VAQTLI MATBUOTNI TARQATISH KORXONALARINI BOSHQARISH TUZILMASINI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Vaqtli matbuotni tarqatish korxonalarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish va ularning yagona tarmogʻini tashkil etish, Oʻzbekiston Respublikasi aholisini chakana savdo hamda obuna orqali matbuot mahsuloti bilan taʼminlash, uni yetkazib berishni jadallashtirish va uning narxini pasaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi, “Matbuot tarqatuvchi” va “Matbuot tarqatish markazi” yopiq aksiyadorlik jamiyatlari, vaqtli matbuotni tarqatish bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning “Matbuot tarqatuvchi” va “Matbuot tarqatish markazi” yopiq aksiyadorlik jamiyatlari negizida “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
respublika aholisining va boshqa davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasi vaqtli matbuotiga boʻlgan ehtiyojini qondirish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
vaqtli nashrlarga boʻlgan ehtiyoj marketingi va monitoringini tashkil etish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.06.00 Chakana savdo (shuningdek, 03.11.01.02 ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
vaqtli matbuotni chakana savdo doʻkonlari tarmogʻi va vaqtli matbuotni tarqatuvchilar orqali tarqatishni taʼminlash;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.06.00 Chakana savdo (shuningdek, 03.11.01.02 ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
chakana savdo doʻkonlari tarmogʻini oqilona va samarali joylashtirish hamda rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
“Oʻzbekiston pochtasi” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari bilan birgalikda vaqtli matbuot isteʼmolchilarga oʻz vaqtida yetkazib berilishini, shuningdek, vaqtli matbuotga obuna boʻlishni tashkil qilish va uning aloqa boʻlimlari tarmoqlari orqali sotilishini taʼminlash.
3. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy neʼmatlar / 03.04.03.01 Koʻchar va koʻchmas mol-mulk]
“Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklida taʼsis etiladi, uning ustav fondi 1-ilovaga muvofiq “Matbuot tarqatuvchi” va “Matbuot tarqatish markazi” yopiq aksiyadorlik jamiyatlari mol-mulki, shuningdek, aksiyadorlik jamiyatlari va masʼuliyati cheklangan jamiyatlar mol-mulkidagi davlat ulushining bir qismi hisobidan shakllantiriladi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
“Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasining xoʻjalik faoliyati, shu jumladan, uning ijro etuvchi apparati xarajatlari xoʻjalik faoliyati, xizmatlar koʻrsatish va boshqa daromadlar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
“Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi “Matbuot tarqatuvchi” va “Matbuot tarqatish markazi” yopiq aksiyadorlik jamiyatlarining huquq va majburiyatlari boʻyicha ularning huquqiy vorisi hisoblanadi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
“Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi kompaniya tarkibiga kiruvchi korxonalarni ushbu korxonalarning unga tegishli paketlari (ulushlari)ga muvofiq boshqaradi. Bunda kompaniya shuʼba korxonalar boʻyicha yigʻma balans tuzadi.
4. “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasining tashkiliy tuzilmasiga va uning xodimlarining cheklangan (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) soni 33 kishidan iborat boʻlgan ijro etuvchi apparati tuzilmasiga 2 va 3-ilovalarga muvofiq rozilik berilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 2-apreldagi 154-son qaroriga muvofiq budjet tashkilotlaridan boʻshaydigan yengil avtomobillarni, ulardan vaqtli nashrlarni yetkazib berishda maqsadli foydalanish uchun, shakllantiriladigan ustav jamgʻarmasidagi davlat ulushi sifatida vaqtli matbuotni tarqatuvchi korxonalar balansiga 4-ilovaga* muvofiq bersin.
* 4-ilova berilmaydi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
6. “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi aksiyalar paketini tarqatishning quyidagi tartibi belgilansin:
davlat ulushi — 26 foiz;
mehnat jamoasi ulushi — 25 foiz;
erkin sotiladigan, shu jumladan, xorijiy investorlarga sotiladigan ulush — 49-foiz.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
7. Nashriyotlarga, gazeta va jurnallar tahririyatlariga “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi bilan vaqtli matbuotni tarqatish yuzasidan bosh bitim tuzishni taʼminlash tavsiya etilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi hamda “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda xorijiy mamlakatlar bilan vaqtli matbuotni va kitob mahsulotini ayirboshlash, tarqatish boʻyicha hukumatlararo bitimlar tuzish yuzasidan belgilangan tartibda uch oy muddatda takliflar kiritsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari tomonidan topshiriladigan naqd pul mablagʻlarini inkassatsiya qilish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar uchun tariflarni, koʻrsatilgan xizmatlardan foyda olishni koʻzlamagan holda, amaldagi xarajatlarning qoplanishini taʼminlaydigan tarif stavkasi doirasida qoʻllash tavsiya qilinsin.
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari aloqa boʻlimlari, vaqtli matbuot sotiladigan savdo tarmoqlarini odamlar gavjum joylarda, jamoat joylarida, yangi obyektlar barpo etiladigan hududlarda qurishni nazarda tutsinlar.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari L.A. Axmetov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I.A. Karimov
Toshkent sh.,
1999-yil 13-sentabr,
418-son
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 13-sentabrdagi 418-son qaroriga 1-ILOVA
“Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasining boshlangʻich ustav jamgʻarmasining
SHAKLLANTIRILISHI
T/r
Korxonalar nomi
Kompaniyaning ustav fondiga berilayotgan aksiyadorlik jamiyatlari va masʼuliyati cheklangan jamiyatlar mol-mulki qiymati
Shu jumladan, davlat ulushi
%
ming soʻm
%
ming soʻm
1.
“Matbuot uyushmasi” masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoraqalpogʻiston Respublikasi
37,7
1665,2
37, 7
1665,2
2.
“Matbuot uyushmasi” masʼuliyati cheklangan jamiyat. Andijon viloyati
51
2207,7
51
2207,7
3.
“Matbuot tarqatuvchi” masʼuliyati cheklangan jamiyat. Buxoro viloyati
51
1361,2
51
1361,2
4.
“Matbuot tarqatuvchi” masʼuliyati cheklangan jamiyat. Jizzax viloyati
51
412,5
51
412,5
5.
“Matbuot” masʼuliyati cheklangan jamiyat. Namangan viloyati
51
1313,0
51
1313,0
6.
“Matbuot uyushmasi” masʼuliyati cheklangan jamiyat. Navoiy viloyati
51
2645,0
51
2645,0
7.
“Matbuot uyushmasi” masʼuliyati cheklangan jamiyat. Samarqand viloyati
51
896,0
51
896,0
8.
“Matbuot uyushmasi” masʼuliyati cheklangan jamiyat. Surxondaryo viloyati
51
240,4
51
240,4
9.
“Matbuot uyushmasi” masʼuliyati cheklangan jamiyat. Sirdaryo viloyati
51
570,0
51
570,0
10.
“Matbuot uyushmasi” aksiyadorlik jamiyati. Fargʻona viloyati
51
1725,4
51
1725,4
11.
“Matbuotchi” masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qashqadaryo viloyati
51
603,2
51
603,2
12.
“Matbuot uyushmasi” aksiyadorlik jamiyati. Xorazm viloyati
51
1070,0
51
1070,0
13.
“Matbuot tarqatish” masʼuliyati cheklangan jamiyat. Toshkent viloyati
51
477,4
51
477,4
14.
“Matbuot tarqatish uyushmasi” masʼuliyati cheklangan jamiyat. Toshkent shahri