1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.04 Iqtisodning boshqa tarmoqlarida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.10.00 Suv va suv obyektlarini muhofaza qilish. Suvlarning zararli taʼsirining oldini olish]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
KOMMUNAL XOʻJALIGI TIZIMIDA TABIATNI MUHOFAZA QILISH FAOLIYATINI YAXSHILASHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Tabiatdan foydalanishning iqtisodiy mexanizmini yanada takomillashtirish, tabiiy muhitni sogʻlomlashtirish, suv quvurlari-kanalizatsiya korxonalarining ishini va moliyaviy ahvolini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.11.00 Tabiiy resurslaridan maxsus foydalanganlik va atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun toʻlovlar. Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmalari]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzkommunxizmat” agentligining yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanadigan, ishlab chiqarish oqova suvlarini shaharlar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga chiqarib tashlaydigan yuridik shaxslar, shuningdek, jismoniy shaxslarni atrof tabiiy muhitni ifloslantirganligi va chiqindilarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga ifloslantiruvchi moddalarni normativdan ortiqcha oqizgan holda joylashtirganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini (keyingi oʻrinlarda kompensatsiya toʻlovlari deb yuritiladi) toʻlovchilar deb belgilash toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 11-oktabrdagi 820-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 09/18/820/2036-son)
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.11.00 Tabiiy resurslaridan maxsus foydalanganlik va atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun toʻlovlar. Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmalari]
2. Belgilansinki, ifloslantiruvchi moddalarni oqizganlik uchun suv quvurlari-kanalizatsiya korxonalarining kompensatsiya toʻlovlari hisob-kitobi ifloslantiruvchi moddalarning kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga normativdan ortiqcha oqizilganligi uchun ularning abonentlari hisoblangan toʻlovlarining summasi chiqarib tashlangan holda amalga oshiriladi.
ifloslantiruvchi moddalarning shaharlar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga normativdan ortiqcha oqizilganligi yuzasidan monitoring olib borish suv quvurlari-kanalizatsiya korxonalariga yuklanadi;
2019-yil 1-yanvardan boshlab, atrof-muhitni ifloslantirish va Oʻzbekiston Respublikasi hududida chiqindilarni joylashtirish uchun kompensatsiya toʻlovlarining kanalizatsiya tashlanmalariga taalluqli qismi Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan undiriladi hamda quyidagi tarzda taqsimlanadi:
74 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
26 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga.
(3-bandning uchinchi-toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-martdagi 247-sonli qaroriga asosan uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2019-y., 09/19/247/2835-son)
4. Ishlab chiqarish oqova suvlarini qabul qilish qoidalari hamda ifloslantiruvchi moddalarning Oʻzbekiston Respublikasi shaharlari va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga normativdan ortiqcha oqizilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini hisoblash tartibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.08.00 Ekologik nazorat;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.11.00 Tabiiy resurslaridan maxsus foydalanganlik va atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun toʻlovlar. Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmalari]
6. Shaharlar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tarmoqlaridan va tozalash inshootlaridan foydalanishni taʼminlaydigan suv quvurlari-kanalizatsiya korxonalari yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanadigan, ishlab chiqarish oqova suvlarini shaharlar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga oqizadigan yuridik shaxslar, shuningdek, jismoniy shaxslar roʻyxatini bir oy muddatda tuzsinlar va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy organlari bilan kelishsinlar, shuningdek ushbu roʻyxatga muntazam ravishda tuzatish kiritib borilishini nazarda tutsinlar.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 11-oktabrdagi 820-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 09/18/820/2036-son)
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 11-oktabrdagi 820-son qaroriga asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 09/18/820/2036-son)
8. “Oʻzkommunxizmat” agentligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsinlar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 3-fevral,
11-son
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-fevraldagi 11-son qaroriga 1-ILOVA
Ishlab chiqarish oqova suvlarini qabul qilish qoidalari hamda ifloslantiruvchi moddalarning Oʻzbekiston Respublikasi shaharlari va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga normativdan ortiqcha oqizilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini hisoblash
TARTIBI
I. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.11.00 Tabiiy resurslaridan maxsus foydalanganlik va atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun toʻlovlar. Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmalari;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.10.00 Suv va suv obyektlarini muhofaza qilish. Suvlarning zararli taʼsirining oldini olish]
1. Ushbu Qoidalar ishlab chiqarish oqova suvlarini qabul qilishning yagona qoidalarini va ifloslantiruvchi moddalarning Oʻzbekiston Respublikasi shaharlari va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga normativdan ortiqcha oqizilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini hisoblash tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.11.00 Tabiiy resurslaridan maxsus foydalanganlik va atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun toʻlovlar. Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmalari]
2. Ushbu Qoidalar:
abonentlar tomonidan ishlab chiqarish oqova suvlarini shaharlar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tizimiga oqizish yuzasidan texnik shartlarni berishda;
ishlayotgan, loyihalashtirilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan korxonalar uchun kommunal — ekologik normativlarni ishlab chiqishda;
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan atrof-muhitni ifloslantirish va Oʻzbekiston Respublikasi hududida chiqindilarni joylashtirish uchun kompensatsiya toʻlovlarining kanalizatsiya tashlanmalariga taalluqli qismini undirishda;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-martdagi 247-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2019-y., 09/19/247/2835-son)
shaharlar va boshqa aholi punktlarining kanalizatsiya tizimiga oqiziladigan ishlab chiqarish oqova suvlarini qabul qilish va tozalashda qoʻllaniladi.
3. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy atamalar va tushunchalardan foydalaniladi:
suv quvurlari-kanalizatsiya korxonalari — ichimlik suv bilan taʼminlaydigan hamda ishlab chiqarish oqova suvlarini keyinchalik tozalagan holda qabul qiladigan yuridik shaxslar;
abonent — ishlab chiqarish oqova suvlarini kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga oqizadigan yuridik va jismoniy shaxslar;
subabonentlar — ishlab chiqarish oqova suvlarini abonentning kanalizatsiya tarmoqlariga oqizadigan yuridik va jismoniy shaxslar;
ishlab chiqarish oqova suvlari — yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan yuridik shaxslar, shuningdek, jismoniy shaxslarning ular tomonidan biror-bir mahsulot ishlab chiqarishda yoki xizmatlar koʻrsatishda ishlab chiqarish jarayonida hosil boʻladigan ishlab chiqarish oqova suvlarining barcha turlari;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 11-oktabrdagi 820-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 09/18/820/2036-son)
maishiy oqova suvlar — odamlarning hayot faoliyati jarayonida (ovqat tayyorlashda, yuvinishda, kir yuvishda) hosil boʻladigan oqova suvlarning barcha turlari;
normativdan ortiqcha oqizishlar massasi — ishlab chiqarish oqova suvlari tarkibidagi cheklangan miqdorda yoʻl qoʻyiladigan konsentratsiyadan ortiqcha barcha ifloslantiruvchi moddalar massasi;
avariya holatida oqizish — kanalizatsiya-tozalash inshootlarining texnik va texnologik uzellaridagi nosozliklar yoki avariyalar natijasida ifloslantiruvchi moddalarning kanalizatsiya tarmoqlariga hamda atrof muhitga oldindan moʻljallanmagan holda oqizilishi;
bir yoʻla oqizish — muayyan qisqa vaqt (soat, sutka) oraligʻida ishlab chiqarish oqova suvlarining kanalizatsiya tarmoqlariga abonentdan doimiy oqizishning oʻrtacha hajmidan va sifat koʻrsatkichidan ortiqcha tushishi;
kanalizatsiya tarmoqlariga cheklangan miqdorda yoʻl qoʻyiladigan oqizish limiti — nazorat punktida suv sifati normativlarini taʼminlash maqsadida ushbu punktda va vaqt birligida belgilangan rejimda ajratishga eng koʻp darajada yoʻl qoʻyiladigan ishlab chiqish oqova suvlaridagi moddalar massasi. Cheklangan miqdorda yoʻl qoʻyiladigan oqizish suvdan foydalanish joylaridagi moddalarning cheklangan miqdorda yoʻl qoʻyiladigan konsentratsiyasini, suv obyektining aralashtirish quvvatini, oqova suvlarni chiqarib tashlaydigan abonentlar oʻrtasida oqiziladigan moddalar massasini maqbul taqsimlashni hisobga olgan holda belgilanadi;
kommunal-ekologik normativ — abonentlar va subabonentlar uchun cheklangan miqdorda yoʻl qoʻyiladigan konsentratsiya koʻrsatkichlarini tartibga soladigan hujjat.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.10.00 Suv va suv obyektlarini muhofaza qilish. Suvlarning zararli taʼsirining oldini olish]
yer usti suvini va joy relyefini ishlab chiqarish va maishiy oqova suvlar bilan ifloslanishdan himoya qilishni;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 11-oktabrdagi 820-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 09/18/820/2036-son)
tozalash inshootlarining samarali ishlashini hamda ishlab chiqarish oqova suvlarini shaharlar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tarmogʻiga qabul qilishni toʻgʻri tashkil etish hisobiga ulardan xavfsiz foydalanishni taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.10.00 Suv va suv obyektlarini muhofaza qilish. Suvlarning zararli taʼsirining oldini olish]
5. Tasarrufida shaharlar va boshqa aholi punktlarining ishlab chiqarish oqova suvlarini tozalash boʻyicha inshootlar boʻlgan suv quvurlari–kanalizatsiya korxonalari sanitariya qoidalariga hamda Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy organlari bilan kelishilgan normalarga muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanadigan va ishlab chiqarish oqova suvlarini shaharlar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga oqizadigan abonentlar uchun ifloslantiruvchi moddalarning cheklangan miqdorda yoʻl qoʻyiladigan konsentratsiyasini hisobga olgan holda ishlab chiqarish oqova suvlarini chiqarib tashlash yuzasidan kommunal-ekologik normativlarni tasdiqlaydilar.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 502-modda)
Kommunal-ekologik normativning amal qilish muddati 5 yilga belgilanadi hamda suv balansini saqlash davriga, shuningdek oqiziladigan ishlab chiqarish oqova suvlarining miqdor va sifat tarkibiga amal qiladi.
II. Ishlab chiqarish oqova suvlarini shaharlar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tarmogʻiga qabul qilish shartlari
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.10.00 Suv va suv obyektlarini muhofaza qilish. Suvlarning zararli taʼsirining oldini olish]
6. Shaharlar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tizimiga abonentlarning mahalliy tozalash inshootlarida tozalashda kommunal-ekologik normativlar talablariga yetkazilgan hamda kanalizatsiya tarmoqlari va tozalash ishida buzilishlarga olib kelmaydigan ishlab chiqarish oqova suvlari qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.10.00 Suv va suv obyektlarini muhofaza qilish. Suvlarning zararli taʼsirining oldini olish]
7. Shaharlar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tizimiga abonentlarning mahalliy tozalash tizimlarida oldindan tozalamasdan oqizishga yoʻl qoʻyilmaydiganlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
abonentlarning tarkibida quvurlar, quduqlar, panjaralarni iflos qiladigan yoki quvurlar, quduqlar, panjaralarning devorlarida choʻkib qoladigan moddalar (metall zaki, ohaktosh, qum, gips, metall qirindilar, hayvonlarning qoldiqlari va boshqa organik chiqindilar) bor boʻlgan ishlab chiqarish oqova suvlari, qurilish chiqindilari va maishiy chiqindilari, shuningdek boshqa ishlab chiqarish va xoʻjalik chiqindilari kommunal-ekologik normativlar bilan tartibga solinmagan shartli toza oqimlar, tarkibida boʻyoqlar mavjud boʻlgan oqova suvlar, sanoat maydonchalari hududidan oqadigan yuza oqimlar (yomgʻir suvlari, taliy, ekin sugʻorish suvlari va boshqalar) ishlab chiqarish maydonlari va hududlarini yer osti suvlari pasayishidan hosil boʻlgan drenaj suvlar (kanalizatsiyaning yaxlit eritilgan yoki yarim ajratilgan tizimidan);
quvurlarning materiallariga va kanalizatsiya-tozalash inshootlarining texnologik kommunikatsiyalariga yemiruvchi taʼsir koʻrsatadigan moddalar, konsentratsiyalardagi ishlab chiqarish oqova suvlarini biologik tozalashga toʻsqinlik qiladigan zararli moddalar, xavfli bakterial ifloslantiruvchi moddalar, neft mahsulotlarining erimaydigan hosilalari, biologik jihatdan qiyin achiydigan organik va yuza-aktiv (PAV), shuningdek mineral moddalar;
suv obyektiga tushadigan, sarfi va tarkibi ifloslantiruvchi moddalarning hajmi va miqdorining yoʻl qoʻyiladigan belgilangan normalaridan ortiq boʻlishiga olib kelishi mumkin boʻlgan ishlab chiqarish oqova suvlarini oqizish, 40 darajadan ortiq haroratga ega, rN 6,5 dan past yoki 9 dan yuqori boʻlgan ishlab chiqarish oqova suvlari kislorodning kimyoviy ehtiyoji darajasi, kislorodning biologik ehtiyojidan (KBE5) 2,5 baravar yuqori boʻlgan yoki KBE toʻliq 1,5 baravardan ortiq boʻlgan — 500 mg/l ortiq boʻlmagan, konsentratsiyalardagi 500 mg/litrdan ortiq boʻlgan muallaq va suzib yuruvchi moddalar, kanalizatsiya tarmoqlarida cheklangan miqdorda yoʻl qoʻyiladigan konsentratsiyalar limiti ular uchun belgilanmagan moddalar;
kislotalar, issiq aralashmalar, zaharli va erigan gazsimon moddalar, jumladan erituvchilar (benzin, dietil efir, dixlormetan, benzol va boshqalar), kanalizatsiya tarmoqlarida va tozalash inshootlarida zaharli gazlar (oltingugurt, uglerod sulfid, uglerod kislotasi, sianli vodorod kislota, oson uchadigan hidli uglevodorodlar bugʻlari va boshqalar) hosil qilishga qodir boʻlgan boʻyoqlar hamda boshqa portlash va yongʻin chiqarish xavfi boʻlgan zaharli aralashmalar, konsentratsiyalangan qoʻr va nil eritmalar, shuningdek tarkibida radioaktiv moddalar mavjud boʻlgan oqova suvlar.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.08.00 Injenerlik xizmati;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.10.00 Suv va suv obyektlarini muhofaza qilish. Suvlarning zararli taʼsirining oldini olish]
8. Tarkibida radioaktiv moddalar bor boʻlgan ishlab chiqarish oqova suvlarini qabul qilish uchun kanalizatsiyaning maxsus tizimi mavjud boʻlmaganda ularni shahar yoki boshqa aholi punktining kommunal kanalizatsiya tizimiga qabul qilish radioaktiv xavfsizlik normalariga hamda radioaktiv moddalar va ionlashtiruvchi nurlanishning boshqa manbalari bilan ishlashga doir sanitariya qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.10.00 Suv va suv obyektlarini muhofaza qilish. Suvlarning zararli taʼsirining oldini olish]
9. Shaharlar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tizimida qoʻshilishi emulsiyalar, zaharli yoki portlash xavfi boʻlgan gazlar, shuningdek koʻp miqdorda erimaydigan moddalar hosil boʻlishiga olib kelishi mumkin boʻlgan ishlab chiqarish oqova suvlarining birlashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi (masalan, tarkibida kalsiy yoki magniy tuzi va ishqorli eritmalar; soda va nordon suv; natriy sulfid va ishqor, xlor va fenollar haddan tashqari koʻp boʻlgan ishlab chiqarish oqova suvlari).
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.10.00 Suv va suv obyektlarini muhofaza qilish. Suvlarning zararli taʼsirining oldini olish]
10. Shaharlar va boshqa aholi punktlarining kanalizatsiya tizimiga qabul qilinadigan ifloslantiruvchi moddalarni ishlab chiqarish oqova suvlariga cheklangan miqdorda yoʻl qoʻyiladigan tashlash limitini hisoblab chiqishda suv quvurlari-kanalizatsiya korxonalari:
hisob-kitob yoʻli bilan aniqlanishi kerak boʻlgan KBE5, KBEtoʻliq umumiy koʻrsatkichda ifodalangan muallaq, kolloid va erigan holatdagi organik kelib chiqqan moddalarning yoʻl qoʻyiladigan miqdorini hisobga olishlari kerak. Bunda ishlab chiqarish oqova suvlari KBE ushbu inshootlarni loyihalashtirishda qabul qilingan eng koʻp darajadagi hisoblab chiqilgan KBEdan ortiq boʻlmasligi kerak;
maxsus suvdan foydalanishga berilgan ruxsatnomada yoki ushbu suv obyekti uchun cheklangan miqdorda yoʻl qoʻyiladigan oqizish limitlarida belgilangan suv obyektiga tozalangan ishlab chiqarish oqova suvlarini oqizish shartlari hisobga olingan holda belgilanishi kerak boʻlgan aholi punktlarining tozalash inshootlarida oqiziladigan ifloslantiruvchi moddalarning yoʻl qoʻyiladigan konsentratsiyasini, aholi punktlarining tozalash inshootlarida ishlab chiqarish oqova suvlarini ifloslantiruvchi moddalardan tozalash samaradorligiga qarab suvdan foydalanishning tegishli turini, aholi punktlari kanalizatsiya tizimiga tushadigan shahar va ishlab chiqarish oqova suvlari hajmi nisbatini;
ushbu Qoidalarga 1 va 2-ilovalarga* muvofiq ishlab chiqarish oqova suvlarini kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga oqizishda ifloslantiruvchi moddalarning cheklangan miqdorda yoʻl qoʻyiladigan konsentratsiyalari normativlarini;
maishiy va ishlab chiqarish oqova suvlari hajmining hisoblab chiqilgan nisbatidan hisoblab chiqilgan aralashtirishni hisobga olgan holda ushbu obyekt kanalizatsiyasiga cheklangan miqdorda yoʻl qoʻyiladigan oqizish limitidan kelib chiqib belgilanadigan aholi punktining tozalash inshootlarida utilizatsiya qilinmaydigan va neytralizatsiya qilinmaydigan moddalarning yoʻl qoʻyiladigan konsentratsiyasini hisobga olishlari kerak.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.08.00 Ekologik nazorat]
11. Ishlab chiqarish oqova suvlarini shaharlar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tizimiga oqizish abonentning hududidan tashqarida joylashtiriladigan nazorat qudugʻi barpo etish sharti bilan mustaqil oqiziladi. Sanoat, transport, qurilish korxonalari va boshqa korxonalarning koʻrsatib oʻtilgan chiqarishlari har bir chiqarish boʻyicha ishlab chiqarish oqova suvlarining sarfi va sifati ustidan doimiy nazorat qilish uchun moslamalar (koʻprikchalar, avtomatik namuna olgichlar, sarfni oʻlchagichlar, shuningdek, zarurat boʻlganda, tamgʻalanadigan avtomatik tirgakli qurilmalar) bilan jihozlanishi kerak.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti]
12. Ishlab chiqarish va maishiy oqova suvlar miqdori va tarkibi sutka mobaynida oʻzgargan taqdirda abonentlarda maxsus sigʻimlar — sutka mobaynida ishlab chiqarish oqova suvlarini kanalizatsiyaga teng miqdorda chiqarishni taʼminlaydigan umumiy standartlarga yaqinlashtirgichlar oʻrnatilishi kerak.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.08.00 Ekologik nazorat]
13. Shaharlar tozalash inshootlarining texnologik samaradorligi ishlab chiqarish oqova suvlarini tozalash darajasining loyiha koʻrsatkichlarini amaldagi koʻrsatkichlar bilan qiyoslab aniqlanadi. Loyiha maʼlumotlari mavjud boʻlmaganda, shuningdek tozalash uchun tushayotgan ishlab chiqarish oqova suvlari sarfi va tarkibi loyiha parametrlaridan chetga chiqqanda suv quvurlari-kanalizatsiya xoʻjaligi korxonalari tozalash inshootlari ishi normativ koʻrsatkichlarining hisoblangan miqdorini belgilaydilar.
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.08.00 Sanitariya-epidemiologiya xavfsizligi]
14. Tozalash inshootlari ishi koʻrsatkichlari ishlab chiqarish oqova suvlarining taqdim etilgan (oʻrtacha sutkalik) namunalari tahlili asosida aniqlanadi. Namunalarni tanlash jadvallari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy organlari bilan kelishiladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti]
15. Kanalizatsiyaga ishlab chiqarish oqova suvlarini oqizish bilan belgilanadigan tozalangan ishlab chiqarish oqova suvlari sifatining oʻziga xos koʻrsatkichlarining hisoblangan miqdorlari ularning jamlanishi va tozalash inshootlarida tozalashning samaradorligi hisobga olingan holda aniqlanadi.
III. Ishlab chiqarish oqova suvlarini oqizish yuzasidan texnik shartlarni berish tartibi
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.10.00 Suv va suv obyektlarini muhofaza qilish. Suvlarning zararli taʼsirining oldini olish]
16. Quyidagilar:
yangidan qurilgan va rekonstruksiya qilinadigan abonentlar uchun — suv quvurlari-kanalizatsiya korxonalari bilan kelishilgan loyiha hujjatlari;
ishlab turgan abonentlar uchun — belgilangan tartibda tasdiqlangan kanalizatsiyaga oqizish yuzasidan kommunal-ekologik normativ (ushbu Qoidalarga 3-ilova*);
shaharlar yoki boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tizimiga oqizish belgilangan hamda ularning tartib raqamlari, oqiziladigan ishlab chiqarish oqova suvlarining sifat tarkibi normativlari va ularning sarflari, shu jumladan subabonentlarning sarflari bilan birgalikda mahalliy tozalash inshootlari sxemasi, kanalizatsiyaning ichki maydon tarmogʻi sxemasi;
ifloslantiruvchi moddalarning oʻrtacha va eng yuqori koʻrsatkichi boʻyicha shahar yoki boshqa aholi punkti kanalizatsiyasiga chiqarishda mahalliy tozalash inshootlarida tozalashgacha va undan keyingi ishlab chiqarish oqova suvlari tahlili natijalari ishlab chiqarish oqova suvlarini shaharlar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tizimiga oqizish yuzasidan texnik shartlar berish uchun asos hisoblanadi.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti]
17. Texnik shartlarni koʻrib chiqish va berish murojaat tushgandan keyin 3 kun muddatda bepul amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti]
18. Kanalizatsiya tarmoqlarini shaharlar kanalizatsiyasi va yangi abonentlarning boshqa aholi punktlari tizimiga, shuningdek mavjud korxonalarning yangidan ishga tushirilgan quvvatlariga ulashga faqat ishlab chiqarish oqova suvlarini ularni shaharlar va aholi punktlari kanalizatsiyasining tozalash inshootlariga qabul qilib olish uchun yoʻl qoʻyiladigan darajagacha tozalanishini taʼminlaydigan mahalliy tozalash inshootlari foydalanishga topshirilgandan keyingina ruxsat etiladi.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
19. Korxonalarni qurish va rekonstruksiya qilish yuzasidan loyiha hujjatlarini kelishish buyurtmachidan yoxud bosh loyihalovchidan koʻrib chiqish uchun “Suv taʼminoti va kanalizatsiya” hamda “Atrof muhitga taʼsir toʻgʻrisidagi ariza” boʻlimlaridan iborat boʻlgan loyiha hujjatlari taqdim etilgan taqdirda suv quvurlari — kanalizatsiya korxonalari tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti]
20. Ishlab chiqarish oqova suvlarini shaharlar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tizimiga oqizish yuzasidan texnik shartlar asosida suv quvurlari — kanalizatsiya korxonalari bilan abonent oʻrtasida suv isteʼmol qilish va ishlab chiqarish oqova suvlarini ajratish yuzasidan ikki tomonlama shartnoma tuziladi.
IV. Ishlab chiqarish oqova suvlarini oqizishni nazorat qilish tartibi
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.08.00 Ekologik nazorat]
21. Abonent shahar yoki boshqa aholi punktining kanalizatsiya tizimiga oqiziladigan ishlab chiqarish oqova suvlarining hajmi va sifat tarkibi, shuningdek korxonalar maydoni ichidagi kanalizatsiya tarmoqlarining holati yuzasidan doimiy ichki nazoratni amalga oshirishi shart.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.08.00 Ekologik nazorat]
22. Nazorat mahalliy tozalash inshootlariga kirish va ulardan chiqish joylarida, nazorat quduqlarida ishlab chiqarish oqova suvlarini shahar yoki boshqa aholi punkti kanalizatsiyasiga bevosita oqizishdan oldin namuna olish va uni tekshirib koʻrish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Nazorat jarayonida nazorat quduqlarida va ishlab chiqarish kanalizatsiyasi tarmogʻining eng muhim joylarida oqiziladigan ishlab chiqarish oqova suvlarining hajmi ham oʻlchanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti]
23. Abonentlar har oyda suv quvurlari-kanalizatsiya xoʻjaligi korxonalariga oqiziladigan ishlab chiqarish oqova suvlarining hajmi, sifat va miqdoriy tarkibi hamda ularni shaharlar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tizimiga oqizish rejimi toʻgʻrisida hisobot maʼlumotlari taqdim etishi shart. Hisobot maʼlumotlarini taqdim etish muddatlari hamda hisobotlar shakli abonent bilan suv quvurlari-kanalizatsiya xoʻjaligi korxonasi oʻrtasidagi ikki tomonlama shartnomada belgilanadi. Abonent taqdim etiladigan hisobot maʼlumotlarining haqqoniyligi uchun javob beradi.
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.08.00 Ekologik nazorat]
24. Suv quvurlari-kanalizatsiya xoʻjaligi tarmoqlari Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy organlari bilan birgalikda ishlab chiqarish oqova suvlarini oqizishning abonent uchun tasdiqlangan kommunal-ekologik normativga muvofiqligi yuzasidan zarur nazoratni amalga oshiradi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 502-modda)
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.08.00 Ekologik nazorat]
25. Abonentlar ishlab chiqarish oqova suvlarini tozalash sifatining yomonlashishi, oqova suvlarni bir yoʻla oqizishga, avariya-tiklash ishlarini amalga oshirishga doir barcha holatlar toʻgʻrisida suv quvurlari-kanalizatsiya korxonalarini, shuningdek Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy organlarini darhol xabardor qilishi kerak.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 502-modda)
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti]
26. Ishlab chiqarish oqova suvlarini shaharlar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tizimiga oqizishni amalga oshiruvchi abonentlar suv quvurlari-kanalizatsiya korxonalarini sutkaning istalgan vaqtida ishlab chiqarish oqova suvlarining oqizilishini nazorat qilish imkoniyati bilan taʼminlashi, shu jumladan oqizilayotgan ishlab chiqarish oqova suvlarining sifat va miqdoriy tarkibi boʻyicha zarur maʼlumotlarni taqdim etishi, bunda priborlar va qurilmalar, shuningdek namunalar olish uchun foydalanuvchi xodimlarini ajratishi shart.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.04.00 Atrof tabiiy muhit monitoringi]
27. Ishlab chiqarish oqova suvlari oqizilishi yuzasidan monitoring olib borishni suv quvurlari-kanalizatsiya korxonalarining ixtisoslashtirilgan laboratoriyalari amalga oshiradi.
Suv quvurlari-kanalizatsiya xoʻjaligi korxonalarida ixtisoslashtirilgan laboratoriyalar mavjud boʻlmasa, Davlat ekologiya qoʻmitasi hududiy organlarining Atrof-muhit ifloslanishining monitoringi boʻyicha tegishli boʻlimlari belgilangan tartibda shartnoma asosida ishlab chiqarish oqova suvlarini oqizishning monitoringini amalga oshirishi mumkin.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 11-oktabrdagi 820-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 09/18/820/2036-son)
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.08.00 Ekologik nazorat;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.08.00 Sanitariya-epidemiologiya xavfsizligi]
28. Shahar suvlari tarkibida ifloslantiruvchi, ishlab chiqarish oqova suvlarini tashlash natijasida hosil boʻladigan, tozalash inshootlari ishlashining texnologik reglamentini buzadigan moddalarning yuqori konsentratsiyada mavjudligi aniqlangan taqdirda suv quvurlari-kanalizatsiya korxonasi bu toʻgʻrida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qoʻmitasi va Sogʻliqni saqlash vazirligining hududiy organlarini darhol xabardor qilishi shart. Ayni bir vaqtda suv quvurlari-kanalizatsiya korxonasi yuqori darajada ifloslantiruvchi manbani qidirib topish ishlarini amalga oshiradi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 502-modda)
V. Shaharlar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tizimiga ifloslantiruvchi moddalarni normativdan ortiqcha oqizganlik uchun kompensatsiya toʻlovlarini hisoblab yozish tartibi
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.11.00 Tabiiy resurslaridan maxsus foydalanganlik va atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun toʻlovlar. Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmalari]
29. Ifloslantiruvchi moddalarni normativdan ortiqcha oqizganlik uchun kompensatsiya toʻlovlarini hisoblab yozish tartibi ushbu boʻlimda nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilanadi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 11-oktabrdagi 820-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 09/18/820/2036-son)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.11.00 Tabiiy resurslaridan maxsus foydalanganlik va atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun toʻlovlar. Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmalari]
30. Suv quvurlari-kanalizatsiya korxonalari har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 5-kunigacha abonentlar tomonidan ishlab chiqarish oqova suvlarini kommunal kanalizatsiya tarmogʻiga qabul qilib olish qoidalariga rioya qilinmaganligi toʻgʻrisidagi axborotni ushbu Qoidalarga 4-ilovaga* muvofiq shaklda tayyorlaydilar.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-martdagi 247-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2019-y., 09/19/247/2835-son)
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.11.00 Tabiiy resurslaridan maxsus foydalanganlik va atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun toʻlovlar. Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmalari]
31. Suv quvurlari-kanalizatsiya korxonalari ushbu axborotlar asosida, ifloslantiruvchi moddalarni kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga normativdan ortiqcha oqizganlik uchun toʻlovlarni qonunchilikka va ushbu Qoidalarga muvofiq hisoblab yozishni va abonentlardan undirishni amalga oshiradilar.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.11.00 Tabiiy resurslaridan maxsus foydalanganlik va atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun toʻlovlar. Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmalari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.10.00 Suv va suv obyektlarini muhofaza qilish. Suvlarning zararli taʼsirining oldini olish]
32. Hisobot davri yakunlari boʻyicha suv quvurlari-kanalizatsiya korxonalari ifloslantiruvchi moddalarni ochiq suv havzalariga yoki joy relyefiga chiqarib tashlaganlik uchun kompensatsiya toʻlovlarini hisoblaydi va ularning toʻlanishini amalga oshiradi, bunda ifloslantiruvchi moddalarni kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga normativdan ortiqcha oqizganlik uchun ularning abonentlariga hisoblab yozilgan toʻlovlarning toʻlangan summasini chegirib tashlaydilar.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-martdagi 247-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2019-y., 09/19/247/2835-son)
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.08.00 Ekologik nazorat]
33. Davlat ekologiya qoʻmitasi hududiy organlarining atrof muhit ifloslanishi monitoringi boʻlimi suv quvurlari-kanalizatsiya korxonalariga muvofiqlashtirish va metodik yordam koʻrsatish tartibida ishlab chiqarish oqova suvlarini kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga oqizishdan oldin tozalanganlik sifati monitoringini amalga oshirishga haqlidir. Ushbu monitoring har oyda koʻpi bilan bir marta, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organni xabardor qilgan holda amalga oshiriladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 886-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/886/3941-son)
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.08.00 Ekologik nazorat]
34. Suv quvurlari-kanalizatsiya korxonalari bilan ularning abonentlari oʻrtasida ishlab chiqarish oqova suvlarining sifat tarkibini aniqlash yuzasidan bajarilgan laboratoriya tekshirishlari natijalarining haqqoniyligi boʻyicha kelishmovchiliklar paydo boʻlgan hollarda, qaror Davlat ekologiya qoʻmitasi hududiy organlarining Atrof-muhit ifloslanishi monitoringi boʻlimi tomonidan qabul qilinadi, ushbu Qoidalarning 27-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan Davlat ekologiya qoʻmitasining Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazi tomonidan yakuniy qaror qabul qilish holatlari bundan mustasno.
Bunda Qoidalarning ushbu bandiga muvofiq oʻtkaziladigan nazorat sinovlarining natijalari faqat namunalar olingan davrda (oyda) kompensatsiya toʻlovlarini hisob-kitob qilish uchun haqiqiy boʻlib, oldingi davrga (oyga) tatbiq etilmaydi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 11-oktabrdagi 820-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 09/18/820/2036-son)
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.09.00 Kommunal xizmatlarni toʻlash tartibi va tariflar hamda kompensatsiyalar (imtiyozlar);
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.11.00 Tabiiy resurslaridan maxsus foydalanganlik va atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun toʻlovlar. Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmalari]
35. Jala suvlari shaharlar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tizimiga ruxsatsiz oqizilgan taqdirda abonentga nisbatan ishlab chiqarish oqova suvlarini oqizganlik uchun amaldagi tariflarga uch baravar miqdordagi koeffitsiyent qoʻllanadi. Hisoblash tashkilotning maydoni boʻyicha, kadastr va meteorologiya maʼlumotlariga muvofiq amalga oshiriladi.
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.11.00 Tabiiy resurslaridan maxsus foydalanganlik va atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun toʻlovlar. Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmalari]
36. Ishlab chiqarish oqova suvlarini kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga oqizganlik uchun kompensatsiya toʻlovini hisoblashda ifloslantiruvchi moddalarni ushbu Qoidalarga 1-ilovada nazarda tutilgan yoʻl qoʻyiladigan konsentratsiyadan ortiqcha miqdorda kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga oqizayotgan abonentlar uchun 40,0 miqdordagi oshib boruvchi koeffitsiyent boʻyicha, ushbu Qoidalarga 2-ilovada nazarda tutilgan miqdor uchun esa — 100,0 miqdordagi oshib boruvchi koeffitsiyent boʻyicha hisoblangan kompensatsiya toʻlovlari qoʻllanadi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 361-sonli qarori tahririda)
VI. Ushbu Qoidalarni buzganlik uchun javobgarlik
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.08.00 Tabiiy muhitni himoya qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik]
37. Abonentlar oqibati yetarli darajada tozalanmagan ishlab chiqarish oqova suvlarining suv obyektlariga oqizilishiga sabab boʻladigan buzilishlar uchun, shuningdek ishlab chiqarish oqova suvlarini tozalash inshootlarida roʻy bergan avariyalar yoki baxtsiz hodisalar uchun, abonentning texnologik jarayonida foydalaniladigan reagentlarni hamda ushbu Qoidalarda reglamentlanmagan boshqa moddalar va materiallarni oqizganlik uchun javob beradilar.
Abonentning ushbu Qoidalar talablariga rioya qilish yuzasidan javobgarligi qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
(37-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.08.00 Tabiiy muhitni himoya qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik]
38. Abonentlar ishlab chiqarish oqova suvlarini shaharlar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tizimiga oqizish yuzasidan kommunal-ekologik normativlarda belgilangan talablar buzilishining oldini oladigan chora-tadbirlar koʻrilishini taʼminlashi kerak. Bunday buzilishlar roʻy berganda abonent ifloslangan ishlab chiqarish oqova suvlarini shaharlar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tizimiga oqizishni darhol toʻxtatishi shart.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti]
39. Yangi abonentni shahar va boshqa aholi punktining ishlayotgan kanalizatsiya tizimiga suv quvurlari-kanalizatsiya korxonasi bilan kelishuvsiz ulash taqiqlanadi.
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.08.00 Tabiiy muhitni himoya qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik]
40. Abonent tomonidan buzilishlar sodir etilganligi aniqlangan taqdirda suv quvurlari-kanalizatsiya korxonasi dalolatnoma tuzadi va Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy organlarini aniqlangan buzilish toʻgʻrisida xabardor qiladi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 502-modda)
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.08.00 Tabiiy muhitni himoya qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik]
41. Suv quvurlari-kanalizatsiya korxonalari abonentga, kompensatsiya toʻlovlari summasini koʻrsatgan holda, buzilishlarni bartaraf etish toʻgʻrisida buyruq beradi va uning ijrosini belgilangan tartibda nazorat qiladi.
(41-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-martdagi 247-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2019-y., 09/19/247/2835-son)
Berilgan buyruqni bajarishdan bosh tortilgan yoki u zarur darajada bajarilmagan taqdirda materiallar sudga oshiriladi.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.08.00 Tabiiy muhitni himoya qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik]
42. Suv quvurlari-kanalizatsiya korxonalari abonentlarga kommunal kanalizatsiya tizimlariga, inshootlarga yetkazilgan zararni undirish toʻgʻrisida, shuningdek ishlab chiqarish oqova suvlarining texnologik reglamenti buzilganligi yuzasidan belgilangan tartibda eʼtiroz va daʼvolar bildirish huquqiga ega.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 11-oktabrdagi 820-son qaroriga asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 09/18/820/2036-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 5-son, 40-modda; 2017-y., 24-son, 502-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 09/18/820/2036-son; 26.03.2019-y., 09/19/247/2835-son, 22.10.2019-y., 09/19/886/3941-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)