʻnalishida joylashgan noyob tarixiy-madaniy obidalarni 2000-2001-yillarda taʼmirlash va obodonlashtirish dasturini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tashkiliy qoʻmita tasdigʻiga kiritsinlar.
Dasturda 2000-2001-yillarda bajariladigan ishlar alohida belgilab qoʻyilsin va ular uchun tegishli mablagʻ ajratilsin.
4. Surxondaryo viloyati hokimligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Termiz shahrini obodonlashtirish, aholini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan taʼminlashni yanada. yaxshilash, aloqa-transport, sogʻliqni saqlash va madaniy-maishiy xizmat koʻrsatish tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha dasturlarini ishlab chiqsin va uni amalga oshirishga kirishsin.
5. “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi xorijiy va mahalliy turizm infratuzilmasini rivojlantirish, sayyohlarga xizmat koʻrsatishni yaxshilash choralarini koʻrsin, xorijiy sayyohlarni mamlakatimizning, xususan Surxon vohasining tarixiy-madaniy merosi bilan tanishtirish chora-tadbirlarini belgilasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Termiz shahrining milliy madaniyatimiz tarixida tutgan oʻrni haqida ilmiy, ilmiy-ommabop nashrlarni, turli taqvim va bukletlarni, kitoblar va boshqa asarlarni chop etishni rejalashtirsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi bilan birgalikda 2001-yilda Termiz shahrida “Termiz shahrining jahon sivilizatsiyasida tutgan oʻrni” mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya oʻtkazsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Termiz shahrining 2500 yilligiga bagʻishlangan pochta markalari va xatjildlar chiqarsin.
9. “Oʻzbekkino” kompaniyasi Termiz shahrining 2500 yilligi toʻgʻrisida hujjatli film yaratishni oʻz rejasiga kiritsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Termiz shahri yubileyini oʻtkazish uchun 2000-2001-yillardagi tayyorgarlik ishlarini bajarishga har yili belgilangan tartibda mablagʻ ajratsin, shu jumladan Surxondaryo viloyati mahalliy budjetidan, shuningdek viloyat tashkilotlari va korxonalarining homiylik badallari hisobiga qoplanishini nazarda tutsin.
11. “Oʻzteleradio” kompaniyasi, OʻzA va ommaviy axborot vositalari Termiz shahrining qadimiy tarixi va madaniyati, Surxon vohasining oʻziga xos sanʼatini targʻib etuvchi video, telefilmlar yaratishni, yubileyga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish ishlarini keng yoritishni taʼminlasinlar.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 27-dekabrdagi 545-son
qaroriga ILOVA
Termiz shahrining 2500 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha Respublika tashkiliy qoʻmitasining
| Karomatov H.S. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisi |
| Joʻrayev N. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi (kelishuv boʻyicha) |
| Isayev A.N. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari |
| Noraliyev J.N. |
— |
Surxondaryo viloyati hokimi, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari |
| Shodiyev B. |
— |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bayram va yubiley tadbirlarini oʻtkazish direksiyasi rahbari, masʼul kotib |
| Abdu�layev F. |
— |
Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bosh direktori |
| Azimov R.S. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri |
| Boliyev A. |
— |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi masʼul kotibi |
| Vohidov R.Q. |
— |
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi raisi |
| Joʻrayev X. R. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri |
| Joʻrayev T.J. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidenti |
| Zaynutdinov I.A. |
— |
“Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi raisi |
| Ikromov A. |
— |
YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi masʼul kotibi |
| Yoʻldoshev J.Gʻ. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri |
| Komilov A.H. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri |
| Koʻchimov A. |
— |
Oʻzbekiston Teleradio kompaniyasi raisi |
| Jalolov A.A. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari |
| Muhamedov Gʻ.K. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vaziri |
| Oripov A. |
— |
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi |
| Parpiyev B.R. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari |
| Roʻzmetov A.Gʻ. |
— |
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi Bosh direktori |
| Sidiqnazarov Q.M. |
— |
“Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi raisi |
| Toʻxtayev A.R. |
— |
Arxitektorlar uyushmasi raisi |
| Umarov X.U. |
— |
Termiz shahri hokimi |
| Fayziyev Z.O. |
— |
“Oʻzbeksavdo” kompaniyasi raisi |
| Shogʻulomov R.Sh. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi raisi |
| Yunusov T.M. |
— |
“Oʻzbekkino” kompaniyasi raisi |
| Gʻulomov S.S. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri |
| Qoʻziyev T.K. |
— |
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi |
| Husanboyev B. |
— |
“Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi raisi |