VAQTLI MATBUOTNI TARQATISH KORXONALARINI BOSHQARISH TUZILMASINI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Vaqtli matbuotni tarqatish korxonalarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish va ularning yagona tarmogʻini tashkil etish, Oʻzbekiston Respublikasi aholisini chakana savdo hamda obuna orqali matbuot mahsuloti bilan taʼminlash, uni yetkazib berishni jadallashtirish va uning narxini pasaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi, “Matbuot tarqatuvchi” va “Matbuot tarqatish markazi” yopiq aksiyadorlik jamiyatlari, vaqtli matbuotni tarqatish bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning “Matbuot tarqatuvchi” va “Matbuot tarqatish markazi” yopiq aksiyadorlik jamiyatlari negizida “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
respublika aholisining va boshqa davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasi vaqtli matbuotiga boʻlgan ehtiyojini qondirish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
vaqtli nashrlarga boʻlgan ehtiyoj marketingi va monitoringini tashkil etish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.06.00 Chakana savdo (shuningdek, 03.11.01.02 ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
vaqtli matbuotni chakana savdo doʻkonlari tarmogʻi va vaqtli matbuotni tarqatuvchilar orqali tarqatishni taʼminlash;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.06.00 Chakana savdo (shuningdek, 03.11.01.02 ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
chakana savdo doʻkonlari tarmogʻini oqilona va samarali joylashtirish hamda rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
“Oʻzbekiston pochtasi” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari bilan birgalikda vaqtli matbuot isteʼmolchilarga oʻz vaqtida yetkazib berilishini, shuningdek, vaqtli matbuotga obuna boʻlishni tashkil qilish va uning aloqa boʻlimlari tarmoqlari orqali sotilishini taʼminlash.
3. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy neʼmatlar / 03.04.03.01 Koʻchar va koʻchmas mol-mulk]
“Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklida taʼsis etiladi, uning ustav fondi 1-ilovaga muvofiq “Matbuot tarqatuvchi” va “Matbuot tarqatish markazi” yopiq aksiyadorlik jamiyatlari mol-mulki, shuningdek, aksiyadorlik jamiyatlari va masʼuliyati cheklangan jamiyatlar mol-mulkidagi davlat ulushining bir qismi hisobidan shakllantiriladi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
“Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasining xoʻjalik faoliyati, shu jumladan, uning ijro etuvchi apparati xarajatlari xoʻjalik faoliyati, xizmatlar koʻrsatish va boshqa daromadlar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
“Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi “Matbuot tarqatuvchi” va “Matbuot tarqatish markazi” yopiq aksiyadorlik jamiyatlarining huquq va majburiyatlari boʻyicha ularning huquqiy vorisi hisoblanadi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
“Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi kompaniya tarkibiga kiruvchi korxonalarni ushbu korxonalarning unga tegishli paketlari (ulushlari)ga muvofiq boshqaradi. Bunda kompaniya shuʼba korxonalar boʻyicha yigʻma balans tuzadi.
4. “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasining tashkiliy tuzilmasiga va uning xodimlarining cheklangan (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) soni 33 kishidan iborat boʻlgan ijro etuvchi apparati tuzilmasiga 2 va 3-ilovalarga muvofiq rozilik berilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 2-apreldagi 154-son qaroriga muvofiq budjet tashkilotlaridan boʻshaydigan yengil avtomobillarni, ulardan vaqtli nashrlarni yetkazib berishda maqsadli foydalanish uchun, shakllantiriladigan ustav jamgʻarmasidagi davlat ulushi sifatida vaqtli matbuotni tarqatuvchi korxonalar balansiga 4-ilovaga* muvofiq bersin.
* 4-ilova berilmaydi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
6. “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi aksiyalar paketini tarqatishning quyidagi tartibi belgilansin:
davlat ulushi — 26 foiz;
mehnat jamoasi ulushi — 25 foiz;
erkin sotiladigan, shu jumladan, xorijiy investorlarga sotiladigan ulush — 49-foiz.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
7. Nashriyotlarga, gazeta va jurnallar tahririyatlariga “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi bilan vaqtli matbuotni tarqatish yuzasidan bosh bitim tuzishni taʼminlash tavsiya etilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi hamda “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda xorijiy mamlakatlar bilan vaqtli matbuotni va kitob mahsulotini ayirboshlash, tarqatish boʻyicha hukumatlararo bitimlar tuzish yuzasidan belgilangan tartibda uch oy muddatda takliflar kiritsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari tomonidan topshiriladigan naqd pul mablagʻlarini inkassatsiya qilish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar uchun tariflarni, koʻrsatilgan xizmatlardan foyda olishni koʻzlamagan holda, amaldagi xarajatlarning qoplanishini taʼminlaydigan tarif stavkasi doirasida qoʻllash tavsiya qilinsin.
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari aloqa boʻlimlari, vaqtli matbuot sotiladigan savdo tarmoqlarini odamlar gavjum joylarda, jamoat joylarida, yangi obyektlar barpo etiladigan hududlarda qurishni nazarda tutsinlar.
11. Vazirlar Mahkamasining Kommunikatsiyalar kompleksi belgilangan tartibda “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasida davlat ishonchli vakilini tayinlasin. Belgilansinki, davlat ishonchli vakili Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligining bevosita rahbarligida faoliyat koʻrsatadi.